Mavzu: Aniq integralning geometriyaga tatbiqlari


Download 1.74 Mb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1609746
  1   2   3   4
Bog'liq
Aniq integrall


MAVZU: Aniq integralning geometriyaga tatbiqlari
REJA:
Kirish

  1. Tekis shakl yuzini hisoblash

  2. Qutb koordinatalar tekisligida berilgan tekis shakl yuzini hisoblash

  3. Tekisligida arametric tenglamalar bilan berilgan chiziq bilan chegaralgan tekis shakl yuzini hisoblash.

  4. Parallel kesimlarining yuzi bo‘yicha jismning hajmini hisoblash

Aylanish jismining hajmi
Xulosa
Adabiyotlar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizning rivojlanish sur’atlari, uning globallashuvi, ma’lumotlar oqimi va kompyuter texnologiyalarining tez sur’atda o’sishi, ijtimoiy tizimning barcha sohalariga jumladan ta’lim tizimiga ham ta’sir qiladi. So‘nggi o‘n yillikda ta’lim mazmunida va o‘qitish usullarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosatida ta’lim mazmunini predmetlararo aloqadorlik tamoyillar asosida muntazam yangilab borish, uning demokratik modelini vujudga keltirish muhim strategik masalalaridan biri ekanligi ko’rsatilgan. Axborot va texnologiyalar asri bo’lgan XXI asrda esa, bu muammo yanada ko’proq dolzarblik kasb etmoqda. Ta’lim maqsadlarining davr talablariga mos ravishda muntazam yangilanib borishi, uzluksiz boyitilishi, ta’lim mazmunining yangi modellarini tanlash uchun asos bo’ladigan ustuvor yo’nalishdir. Ta’limning o’rta bo’g’inlarida o’quv-biluv jarayonining xarakteri, metodlari, tashkiliy shakllari hamda vositalarini anglashga bo’lgan ehtiyojning kuchayishini, bugun birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, texnologik omillar taqozo qilmoqda. Ayni paytda ta’lim mazmunida shaxs, jamiyat, fan va texnika, ishlab chiqarish ehtiyojlari chambarchas bog’langan holda o’z ifodasini topmog’i lozim. Shunga ko’ra, ta’lim, fan-texnika, texnologiya va ishlab chiqarish yagona pretmetlararo aloqadorlik tizimini tashkil etishi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim islohatlarinig bosh maqsadi shunga qaratilishi davr talabidir. Matematika va fizika ta’limini pretmetlararo aloqadorlik, uning ilmiy-metodik asoslarini tadqiq etish, shakl va metodlarini ishlab chiqish, davlat ta’lim standarti va uzluksiz ta’lim tizimi bilan bog’liq va davlat ahamiyatiga molik bo’lgan dolzarb masaladir. Matematika va fizika ta’limini predmetlararo aloqadorlik masalasi DTS, takomillashtirilgan o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari mazmuni bilan bevosita bog’liqdir. Shu maqsadda ta’lim mazmuni, DTSlari qayta ko’rib chiqildi, o’quv reja, dastur va darsliklarning yangi avlodi yaratildi va yaratilmoqda, ta’limni tashkil etish shakli va metodlarini takomillashtirish va ularni tajriba sinovidan o’tkazish ishlari davom etmoqda. Kasb-hunar kollejlarida matematika va fizika ta’limining sermahsul mazmunini tanlash, o’rganilayotgan bilimlarni yaxlit tizim sifatida har tomonlama predmetlararo aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan shakllantirish maqsadida o’quvchilarning matematik va fizik bilimlari shunday predmetlararo aloqadorlikda bo’lishi lozimki, natijada, o’quvchilar undan boshqa fan asoslarini o’rganishda keng foydalana olsinlar.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling