Zamburug'iar sintez qiladigan antibiotiklar


Download 30 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi30 Kb.
#1008560
Bog'liq
Antibiotiklar


Zamburug'iar sintez qiladigan antibiotiklar.
Mitselial zamburugiar boshqa mikroorganizmlarga nisbatan ko‘proq miqdorda antibiotik moddalar hosil qiladi (1200 atrofida). Bu antibiotiklar orasida eng katta qiziqish uyg'otadiganlari: penitsillinlar, sefalosporinlar, grizeofiilvin, trixotesin, fumagillin va boshqalardir.
Ulardan tibbiyot amaliyotida va qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi.
Penitsillin. Penitsillinlarni Pénicillium avlodiga kiruvchi zamburugiaming har xil turlari {P.chrysogenum, P.brevicompactum, P.nigricans boshqalar) va Aspergillusning ba’zi turlari {Asp.flavus, Asp.flavipes, Asp.nidulans va boshqalar) sintez qiladilar. Asosan bu antibiotikni Pénicillium chrysogenum zamburugidan olinadi. Bu zamburug‘ o‘zining hayot faoliyatida mikroblarga qarshi ta’sir spektri, biologik faolligi, antibiotikning asosiy molekulasining zanjir tuzilishi bilan farqlanadigan, penitsillin radikalining turli xil shakilarini sintez qiladi. Zamonaviy mikrobiologiya fanining rivojlanib borishi, yuqori faollikka ega boigan zamburugiaming yangi-yangi turlarini topishga imkon yaratdi.
Sefalosporinlar.
Sefalosporinlar P-laktamli antibiotiklar guruhiga kiruvchi antibiotik boiib, u penitsillinga o‘xshab ketadi. Sefalosporin-S bu guruhning birinchi antibiotigi boiib, (955-yilda) Cephalosporium acemonium zamburugidan ajratib olingan. Sefalosporinlar tuzilishining o‘ziga xosligi ulaming molekulasini p-laktamli va digidrotiazinli halqalardan tashkil topgan, bisiklik tizim ko‘rinishda ekanligi bilan bog’ilq. Sefalosporinlar ikki asosiy zanjirga ega boiadi: bu zanjirlar uglerodning yettinchi va uchinchi atomlari (S-7 va S-3) orqali ulanadi.
Bu birikmalar antibiotiklaming antibakterial faolligi o‘ta darajada yuqori, ulaming zaharliligini esa, kam namoyon boiishiga xizmat qiladi. O‘zining xususiyatlariga ko‘ra penitsillinga yaqin, lekin penisillinaza fermenti ta’siriga kam sezgirligi bilan xarakterlanadi. Shunday xususiyatlari mavjudligiga qaramasdan, tabiiy sefalosporinlardan medisina amaliyotida foydalanilmaydi. Hozirgi vaqtda tabiiy sefalosporin-S ning kimyoviy modifikatsiya qilingan analoglarining ko‘plari kimyoterapiyada keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Uning asosida minglab polisintetik sefalosporinlar olingan bo‘iib, ulaming orasidan eng yuqori samarador va amaliy ahamiyati qimmatli boigan preparatlar sifatida sefalotin, sefaloridin, sefaloglisin, sefaleksin kabilar e’tirof etilgan. Sefalosporin-S ga yaqin boigan sefamisin-S antibiotikini Str.clavuligereus aktinomiseti sintez qiladi.
Sefamisin-S grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan yuqori biologik faollikka ega boiib, ß-laktamazalar ta’siriga bardoshlidir. Bu antibiotik asosida yuqori samarali yarimsintetik sefoksin prepaiati sintez qilingan.
Sanoat sharoitida antibiotikiar
Antibiotiklami tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida keng qoilanilishi, bu biologik fáol moddalami katta hajmda ishlab chiqarish vazifasini qo‘ydi. Bu ulkan vazifa katta quwatga ega boigan antibiotika sanoatini yaratish orqali hal etildi.
Antibiotiklami sanoat asosida ishlab chiqarish jarayoni murakkab, ko‘p bosqichli boiib, bir qancha ketma-ket keladigan bosqichlardan iborat:
- yuqori mahsuldor shtamm-produsent yaratish;
- antibiotik hosil qiluvchi shtammning eng ko‘p miqdorda mahsulot
chiqarishi uchun mo‘tadil sharoit yaratish;
- antibiotikni ajratish va tozalashni muvofíqlashtirilgan usulini yaratish;
- tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish.
Har bitta bosqich, maxsus tayyorlangan mutaxassis bilan ta’minlanishi kerak (genetik, mikrobiolog, texnolog va boshqalar).
Antibiotik sanoati hozirgi vaqtda katta quwatga ega boigan, yaxshi taraqqiy qilgan soha, ko‘pchilik mamlakatlarda bu soha farmasevtika sanoati Davlat aksionerlik jamiyatiga qaraydi. Ayniqsa, u AQSHda, Angliyada, Germaniyada, Yaponiyada, Fransiyada, Italiyada, Xitoyda keng taraqqiy etgan. Masalan AQSH da har yili 100 millionlab dollarga sotiladigan miqdorda antibiotikiar ishlab chiqariladi.
Antibiotiklarni qo'llash
Antibiotik modda xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida hamda ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida ishlatiladi. Ular tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida, oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladi, biologic tadqiqotlarda esa maxsus ingibitorlar sifatida qoilaniladi.
Medisinada- antibiotiklardan ko‘plab yuqumli kasalliklami davolashda keng qoilanilib kelinmoqda, bu kasalliklarning ayrimlari, ilgari davolab boimaydi deb hisoblanar yoki oiim bilan tamom boiar edi. Bu kasalliklar qatoriga sil kasalligining (tuberkuloz) ayrim shakllari ayniqsa, meningit sill kiritilib u antibiotik qoilanilmasdan oldin 100% oiimga olib kelardi. Shuningdek, vabo kasalligi (chuma), Osiyo xolerasi, qorin tifi, brutselloz, pnevmoniya va boshqa kasalliklarni ham davolanishi qiyin boigan kasalliklar sifatida keltirish mumkin. Ba’zi bir antibiotiklar xavfli o‘smalar rivojlanishini chegaralash va qator viruslar faolligini to‘xtatish xususiyatiga egadir.
Hozirgi vaqtda 100 ga yaqin antibiotiklardan tibbiyot amaliyotida qoilanilib kelinmoqda .
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling