Mavzu: an’anaviy xonandalik. Reja: Kirish


Download 76.5 Kb.
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1375378
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
An’anaviy xonandalik mustaqil ishi



MAVZU: AN’ANAVIY XONANDALIK.
Reja:
Kirish.

  1. Xonandalik va cholg’uchilik to’garagini tashkil etish.

  2. To’garak rahbari oldiga qo’yilgan talab va vazifalar.

  3. Ashula o’rgatish.

  4. Metodik ko`rsatmalar.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

Mazkur o‘quv qo‘llanma orqali An‘anaviy ijrochilik va cholg‘u ijrochiligi to‘garaklarida milliy musiqiy qadriyatlarimizni chuqur o‘rganish, milliy xalq kuylarini alohida yuksak badiiy did bilan ijro etish malakalarini takomillashtirishga alohida e‘tibor beriladi. Darslar jarayonida ta‘limning tarbiya bilan mushtarakligiga erishish maqsadida talabalar yuksak ahloqiylik, milliy ong, milliy tuyg‘u, milliy iftihor, Vatanni sevish va ardoqlash hislarini tarbiyalab borish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi.


To‘garakning maqsadi. An‘anaviy xonandalik va cholg‘u ijrochiligi
to‘garagining maqsadi - talabalarning o‘quv jarayonida olgan bilimlarini to‘garak jarayonida mujassamlashtirish, keyingi o‘qituvchilik faoliyatida an‘anaviy xonandalik va cholg‘u asboblari ansambllari tashkil qilish yo‘llarini, talaba va o‘quvchilarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish, madaniy merosga to‘g‘ri yondashishga ularning tafakkur va hissiyotlarini rivojlantirib borib, g‘oyaviy – badiiy va ma‘naviy tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish. «Madaniyat va san‘at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida» dasturdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni texnik vositalardan foydalanib, o‘tkazish ta‘lim samaradorligini oshiradi. O‘qish jarayonida kafedralar tashkil etilgan fonotekadan foydalaniladi.
To‘garakning vazifalari: - cholg‘ular va cholg‘u ijrochiligi tarixi, shakllantirishi haqida ma‘lumotga ega bo‘lish; - ansambllarni tashkil qilish haqidagi nazariy va amaliy ma‘lumotlarni bilish ijrodagi usullar (cholg‘u zarblari, shtrixlari), doira usullari, bezaklarda foydalana olish; - ansambllari ijrosidagi unison, hamda kup ovozli musiqiy asarlarni o‘rganish, tahlil qila olish; cholg‘ular haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkaza olish; - umumta‘lim maktablarda turli hil ansambllarini tashkil eta olish, repertuar tanlay olish, kontsert chiqishlarini uyushtirish malakalarini egallash. - cholg‘uda ijro etishni o‘rgatish jarayoni o‘quvchilar tomonidan ijro asoslarini ongli ravishda puhta egallash, ijro uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish va ularni amalda qo‘llay olish hamda mutsaqil ijodiy fikrlash va kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirish, huningdek, etsetik didini shakillantirishga
qaratilgan.


Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling