Mavzu: an’anaviy xonandalik. Reja: Kirish


To’garak rahbari oldiga qo’yilgan talab va vazifalar


Download 76.5 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1375378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
An’anaviy xonandalik mustaqil ishi

To’garak rahbari oldiga qo’yilgan talab va vazifalar.

To‘garakda xonandalik va xofizona ijro yo‘lini o‘rgatish va singdirish uchun ularga ―Shashmaqom‖ ning sarahbor qismlaridagi ohanglarga xos va milliy ohanglarga doir amaliy mashqlarni muntazam berib borish to‘garak rahbari yangi ustozning vazifalaridan biri bo‘lmog‘i kerak. Bundan tashqari, navbat bilan xonanda va sozandaning imkoniyati darajasida qo‘shiqchilik va


cholg‘uchiligimizda mavjud bo‘lgan Buxoro ijro yo‘llari, Xorazm ijro uslublari, Qo‘qon ashula va cholg‘u ijro yo‘llari va uslublarini tanlab shogirdlarga tanishtira borish kerak. Har bir voha vodiyning o‘ziga xos xarakteri xonandachilik va cholg‘u yo‘llari bor. Xonandalik to‘garagida yana bir yo‘nalish bor. O‘z xususiyatlari doirasida bu asosan yigitlar – erkaklar ovozlari tomonidan ijro etilib kelingan. Bu Farg‘ona vodiysiga xos bo‘lgan janr – katta ashuladir. Bu ashulachilik yo‘nalishi juda murakkab xisoblanadi. Uni o‘zlashtirish jarayoni maxsus maktabni o‘tash ya‘ni
tayyorlikni talab etadi. Talaba shogirdlarga katta ashula to‘g‘risida janr
xususiyatlari haqida va ijro uslublarini oz – ozdan o‘rgatib talabalarga singdirib borish xonandalarni tarbiyalashdagi juda muhim omillardan biridir. Avvalo shuyo‘nalishga moyil, iqtidorli, ovozi bo‘ladigan va unga qiziqqan iste‘dodli talabalarni tanlab olib, yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘garakda kata ashulani o‘rgatish esa talaba shogirdning iste‘dodidan kelib chiqib amalga
oshirilishi ayni muddao bo‘ladi.
Xonandani ijroda zukkolikka yo‘naltiruvchi omillardan biri jo‘rnavozlik
amalidir. Jo‘rnavozlikni yo‘lga qo‘yish, xonandalarga o‘rgatish uchun avvalo
ovozi bir-biriga tushadigan yigit-qizlarni juft-juft qilib aytishga jalb qilib boorish
borishi lozim. Shunday qilinsa, talabalar bir- birining ijrosini to‘ldirib boradi.
Xonanda talabalar uchun imkoniyat doirasida tuzilgan dastur asosida musiqiy
asarlar o‘rgatilishi maqsadga muvofiqdir.

Ashula o’rgatish.

Dastlabki mashg‘ulot kuylovchi talabalarning xonandalik ovozi va musiqaviy


saviyasi, ongi va qobiliyatini o‘rganishdan boshlanadi. Har bir ishtirokchining
ijrochilik imkoniyatlari aniqlangach, yakkaxonlar va jamoaviy kuylovchilar aniq
belgilanadi. Asarni rahbar puxta o‘rganib, yaxshi badiiy jihatdan namunali ijro etib
ko‘rsatishi va shu bilan ishtirokchilarni qiziqtirishi, uning janri, badiiy mazmuni,
mahalliy ijro usullari yuzasidan qiziqarli suhbat o‘tkazishi lozim. Bunda asarning
mashhur ijrochilari ijro etgan ovoz yozuvi va fotosuratlaridan foydalansa, yanada
yaxshi natija beradi. Ashula aytishdan oldin qo‘shiqning ohang pardasiga moslab
mashq qilish, matnni jumla – satrlarga bo‘lib, ohista o‘rganish lozim. Agar
qo‘shiqda yakkaxonlik qismi bo‘lsa, jamoa va yakkaxonlar bilan alohida–alohida
ishlab, so‘ng birgalikda kuylab ijro ettiriladi. Agar qo‘shiq lapar yoki yalla janriga
mansub bo‘lsa, qo‘shiq puxta o‘rganiladi. Bundan tashqari rahbar, har mashg‘ulot
vaqtida qo‘shiqchi ishtirokchilarni ashula aytish qoidalariga amal qilishi
kerakligini eslatib borishi shart.


Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling