Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi


Sivapitek, driopitek, ramapitek


Download 202.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi202.04 Kb.
#1572330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-маъруза

Sivapitek, driopitek, ramapitek 
Afrikaning to‘rtlamchi davr qatlamlaridan ikki oyoqlab yuruvchi 
maymunlar-avstralopiteklarning bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qiladigan kalla, 
pastki jag‘, chanoq suyaklari, tishlari topilgan. Bu maymunlarning qo‘l va oyoqlari 
o‘rtasida vazifa taqsimlanishi anchagina rivojlangan. Ularning chanoq suyagi 
shimpanze va gorillaning chanoq suyagidan keskin farq qilib, odamnikiga 
o‘xshagan, lekin hajmi kichik bo‘lgan. Qo‘llarining bosh barmog‘i yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, boshqa barmoqlariga qarama-qarshi joylashgan. Bu holat
qo‘l ushlash organi sifatida ishlatilganligidan dalolat beradi. Avstralopiteklar juda 
baquvvat bo‘lmagan, jag‘i katta, qoziq tishlari, tirnoqlari o‘tkir bo‘lmagan va 
ikki oyoqlab tez chopa olmagan.
Shuning uchun tabiatda uchraydigan buyumlar (tayoq, suyak, toshlar)ni 
qurol sifatida ishlatgan va dushmandan himoyalanishda, hujum qilishda ulardan 
foydalangan. Bu holat ulardan ruhiy faoliyatning nisbatan rivojlanishini talab 
etgan. Shunga ko‘ra, tabiiy tanlanish bunday maymunlarda miya va aqliy 
qobiliyatning mukammallashishi yo‘nalishida borgan. Avstralopiteklar miyasining 


hajmi odamsimon maymunlar miyasining hajmidan anchagina katta. Masalan, 
gorilla miyasining hajmi 460 g bo‘lsa, avstralopiteklarniki 550 g ga teng. Qazilma 
holdagi suyaklarni o‘rganish natijasida avstralopiteklarning 5-6 turi mavjud bo‘lib, 
ular bundan taxminan 9000000-750000 yil oldin yashaganligi aniqlangan. 
Avstralopitek 
Sharqiy Afrikaning Tanganika atrofida tadqiqot ishlari olib borgan ingliz 
olimi Luis Liki 1959 yilda Oldovay g‘oridan qadimgi odamsimon maymunlarning 
kalla suyagi, tishlari, boldir suyaklari qoldiqlari va tosh qurollar topgan. Ularni 
tekshirish natijasida Liki bu maymunlar tosh qurollar yasay olgan, deb taxmin 
qilgan va ularni zinjantrop deb atagan. Zinjantroplar morfologik tomondan 
avstralopiteklardan yuqori turmaydi. Miya qutisining hajmi 530 sm2 ga teng. 
Chakka suyagining yonoq bo‘limi yaxshi rivojlangan, boldirining yo‘g‘on suyagi 
odamnikiga qisman o‘xshash. 
1960 yildan keyin Angliya olimlari L. Liki va M. Liki Oldovay g‘oridan 
tuzilishi avstralopitekka nisbatan murakkab bo‘lgan organizmning kalla suyagi 
qoldig‘i va tosh qurollar topganlar. Uning bosh miyasining hajmi 
avstralopiteklarnikidan 
kattaroq, 
650 

atrofida bo‘lgan. Odamsimon 
maymunlardan farq qilib, oYog‘ining bosh barmog‘i chetga qayrilmagan. Bu 
hodisa unda tik yurish bilan bog‘liq morfologik o‘zgarishlar yakunlanganligini 
ko‘rsatadi. Suyak qoldiqlari bilan birgalikda qo‘pol holda yasalgan ko‘pgina tosh, 
suyak qurollar topilgan. Dastlab mehnat qurollarini yasash Homo habilis - uquvli 
odamdan boshlanib, keyinchalik takomillasha borgan.
Eng qadimgi odamlar - arxantroplar. Arxantrop yig‘ma tushuncha bo‘lib 
unga qadimgi odamlar pitekantroplar, sinantroplar va Homo erectus kiradi. Ko‘p 
turga ega bo‘lgan avstralopiteklarning bir tarmog‘i keyinchalik progressiv 
rivojlanib, qurol yasash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu hodisa tik yurish, miyaning 
yanada rivojlanishi natijasida amalga oshgan. Chamasi, bu davrda o‘tdan ham 
foydalanilgan. Bundan taxminan 2000000-1500000 yil muqaddam bunday 
progressiv formalar Afrika, Janubi-Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab 
tarqalib, ularning alohidalashgan bir qancha guruhlari paydo bo‘lgan. 
1960 yillargacha hozirgi odam bilan avstralopiteklar o‘rtasida turuvchi 10 ga 
yaqin xilma-xil qazilma holdagi oraliq formalar topilgan. Bu formalarning 
hammasi eng qadimgi odamlar - arxantroplar nomini olgan. Eng qadimgi 
odamlarga xos suyak qoldiqlari nihoyatda xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularni 
birlashtiruvchi umumiy belgi qurol yasashning rivojlanishi bilan ifodalanadi. 
Tabiatda uchraydigan turli buyumlarni ishlatishdan ongli ravishda qurol 
tayyorlashga o‘tish - rivojlanishning maymun darajasidan odam darajasiga o‘tish 
demakdir. Arxantroplar qirrali toshlar tayyorlab, ular yordamida yovvoyi o‘simlik 


ildizlari, piyozlari, tugunaklarini kovlab olganlar, hayvonlarni jarohatlaganlar, 
go‘shtini nimtalaganlar. 

Download 202.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling