Mavzu: an’anaviy xonandalik. Reja: Kirish


Xonandalik va cholg’uchilik to’garagini tashkil etish


Download 76.5 Kb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1375378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
An’anaviy xonandalik mustaqil ishi

Xonandalik va cholg’uchilik to’garagini tashkil etish.

Xonandalik va cholg‘uchilik to‘garagiga qiziquvchi talabalar hamda


iste‘dodli xonandalar va cholg‘uchi sozandalar jalb etiladi. Bunday to‘garaklarga
asosan xonanda va sozanda ustoz o‘qituvchilar boshchilik qiladi.
To‘garakni tashkil etishdan oldin o‘quv dargohida maxsus musiqa xonalari,
musiqa cholg‘u asboblari, audiomagnitofonlar, kompyuter, ovoz yozish uchun
maxsus xona va apparatlar, tadbirlar va sahnaga chiqish uchun kiyim – kechaklar,
ko‘rgazmali qurollar, to‘garak xonasini jihozlash va boshqa texnik vositalar bilan
ta‘minlashdan boshlanadi.
To‘garakka quyidagi ijrochilik qobiliyatlariga qarab tanlanadi:
 Cholg‘uchilar guruhi
 Xonandalar guruhi
 Raqs guruhi
Cholg‘u ansambli to‘garagi quyidagi musiqiy sozlardan tarkib topishi lozim:
1. Doira
2. Rubob
3. Dutor
4. G‘ijjak
5. Ud
6. Tanbur
7. Chang
8. Qonun
9. Afg‘on rubobi
10. Nay
Bundan tashqari, qo‘shimcha tarzda karnay, sunray, qo‘shnay, nog‘ora,
qayroq, shiqildoq kabi sozlardan ham unumli foydalaniladi. Ishtirokchilar soni 25
– 30 yoki 30 – 35 ba‘zan sharoitga muvofiq, undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotlar asosan haftasiga ikki marta ikki soatdan o‘tkaziladi. To‘garak
rahbari ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab, birinchi soatni kichik
guruh mashg‘ulotlariga, ikkinchi soatni butun jamoaviy mashg‘ulotlar uchun
ajratishi lozim. To‘garakka yangi kelgan ishtirokchilar uchun qo‘shimcha
mashg‘ulot vaqtini ham ajratishi kerak bo‘ladi.
Mashg‘ulotlar xonasi zamonaviy faoliyat uchun moslangan bo‘lib keng, toza,
ozoda bo‘lishi kerak. Xonada cholg‘u asboblari namunasi, ko‘rgazmali qurollar,
metodik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa texnik vositalar bo‘lishi lozim.
Bunday ishlarni bajarishda to‘garak ishtirokchilarining faol qatnashuvini
ta‘minlash lozim.


Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling