Hujayra yadrosi


Download 0.51 Mb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1469733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Hujayra yadrosi

27-rasm

Ushbu komponentlar bir va ko’p hujayrali organizmlarning bo’linmayotgan barcha hujayralar yadrosida uchraydi.


Yadroning eng asosiy komponenti-xromatin bo’lib, u o’z navbatida hujayraning irsiy funksiyalarini bajaradi, xromatin DNK sida o’sha hujayra yoki organizmning barcha irsiy axboroti saqlangan bo’ladi.
Yadro po’sti eng muhim reseptorli-barer, shuningdek transport va qoplab chegaralovchi funksiyalarni bajaradi. Xromatinsiz yadro oqsilli matriks yadroda xromosomalarning erkin joylashishini va ularning funksional aktivligini ta’minlaydi.
Yadrocha xromosomalarning ayniqsa sentromera va telomeralarning shakllanishida, r-RNK ning sintezlanishida hamda ribosomalarning tashkil bo’lishini amalga oshiradi. Bundan tashqari yadrodagi xromatin va matriks tarkibida har xil ribonukleoproteid strukturalari ham uchraydi. Bu komponentlar orasida yadro shirasi- karioplazma o’rin olgan bo’lib, yadro ichidagi oqsil va RNK sintezlari yadro metabolizmlari hamda juda ko’p jarayonlarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi. Juda ko’pgina tirik hujayralarni, ayniqsa o’simlik hujayralarini yoki bu hujayralarni fiksatsiya qilib va bo’yab o’rganilganda yadro o’rtasida yaxshi bo’yalgan zich moddani kuzatish mumkin. Ana shunday xususiyatlardan kelib chiqqan holda ushbu komponentga “xromatin” deb nom berilgan, ya’ni yunoncha chroma-rang, bo’yoq ma’nosini anglatadi.Xromatin tarkibiga DNK va uning oqsilli kompleks strukturalari kiradi.
Prokariot DNK laridan farqli o’laroq, eukariot xromatinlari muqobil ikki holatda ya’ni interfazada (gekonge sirlangan) tarqoq va mitoz davrida jipslashgan holatda metotik xromosoma tarkibida uchraydi.

Yadroning interfaza davrida xromatin o’zining kompleks shaklini tarqatgan, dekondensirlangan holatda bo’ladi. Xromosomaning yoki uning to’liq dekondensirlangan ma’lum qismlarini diffuz xromatin deyiladi. Xromosomaning interfaza davrida to’liq tarqalmasdan ya’ni kondensirlangan xromatin yoki geteroxromatin deyiladi. Interfazada duffuzlangan xromatin qanchalik ko’p bo’lsa, sintez jarayonlari shunga mos ravishda yuqori bo’ladi.
Limfosit hujayralarida xromatin hujayra yadrosining pereferiyadan hosil bo’lib boshlaydi. RNK sintezi davrida xromatin strukturasi o’zgaradi. DNK va RNK sinteziga o’tganda, kondensirlangan xromatinlar zonasi ko’payadi. Tuban umurtqalilarning eritrositlarida barcha xromatin kondensirlangan hoatda bo’ladi, va bu yadrolarda DNK va RNK sintezi bo’lmaydi. Agar ushbu hujayra yadrolarida RNK sinteziga o’tsa xromatinlar difuz holatiga o’tadi. Hujayraning mitotik bo’linish davrida kondensirlangan xromatin, xromosomaning biror qismi sifatida bo’lib, xromosomalarda sintetik jarayon amalga oshmaydi. Shunday qilib, hujayradagi xromosomalar ikki xil struktur-funksional holatda bo’ladi, ya’ni ishlash yoki sintez davrida qisman yoki to’liq dekonsirlangan holatda bo’lib, interfazada transkripsiya va replikatsiya jarayonlari amalga oshadi. Keyingi passiv metabolistik tinch holatda o’ta kondensirlangan holatda bo’lib qiz hujayralarga irsiy materiallarni tarqatish va o’tkazib berish funksiyalarini bajaradi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling