Мавзу: андижон авто ўҚув ишлаб чиқариш мчжда жорий активлар ҳисоби ва уни такомиллаштириш йўллари


-Bob. “Andijon avto o’quv ishlab chiqarish” mas’uliyati cheklangan


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana15.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1269597
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
andijon avto oquv ishlab chiqarish mchjda joriy aktivlar hisobi (1)

2-Bob. “Andijon avto o’quv ishlab chiqarish” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatida joriy aktivlarni hisobga olishning o’ziga xos jihatlari. 
2.1. Andijon avto o’quv ishlab chiqarish MCHJning umumiy tavsifi. 
 
Mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyatlar 
o’z 
faoliyatini 
“Tadbirkorlik 
faoliyatikafolatlari to’g’risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha 
mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi qonun hamda jamiyat Nizomiga asoslangan 
holda ish yuritadilar. Ular o’z ulushlarini birlashtirib ijtimoiy va iqtisodiy 
masalalarni xo’jalik faoliyatida yuritish asosida, mehnatkashlarning ehtiyojlarini 
to’laroq qondirish, jismoniy shaxslarning xilma-xil xizmatlarini bajarish 
maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning kelishuviga asosan tashkil etiladi.
“Andijon avto o’quv ishlab chiqarish” mas’uliyati cheklangan jamiyati 
ishtirokchilarning umumiy 5-sonli majlisida 2002 yilning 9 noyabrida tasdiqlangan
Nizomga asosan ish olib boradi.
Andijon shaxar xokimining № 704 sonli qarori bilan 2002 yilning 18 
noyabrida tashkil etilgan. Jamiyat “Andijon avto o’quv ishlab chiqarish” 
mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etishdan maqsad, ishtirokchilarning erkin 
pul mablag’larini jalb qilgan holda, avtomobil transporti xaydovchilarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek turli tijorat xizmatlarini ko’rsatish
natijasida foyda olishdan iboratdir. Jamiyatning asosiy vazifasi – bu pul-tovar 
munosabatlarining rivojlanishi sharoitida ish va xizmatlarga bo’lgan ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirish va ularning realizatsiyasi asosida kelib chiqqan daromad 
evaziga, ishtirokchilarning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlashdir.
Balans-korxona mablag’lari va qoplash manbalarining ma’lum davrdagi 
holatini ko’rsatadi. Hisob-kitob ishlarini xalqaro an’anaviy talablar bo’yicha 
yuritishga oz bo’lsada yaqinlashtirilishi hamda 2002 yilda joriy qilingan va 
korxonalar tuzadigan yangi buxgalteriya balansi bozor iqtisodi sari qo’yilgan 
dastlabki qadamdir. Zamonaviy ish yuritish shart-sharoitiga mos keluvchi balansda
aktiv va passiv tomonlari bo’ladi.  

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling