Mavzu: an’anaviy xonandalik. Reja: Kirish


Download 76.5 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1375378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
An’anaviy xonandalik mustaqil ishi

Metodik ko`rsatmalar.
An`anaviy xonandalik fani bo`lajak bakalavrlar va musiqa o`qituvchilarni
milliy mutahassis sifatida shakillantirishda muhim rol o`ynaydi. Zero unda jamoa
bilan bevosita ishlash malakalari shakillanadi. An`anaviy xonandalik darsini
samarali olib borilishini ta`minlaydigan ayrim ko`rsatmalar haqida to`xtalamiz.
Asarning g`oyaviy-estetik va tarbiyaviy jihatga ega bo`lishi.
 Tanlangan asarlar talabalarning ovoz diapazoni va musiqiy qobiliyati hamda
saviyasiga mos kelishi;
 Talaba xonandalarning musiqiy qobiliyati va badiiy didini o`stirishga qo`l
kelishi;
 Talaba xonandalarning cholg`uchilar ansambli jo`rligida kuylay olishi
malakalarini shakillantirishga imkon berish;
 Asarlarni o`zbekona uslubda, nola va qochirimlar bilan kuylash uchun
qulayligi;
 An`anaviy xonandachilik va maqomlarni ilmiy-nazariy asoslarini o`rganish.
 Unli va undosh tovushlarni uziga xos shakillantira olish;
 Nafasni to`g`ri olib rejaga solib tejab kuylash;
 Ovozni tebratish va tovlantirish;
 Usullarni xilma-xilligini bilish va usulga tushirib kuylash;
 Nota savodhonligi, nota bilan kuylash;
 She`rlarni, g`azallarni tahlil qila olishni bilish zarur.
Tarona – forscha so‘z bo‘lib, qo‘shiq, ashulalarga nisbatan qo‘llanilib
kelinadi. Shashmaqom tarkibida, 1-guruh sho‘balarining asosiy qismiga ulanib ijro
etiladigan bo‘laklaridir. O‘tmishdan ruboiy shaklidagi she‘rlar bilan ijro etiladigan
qo‘shiq va ashulalarni tarona deb yuritish rasm bo‘lgan. Shashmaqomning 1-guruh
sho‘balari tarkibida hammasi bo‘lib 57 ta taronalar mavjud. Odatda, taronalarning
shakllari turlicha bo‘lib, oddiy va rivojlangan ko‘rinishda tarkib topgan.
Shashmaqom shakllanish jarayonida bastakorlik asarlari ham tarona sifatida
kiritilgan. Taronalarning usul jihatlari rang-barangdir.

Xulosa
Akademik ijrodan farqli o‘laroq an‘anaviy xonandalikda kuylash
uslublarining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda dastur bo‘yicha kuylash malakalari ―Binnigi‖, ―Gulligi‖, ―Ishkami‖ an‘anaviy uslublarda shakllantiriladi. Binnigi uslubi. Bu uslub ko‘proq ta‘lakda resonator orqali tovush hosil qilinadi. Kuylash chog‘ida matndagi unli harflar aniq va yorqin talaffuz qilinishi lozim. Masalan, O, Yo, O‘, A, Ya v hokazo. Bunda A harflar ochiq emas, biroz yopiq holda kuylanadi. O harflar esa ―ooooov‖ shaklida, ya‘ni o harfini kuylab lablar juftlanadi. Undosh harflar esa mayin, yumshoq tarzda talaffuz qilinadi. Mashg‘ulotlar chog‘ida alfavitdagi barcha harflar talaffuzi ustida ish olib boorish maqsadga muvofiqdir. Sababi, matndagi A harfi kuylash chog‘ida o, o‘ harflariga yaqinlashtirib kuylanadi. Qolgan barcha harflar ham so‘zlashgandagidek emas, sahnaviy ohangda talaffuz qilinadi. Bular haqida o‘qituvchi tomonidan talabalarga kuylab ko‘rsatib beriladi.
Gulligi uslubi. Bu kuylash uslubi ko‘proq xalq ashulachilik maktabida
uchraydi. Xonanda kuylash chog‘ida tomoqdan kuylashga odatlanganligini
kuzatish mumkin. Ashula bu holatda kuylanganda ijrochi ovozi tezda charchab, tovush bo‘g‘ilib ―disfoniya‖ holati yuzaga keladi. Tovush paylarida fiziologik zo‘riqish, limfa tugunchalar uzilib ketishiga va surunkali ovozda ―xrip‖ paydo bo‘lib, ijrochi tez orada kuylash faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Mashg‘ulotlar chog‘ida talabalarga bu kuylashning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib boriladi. Ishkami uslubi. Shashmaqom ashula ijrochiligida ko‘p asrlardan beri bu uslubdan keng foydalanib kelinadi. Xonanda kuylashdan avval nafasni qorin
bo‘shlig‘ qovurg‘alar ostiga joylab, ―Press‖ holatida kuylashga o‘tiladi. Ya‘ni, ichki nafas orqali qorin bo‘shlig‘i qattiq holatga keltiriladi. Bu ijro uslubi ashuladagi avj qismini kuylashda katta ahamiyatga ega. Keng diapazonli kata ashulalarni ijro etishda ovoz tezda charchab qolmaydi.


Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling