Mavzu: Aniq fanlarni olib borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar tahlili. Reja
Download 0.79 Mb.
|
Mustaqil ish-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy metodlar.
Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni bir tizimga solish va boyitishda, shuningdek, talabalarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi. Ko’rgazmali vositalarni namoyish qilish (ko’rsatish) yordamida talabalarda mashina va mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini qiyoslaydilar. Amaliy metodlar. Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov ishlari asosida o’quv materialini egallash shakllari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bunday ko’nikmani shakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog’liq Birinchi shart-ko’nikma nima maqsadda shakllantirilishini anglashdir. Har qanday ko’nikma-avtomatlashgan darajaga etkazilgan harakatlar tizimidir. Agar talaba o’quv materialini o’zlashtirishda ularning ahamiyatini tushunmasa, bu harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi. Masalan: tikuv mashinasi kiyimni qaysi qismlarini tikishga mo’ljallanganligini va buning uchun kiyim materialiga mos ravishda ip va ignalar tanlanishi tartibini bilmasa, shu ishlarni bajarishdagi harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi. Ikkinchi shart-mashqlarning tizimli bo’lishi. Odatda, ko’nikmalarni egallashdagi kamchiliklarga o’quv mashqlari tizimini tashkil etish va o’tkazishdagi kamchiliklar sabab bo’ladi, ya’ni mashqlarni o’tkazish uchun kerakli vositalar bilan ta’minlanmaganligi. Uchinchi shart-amaliy harakatlarni anglagan holda bajarish. Talabalar harakatlarning muayyan fikriy rejasiga asoslanishlari, ish jarayonlarining izchilligini yaxshi tushunishlari zarur. Ularni mexanik tarzda takrorlashga va yodlab olishga yo’l qo’ymaslik kerak. To’rtinchi shart-dastlabki amaliy harakatlar va jarayonlarga puxta tayyorlanish. Ular ongli ravishda reja asosida bajarilsa, ko’nikma tezroq, muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Buning uchun talabalar nazariy bilimlarni yaxshi egallashlari kerak. Beshinchi shart-mashqlarni mustaqil bajarish va o’zini o’zi nazorat qilish. Talaba ko’nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o’z harakatlarini nazorat qiladi. O’qituvchi talabaga o’z-o’zini nazorat qilish usullarini o’rgatishi zarur. Masalan, talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o’rgangandan keyin, uyda o’zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o’rganadi. Oltinchi shart-bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ularni baholash. O’quv ko’nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo’ladi. Talabalar yo’l qo’yadigan tipik xatolar namoyon bo’ladi. Lekin o’quv xonasida yaxshi ishlarni namoyish qilish, rag’batlantirish kerak. Ijobiy namuna asosida o’qitish afzalroqdir. Agar ko’nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o’qitishning amaliy metodlari o’quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi. Amaliy metodlarga mashqlar, instruktaj (yo’llanma)lar, o’quv qo’llanmalar bilan ishlash, laboratoriya tajribalari, kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish kiradi. Mashqlar – ta`lim jarayonini tadqiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa muddatli (5-15 minut) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni shartli ravishda ta`limiy mashqlar deyiladi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida talabalar har xil buyumlar tayyorlar ekan, mehnat usullari va harakatlarini bajarish bo’yicha mashq qilishni davom ettiradilar. Bunday mashqlarni tayyorgarlik mashqlari deyiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling