Space Optron System kompaniyasi fotonlarda ishlaydigan yangi tip kompyuterlar
ixtiro qildi. Bunda spektrning ko‘rish qis-mida elektromagnit nurlanish dastasini
optik tolalar o‘tkazishi prinsipiga asoslangan. Bunday optik kompyuterda signallar
(impulslar) o‘nli formatda (yarim o‘tkazgichli kompyuterda ax-borot 1 yoki 0 da
ifodalanadi)! Demak, axborot uzatish imkoniyati kengaygan va tezligi ortgan.
Bundan tashqari, optik kabellar axborotlarni parallel uzatish imkoniyatiga keng
yo‘l ochib berdi (xuddi neyrokompyuterlardek, ya‘ni sun‘iy intellektdagidek).
Ma‘lumki, xozirgi kunda optik tolalar telekommunika-siyada keng
qo‘llanilmoqda. Ushbu firma optik kompyuter uchun optik tolaning yangi bir turini
ixtiro qildi, ya‘ni organik po-limerdan tayyorlangan maxsus plyonkalar(sputnikda,
ya‘ni kosmik muxitda bunday plyonkalar yetishtiriladi). Shuning uchun narxi
ancha baland bo‘ladi. Loyiha direktori Don Frazner 2001 yilda shunday optik
kompyuterni chiqarish niyatida uning ko‘rinishi bahaybat uya (optik tolalardan
yasalgan qush uyasini eslatadi) shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |