Mavzu: Aqli zaif bolalarda yozma nutq buzulishlari va uni bartaraf etishda logopedic ishlarning o’ziga xos tomonlari
Download 378.13 Kb.
|
Dilyora opaga 2- ppt
Nutqlarining mohiyatiga o‘zlari yaxshi tushunib yetmaydilar. Bu bolalar nutqi yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, aqli zaif bolalarning fikr yuritish quroli bo‘la olmaydi. Aqli zaiflikdagi bunday o‘ziga xos nutq juda kam uchraydi. Shizofreniya kasaliga uchragan aqli zaif bolalarning nutqi ham yuqoridagi holatga o‘xshab ketadi. Bu bolalarda nutq malakalari, tushunish holatlar normal bolalardan ham tez shakllanishi mumkin. Ularning so‘z boyliklari normal bolalarnikidan kam farq qiladi. Ammo ular nutqida buzilgan so‘zlar uchrashi mumkin (G‘.B.Shoumarov, 1980). M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupovaning (2009) maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalardagi nutqni asosi bo‘lmish grammatik tomonini tekshirish natijalarining tahlili, ularda tilning leksik-grammatik tuzilishining yetarli shakllanmaganligini ko‘rsatadi. Ular amalda tilning grammatik qoidalarini buzgan holda qo‘llaydilar va nutqda xuddi shunday ifodalaydilar
Aqli zaif bolalarda 5 yoshda so‘zlardan gap tuzish jarayoni zaifligi yoki yetarli shakllanmaganligi kuzatiladi. Tekshirishdan olingan natijalar aqli zaif bolalar 2- 3 so‘zdan iborat gap tuzish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatdi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar gapni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Noto‘g‘ri tuzilgan gaplar orasida tugallanmagan, grammatik jihatdan shakllanmagan, ma’nosiz so‘zlarni o‘rnini almashtirish kabi kamchiliklar kuzatiladi.
Download 378.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling