Mavzu. Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja: 1


Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar


Download 175 Kb.
bet3/13
Sana23.12.2022
Hajmi175 Kb.
#1044283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-mavzu

Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar
Antibiotik moddalarni sanoat sharoitida ishlab chiqarish asosan biologik sintez asosida amalga oshiriladi yoki biosintez jarayonida olingan fiziologik faol birikma molekulasini kimyoviy modifikasiya qilish yoʻli bilan olinadi. Faqat sanoqli antibiotiklargina kimyoviy sintez yoʻli bilan olinadi (masalan: xloromfenikol).
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan antibiotiklarni manbalari bakteriyalar, aktinomisetlar va miselial zamburugʻlardir.


Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar
Bakteriyalar ishlab chiqaradigan antibiotiklar 600 ga yaqin nom bilan aytiladi. Lekin, nisbatan uncha koʻp boʻlmagan miqdordagi antibiotiklar sanoat asosida chiqariladi. Bular orasida Bacillus brevis var. U.V. hosil qiladigan C gamisidinni, Bac. polymyxa va Bac. circuislar ishlab chiqaradigan polimiksinlar, Bacillus licheniformis sintezlaydigan basitrosinlar, Streptococcus lactis kulturasi hosil qiladigan nizinlarni aytish mumkin.
Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklarning oʻziga xoslik tomoni ular oʻzining kimyoviy tuzilishi jihatidan polipeptidlarga (uzunchoq yoki halqasimon) va kichik molekulali oqsillarga kiradi.
Bitta produsent taraqqiyoti jarayonida bir qancha kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin antibiotiklar sintez qiladi. Masalan: gramisidinlarni besh shakldagisi ma’lum (A, B, CD, C(C), D), bular aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi; polimiksinlarni (22 shakli bor, shular qatorida A, A2, B, B2, C, D, D2, E1 (kolistin A), E2 (kolistin B, M, P, P2).
Polimiksinlar tarkibiga aminokislotalar bilan bir qatorda diaminmoyli va metiloktan kislotalar (metilgeptan) kiradi. Basirosinlar oʻnta alohida antibiotiklarni birlashtiradi (A, A1, B, S, D, E, F, F2, F3, va E). Sut achitqisi streptokokk hosil qiladigan nizin ettita asosiy oqsil tarkibiga kiradi. Lekin faqat nizin biologik faollikga ega. Nizin streptokokklar sintez qiladigan hamma oqsilning 20% ga yaqinini tashkil qiladi.



Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling