Kondensatsion namlik o‘lchagichning tuzilish sxemasi. - Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan sovuq havo bilan sovitiladigan ko‘zgu 2 gacha keladi. Sezgir element ko‘zgucha sirtiga kichik inersiyali termojuft 3 o‘rnatilgan, unga millivoltmetr 6 ulangan. Ko‘zguchada shudring paydo bo‘lish payti fotorele sxemasi bo‘yicha ulangan fotoelement 8 yordamida qayd qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 tutashib, millivoltmetr ulanadi hamda ko‘zgucha haroratini o‘lchaydi. Ayni bir vaqtda havo isitgich 5 ning elektr qizdirish elementi ulanadi, bu element ko‘zgucha qizib, ravshanlanguncha ulangan holda turadi. Ko‘zgucha sirtidagi shudring batamom bug‘langanda isitgich uziladi va ko‘zgucha isiydi. Shunday qilib, o‘lchash jarayoni takrorlanib turadi.
- Bu asboblarning bir qancha tuzilishlari bor. Ular bir-biridan sezgir elementni sovitish, kondensatsiya paytini qayd etish, shudring paydo bo‘lish haroratini o‘lchash usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o‘lchagichlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ishlatishda katta malaka va e’tiborni talab qiladi.
- Shuning uchun bu asboblar boshqa usullami qo‘llab bo‘lmagan hollardagina ishlatiladi.
- 3. Gazlarning tarkibini tahlil qilishning massa-spektrometrik usullari.
- Massa-spektrometrlar gazlarni tahlil qilishda eng takomillashgan asboblardandir. Ular kimyoviy va fizik xossalaridan qat’iy nazar, moddalarning izotop va molekulyar tarkibini aniqlashga mo‘ljallangan.
- Massa-spektrometrik usul murakkab aralashmalardagi ko‘p-komponentlarning miqdorini aniqlashga imkon berib, bu yerda, tahlilni juda tez o‘tkazishni ta’minlaydi.
- Tahlil qilishda tahlil qilinayotgan moddaning molekulalari qizigan katod emitterlaydigan elektronlar yordamida ionlanadi, elektr linzalar tizimi vositasida tor dasta tarzida fokuslanadi, tezlatuvchi elektronning elektr maydonida tezlatiladi va elektronlar kollektorida tutib qolinadi. Ion dastaning tarkibi tahlil qilinayotgan gaz aralashmasining molekulyar tarkibiga mos keladi. Ko‘ndalang magnit maydoni ta’sirida oqim ionlar massasining ularning zaryadlariga nisbati bilan farq qiladigan ion nurlariga ajraladi, bular keyin kollektorga keladi. Kollektor zanjirida massalari turlicha ionlar elektr toki hosil qiladi va bu toklar oldin kuchaytirilganidan keyin o‘lchanadi va elektron qayd etuvchi qurilma yordamida yozib qo‘yiladi. Magnit maydonining kuchlanganligi asta-sekin o‘zgartirib borilganida, tekshirilayotgan gazning molekulyar tarkibini xarakterlovchi ion toklari spektri yoki massa-spektrlari yoziladi. Miqdoriy tahlil o‘tkazish uchun massa-spektrometrni tekshirilayotgan moddada bor deb taxmin qilingan har qaysi komponent bo‘yicha oldindan darajalanadi.
- Massa-spektrometrlarning tuzilishi analitik va o‘lchash qismlaridan iborat. Analitik qismda ion dastalari massalari bo‘yicha hosil qilinadi, shakllantiriladi va ajratiladi. O‘lchash qismi ionlar manbaini va ishga tushirish tizimining stabillashgan kuchlanish bilan ta’minlash, ion toklarini o‘lchash va qayd etish, vakuum tizimida bosimni o‘lchash, massa sonlarini indekslash va hokazolar uchun mo‘ljallangan.
- Massa-spektrometrlar uchta turga: kimyoviy tarkibni tahlil qilish uchun — MX; moddaning strukturasi va xossalarini tekshirish uchun — MS; izotop tahlil qilish uchun — MI turlarga bo‘linadi. MS turidagi massa-spektrometrlar laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan.
- Asbobsozlik sanoati kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan MX - 7201, MX-7304, MX-1320 va izotopni tahlil kiladigan MI-1201B massa-spektrometrlarini chiqaradi.
- MX-7201 massa-spektrometri metallarda va ularning qotishmalarida H2, O2, N2, C2 gazlari va ularning gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalari miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Tekshirilayotgan materialdan gaz ajralib chiqishi vakuumda suyuqlantirish yuli bilan yoki grafitli tigelda amalga oshiriladi. Gazsimon
- qo‘shilmalarning tarkibini aniklash monopolyar (bir qutbli) massa-spektrometr yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—60.
- Magnitsiz MX-7304 massa-spektrometri so‘rib (tortib) olish tizimlari bilan ta’minlangan vakuumli tizimlarda qoldiq gazlarni sifat jihatidan tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—200, tahlil qilish xatoligi ±2,5%.
- MX-1320 massa-spektrometri gaz aralashmalarini, suyuqliklarni va 400°C gacha haroratda gazsimon holatga o‘tadigan qattiq moddalarni miqdor va sifat jihatidan tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegarasi 1—4000, tahlil qilish xatoligi ±5-10-6%.
- MI-1201B massa-spektrometri gazlarning va qattiq moddalarning izotop tarkibini sanoat sharoitida tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Natijalarini SM1 bazaviy hisoblash kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—720, tahlil qilish xatoligi ±0,15%.
- 4. Gazlarning tarkibini tahlil qilishning xromotografik usullari.
- Gaz analizatorlarining ko‘rib o‘tilgan hamma turlari gaz aralashmasidagi faqat bitta komponentning konsentratsiyasini aniqlashga imkon beradi. Xromatografik gaz analizatorlari (xromatograflar) ulardan farqli ravishda gaz aralashmasini to‘la tahlil qilishga, ya’ni bu aralashmani tashkil etuvchi hamma gazlarning konsentratsiyasini aniqlashga imkon beradi.
- Xromatografik ajratish yo‘li bilan ko‘p komponentli gaz aralashmalarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan asboblar xromatograflar deb ataladi. Ularning prinsipial sxemasi 6.3-rasmda keltirilgan.
- 6.3 - rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |