Mavzu: aprel. 3-hafta: «yer kuni» Ornish, konstruksiyalash va matematika markazi Biz yashayotgan yer Maqsad


Svuietli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazi


Download 18.86 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi18.86 Kb.
#1430234
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

Svuietli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazi Yosh sayohatchilar (suvda, quruqlikda va tog'da)
Maqsad: bolalar oila a'zolari bilan sayohatda bo'lgan vaqtlarini, tengqurlari bilan munosabatlarini, sayohat vaqtida o'zini tutishni, ko'rgan joylarini eslab qolishga harakat qilishni, nutqni rivojlantirishni o'rganadilar.
Kerakli jihozlar: sumkacha, qo'shimcha kiyim, o'yinchoq idish-tovoqlar, yegulik, kompas, osma qozoncha, belkuraklar.
Faoliyatning borishi:
1. Sayohatga boriladigan joyni tanlash.

  1. Sayohat uchun kerakli buyumlarni tanlash va joylashtirish.

  2. Syujetli-rolli o'yinlar.

Qo'shimcha: borgan joylarida fotosuratlar olishni taklif qilish.
Alohida e'tibor qaratiladi: kayfiyatlar, o'zaro bir-birlarini tushunish, muammoli vaziyatlarni hal etishiga ahamiyat beriladi.
Svuietli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazi Yosh arxeologlar
Maqsad: bolalar arxeolog kasbi bilan tanishadilar, ularning mehnatlari nimalardan iborat ekanligi haqidagi bilimlarga ega bo'ladilar, ayrim tarbiyalanuvchilar kelajakda shu kasbga nisbatan qiziqishlari sabab shu kasb egasi bo'lishi uchun zamin yaratadilar.
Kerakli jihozlar: arxeloglar uchun maxsus kiyimlar, maxsus idishlarda tuproq va tuproq tagiga solingan qadimiy buyumlarni aks ettiruvchi jihozlar (sopol idishlar, ko'za, tanga, mato parchalari, turli bitiklar, siyohdon, patli qalamlar).
Faoliyatning borishi:

  1. Mavjud jihozlarni ko'rib chiqish.

  2. Rollarni taqsimlash.

  3. O'yinni rejalashtirish.

  1. Arxeologlar maxsus idishdagi berkitilgan buyumlarni belkurak yordamida qazib oladilar.

  2. Topgan topilmalarini do'stlari bilan muhokama qiladilar.

  1. O'zaro suhbat.

Qo'shimcha: muassasa hududi bo'ylab «Yosh arxeologlar» o'yinini o'ynash.

Download 18.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling