Hujayra yadrosi
Download 0.51 Mb.
|
3-mavzu. Hujayra yadrosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (91-92 rasmlar) Eukariot hujayralarning yadrosi
Hujayra yadrosi 9.1§. Yadro Barcha zamburug’, o’simlik va hayvon hujayralarida yadro mavjud. Bakteriyalarda yadro morfologik jihatdan shakllanmagan, biroq yadro materiali bo’lib, biokimyoviy tarkibi, yuksak shakldagi organizmlarnikiga o’xshashdir. Bakteriyalarda yadro materiali diffuziya holatda, sitoplazmada tarqalgan. Yadro hujayrada kechadigan ko’pgina jarayonlarning amalga oshishida, boshqaruv rolini bajaradi. U hujayralarning o’sishi, rivojlanishi, harakat, ko’payish va differensiyalanish funksiyalariga ta’sir etadi. Yadro – genetik materiallarni saqlaydi va keyingi avlod hujayralariga o’tkazib berish vazifalarini bajaradi. Yadroda ushbu genetik rol, oqsil sintezi uchun mo’ljallangan DNK va RNK lar bilan bog’liq. Yadroning shakli, hujayra shakliga munosib bo’ladi. Dumaloq shakldagi hujayralarda, asosan yadro sharsimon yoki ovalsimon, bir tomonga cho’ziq shakldagi hujayralarda ham ovalsimon yoki cho’ziqroq shakllarda bo’ladi. Yadroning o’lchami, hujayraning o’sishi va sitoplazma strukturalari bilan bog’langan holda joylashishiga bog’liq. Interfaza yadrosida yaxshi bo’yaladigan xromatin va kam bo’yaladigan axromatinli to’r tafovut qilinadi. Bu strukturalar DNK va gistonli oqsillar ya’ni xromosoma materiallari. Yadrocha – RNK oqsil saqlaydi va yadro shirasi yoki karioplazma mavjud. (91-92 rasmlar) Eukariot hujayralarning yadrosi Hujayralarda yadro strukturalari to’liq shakllanganligi asosida eukariotlar deyiladi. Hujayralarda yadroni birinchi bo’lib R. Braun tomonidan o’rganilgan bo’lib. 1833 yilda o’simlik hujayralaridan sharsimon strukturani “yadro” deb atashni taklif qilgan. Eukariotlarda yadro prokariotlarga nisbatan bir necha qator murakkab farqlari bor. Birinchidan DNK saqlovchi kompanent maxsus yadro (po’sti) qobig’i bilan sitoplazmadan bo’lingan. Ikkinchidan eukariotlarning yadrosidagi DNK lar soni, prokariotlarnikiga nisbatan bir necha ming barobar ko’p, uchunchidan, eukariotlar DNK tarkibi, murakkab nukleoproteid kompleksidan iborat, ya’ni maxsus xromatin strukturalarini tashkil qiladi va eukariot xromosomalarni shakllantiradi. Har bir xromosoma DNK si, gigant va murakkab polireplikatsion strukturani tashkil qiladi,ya’ni juda ko’p avtonom replikatsiyalanuvchi qismlari mavjud bo’ladi. Eukariot hujayralarda sintez va transkripsiya ikkilamchi qayta qurilish va “yetilish” jarayonlari amalga oshadi va prosessing hamda splaycing jarayonlarining alohida amalga oshishini o’z ichiga oladi. Natijada eukariot hujayralarda DNK va RNK sintezlaridan keyin alohida oqsil sintezi amalga oshadi. Eukariot hujayralarda odatda bitta yadro, ba’zi hujayralarda ko’p yadrolar bo’ladi. Yadroni sitoplazmadan ajratib turuvchi yadro qobig’i, xromatin, yadrocha, yadroning oqsilli matriksi va karioplazma yoki yadro shirasi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling