Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi
Download 202.04 Kb. Pdf ko'rish
|
9-маъруза
MAVZU: ANTROPOGENEZ. IRQLAR VA ULARNING BIRLIGI. Reja: 1. Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashliklar. 2. Odam bilan odamsimon maymunlarning o‘xshashligi va farqi. 3. Odam paydo bo‘lishini isbotlovchi paleontologik omillar. 4. Odamning dastlabki vatani. 5. Irqlarning paydo bo‘lishi. 6. Odamning kelgusi taraqqiyoti. Odam paydo bo‘lishi masalasi nihoyatda murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammo uzoq davrlardan beri turli xil munozaralarga, baxslarga sabab bo‘lmoqda. Turli dinlar odamni xudo yaratganligi to‘g‘risida muqaddas kitoblar Tavrot, Injil, Qur’oni karimdan qayd etilgan fikrlarini da’vat qilib kelmoqdalar. Musulmonlarning muqaddas kitobi hisoblangan Qur’oni karimning yettita surasida odamning loydan, tuproqdan, suvdan, nutfa, maniydan, bir parcha go‘shtdan, qondan yaratilganligi haqida ta’kidlab o‘tiladi. Jonsiz- tuproq, loy, suvdan yaratilgan odamga xudoning inoyati bilan jon kiritilgan deyiladi. Ilm-fan esa odamning yer yuzida paydo bo‘lganligini ashyoviy dalillar asosida yechishga harakat qiladi. Biologiyaning alohida sohasi bo‘lmish antropologiya inson tanasining tuzilishi, uning qanday qilib paydo bo‘lganligi, takomillashib borganligi, odam gavda tuzilishining qaysi jihatlari bilan hayvonot dunyosiga yaqinligini konkret dalillar –faktlar yordamida tushuntiradi. Odatda odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanligi uning ayniqsa odamsimon maymunlar to‘g‘risida gap ketganda ko‘pchilik ingliz tabiatshunosi, hozirgi zamon ilmiy biologiyasiga asos solgan Ch. Darvinni ayblaydilar. Shuni ta’kidlash kerakki odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar Darvindan ancha ilgari yashagan olimlar tomonidan ta’kidlab o‘tilgan. Vatandoshimiz buyuk olim Abu Nasr Forobiy odam zotini aqlli jonivor deb atagan. Hayvon turlari o‘rtasida va bir tur ichida kurash qonuniyati borligini Forobiy birinchi bo‘lib anglagan. Hayvonot olamida amal qilinadigan bu qonun odamlarda vaxshiylik sifatlarini tug‘dirib, turganiga e’tiborni qaratgan. Shunga o‘xshash fikr keyinchalik boshqa tabiatshunos olimlar, ayniqsa, J.B. Lamarkda ham uchraydi. Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini faqat tabiatshunos olimlargina emas, balki islom dini peshvolarining biri bo‘lgan Aziziddin Nasafiy ham o‘zining «Zubdat ul haqoyiq – haqiqatlar qaymog‘i» nomli risolasida tirik tabiat o‘lik tabiatdan paydo bo‘lganligini, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar bir tarmoqdan rivojlanganligini qayd etadi va ochiqdan- ochiq «inson hayvon turlaridan biridir. Aynan hayvon ruxi tarbiya topib ta’lim va tahsil ko‘rib, bilish, takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo‘ylab rivojlanadi va har bir daraja – martabada yangi ismga molik bo‘ladi» deydi. Odam tabiiy ravishda paydo bo‘lganligi haqidagi g‘oya antik dunyoda yaratilgan. Chunonchi, eramizgacha VI asrda yashagan Anaksimandr «barcha tirik mavjudotlar dastlab Quyosh nurlari isitgan loydan kelib chiqqan, so‘ngra ularning ba’zilari quruqlikka tarqalib, o‘zgargan. Odam ham shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan» degan edi. Qadimgi yunonlarning odam paydo bo‘lishi haqidagi fikrlari tub mohiyati bilan to‘g‘ri bo‘lsa ham, ular hech qanday dalillarga asoslanmagan edi. Biroq tabiatshunoslar qadimgi vaqtlardaYoq odam bilan odamsimon maymunlar orasida o‘xshashlik borligini e’tirof etdilar va odamsimon maymunlarni «o‘rmon odamlari» deb atadilar. XVIII asrga kelib, maymunlarning to‘liq anatomik tuzilishiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi. O‘simliklar bilan hayvonlarning dastlabki sun’iy sistemasini tuzgan Linney odamni xudo yaratgan, degan diniy tasavvurlarga ishonsada, biroq odamning tana tuzilishi hayvonlarnikiga o‘xshash ekanligini e’tiborga olib, uni primatlar turkumiga kiritgan. XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida odam paydo bo‘lishi haqida dastlabki evolutsion tasavvurlar vujudga keldi. Lamark birinchilar qatori odam paydo bo‘lishini evolutsiyaning umumiy g‘oyasi bilan bog‘lagan. U odam o‘z tana tuzilishi bilan sut emizuvchi hayvonlarga o‘xshash, biroq tik yurish, orqa, oldingi oYoqlarining tuzilishi va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. Odam paydo bo‘lishini organik olam evolutsiyasidan ajralgan holda tushunish mumkin emas. Darvin o‘zining «Turlarning kelib chiqishi» degan asarida odam paydo bo‘lishi ustida alohida to‘xtalmay, faqat uning nazariyasiga mazkur masalani yoritishda aniqlik kiritishni ta’kidladi, xolos. Darvinning qayd qilingan asari chop etilgandan so‘ng Geksli va Gekkellar evolutsion ta’limotni birinchi bo‘lib odam paydo bo‘lishi masalasiga tadbiq qildilar. Geksli qiyosiy anatomiya dalillaridan mohirlik bilan foydalangan holda odam odamsimon maymunlarga yaqin ekanligini ko‘rsatib berdi. Gekkel esa embriologiya ma’lumotlariga asoslanib, odam primatlardan kelib chiqqanligini qayd qildi. U sut emizuvchilarning shajarasini tuzib genealogik chiziq chala maymunlardan maymunlarga, ulardan odamga borib taqalishini e’tirof etdi. Gekkel uchlamchi davrning oxirida antropoidlar bilan odam o‘rtasida qandaydir oraliq mavjudotlar yashagan, deb taxmin qildi va ularni «pitekantrop», ya’ni maymun odam deb nomladi. Keyinchalik olimning bu taxmini to‘g‘ri ekanligi paleontologik topilmalar orqali isbotlandi. Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashliklar. Odamning qo‘l-oyoq suyaklari quruqlikda hayot kechiruvchi umurtqali hayvonlarning oldingi va orqa oyoq suyaklari tuzilishiga o‘xshashdir. Chunonchi, odamning qo‘li, qushlarning qanoti, sudralib yuruvchilarning, suvda va quruqda yashovchilarning oldingi oyoq suyaklari — elka, bilak, tirsak, kaft oldi, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topgan. Orqa oyoqlar taqqoslanganda ham shunday o‘xshashliklarni ko‘rish mumkin. Odam organizmining tuzilishi, ayniqsa, sut emizuvchi hayvonlarning organizmi tuzilishiga juda yaqin. Barcha sutemizuvchi hayvonlarga xos bo‘lgan organlar, xususiyatlar, chunonchi, sut bezlari, junlilik, issiqqonlilik, quloq supralari, jag‘dagi uch xil (jag‘, qoziq, kurak) tishlar odamda ham uchraydi. Ichki organlar tuzilishida ham o‘zaro o‘xshashlik bor. Har ikkala holda ham tana ko‘krak va qorin bo‘shliqlariga bo‘linadi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida yurak, o‘pka, qizilo‘ngach, qorin bo‘shlig‘ida esa jigar, taloq, ichaklar, buyrak va hokazolar joylashgan. Odamning hayvonlarga qon-qarindosh ekanligini isbotlovchi muhim dalillardan yana biri rudiment organlaridir. Odamdagi rudiment organlar deyilganda, uning ajdodlarida yaxshi takomillashgan, lekin odam paydo bo‘lishi natijasida asta-sekin o‘z vazifasini yo‘qotib, qoldiq holatga o‘tgan organlar tushuniladi. Odamda 90 dan ortiq rudiment organ bor. Masalan, ko‘richak ning chuvalchangsimon o‘simtasi — appendiksni olaylik. Odamlarda bu o‘simtaning uzunligi 2—3 sm bo‘lib, uning yallig‘lanishi appenditsit degan og‘ir kasallikka olib keladi. U anchagina xavfli bo‘lganligi sababli vrachlar uni operatsiya Yo‘li bilan kesib tashlaydilar. Dag‘al oziq-o‘tlar bilan oziqlanuvchi barcha hayvonlarda ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi juda yaxshi rivojlangan. Chunki me’dada hazm bo‘lmagan oziq shu chuvalchangsimon o‘simtada hazm bo‘ladi. Umurtqali hayvonlarning ko‘pchiligida dum bo‘ladi va u tegishli vazifani bajaradi. Katta Yoshdagi odamlar umurtqa pog‘onasining pastki qismida to‘liq rivojlanmagan 4—5 ta umurtqa bor. U dum suyagini tashkil qiladi. Dum suyagi bir juft nerv va qisqarish faoliyatini Yo‘qotgan dum muskullariga ega. Odam hayotida dum qoldig‘i hech qanday vazifa bajarmaydi va rudiment holatda bo‘ladi. Ma’lumki, sut emizuvchi hayvonlarning quloq suprasi tez-harakat qiladi. Shu sababli ular shitirlagan tovushnigina emas, balki ovozning qayoqdan kelayotganini ham bilib oladi. Quloq suprasini harakatlantiruvchi maxsus muskullar bor. Odamning hayvonot olamidan ajralib chiqishi va tabiat ustidan hukmronlik qila boshlashi tufayli quloq suprasi rudiment holga kelgan. Odam ko‘zining ichki burchagidagi yarim oysimon parda biror vazifa bajarmaydi. U hayvonlar ko‘zidagi uchinchi qovoq (pirpiratadigan parda) ning rudimentidir. Yarim oysimon parda qushlar hamda sudralib yuruvchilarda yaxshi rivojlangan. Qushlar uxlaganda oq pardani ko‘rish mumkin. Odam tanasidagi mayin jun (tuk) ham rudiment organga misol bo‘ladi. Download 202.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling