Mavzu: Apparat va dasturiy ta‘minoti mavzusini o’qitish uslubiyoti. Bajardi: A. Ochilov


Download 268,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi268,49 Kb.
#1160551
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish

Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta‘minot bilan, 
ham tizimli dasturiy ta‘minot dasturlari bilan bog‘langan. Xizmatchi dasturlarning 
asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish
sozlash va tuzatishdan iboratdir. Ko‘p hollarda ular, tizimli dasturlarning 
funksiyasini kengaytirishga va yaxshilashga mo‘ljallangandir. Ba‘zida, bu 
dasturlar, boshidanoq OT tarkibiga kiritilgan bo‘lishi mumkin, ba‘zida esa ular OT 
funksiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. 
Kompyuterning apparat va dasturiy ta‘minoti orasida bog‘lanish qanday 
amalga oshiriladi? 
Avvalo ular orasidagi bog‘lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. 
Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu, apparat 
interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa — dasturiy interfeys, apparat 
qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish — apparat — dasturiy 
interfeys deyiladi. 
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda 
uchinchi ishtirokchini, ya‘ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to‘tish lozim. 
Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda 
bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti — 
foydalanuvchi interfeysi deyiladi. 
Endi kompyuterning dasturiy ta‘minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha 
dasturiy ta‘minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin: 
— sistemaviy dasturiy ta’minot; 
— amaliy dasturiy ta’minot; 
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 


Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) 
 — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta‘minlovchi 
dasturlar majmuasidir. 
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir 
predmet sohasi buyicha ma‘lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan 
dasturlar majmuasidir. 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab 
chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. 
Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya‘ni ular 
dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy 
etishga mo‘ljallangan



Download 268,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling