Hujayra yadrosi


Euxromatin va geteroxromatin


Download 0.51 Mb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1469733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Hujayra yadrosi

Euxromatin va geteroxromatin

Hujayra yadrosini interfaza davrida kuzatilganda xromatin strukturasi har xil holatda bo’lishi qayd etilgan. Tez bo’linadigan kam ixtisoslashgan hujayra yadrolari xromatin diffuz strukturali yoki dekondensirlangan bo’ladi. O’ta ixtisoslashgan yoki hayotiy siklini tugatayotgan hujayralarda xromatin kondensirlangan holatda bo’ladi. Masalan, normoblast va yetuk leykositlarning yadrosi. Aktiv metabolistik jarayonda kondensirlangan xromatinlarning barcha qismlari diffuz holatga o’tmasligi ham mumkin.





Interfaza davrida yadroning ba’zi qismlarida doimiy kondensirlangan xromatinlar uchraydi. Xromatinning bunday qismlarini geteroxromatin deb ataladi. U albatta euxromatinlardan farq qiladi. Geteroxromatin – xromosomaning kompakt qismi, mitoz bo’linishning profazasida xromosomaning boshqa qismlaridan eng oldin hosil bo’ladi, telofaza davrida esa dekondensirlanmaydi, interfaza davriga o’tganda zich strukturali intensiv rangli xromosentlar holatida uchraydi.
Hujayra yadrolarida doimiy ravishda kondensirlangan holatda xromosoma yelkalari, sentromera va boshqa telomera qismlari, xromosentr deb yuritiladi, va ularni geteroxromatin deb atash mumkin. Geteroxromatinlar irsiy jihatdan aktiv emas, transkripsiyalanmaydi, boshqa xromatinlarga nisbatan keyin replikatsiyalanadi. Yadrolarda geteroxromatin miqdori ham har xil bo’ladi. Masalan, sut emizuvchilarda geteroxromatinlar butun genomning 10-15% ni, ba’zi amfibiyalarda esa bu ko’rsatkich 60% gacha bo’lishi mumkin. Bu doimiy geteroxromatinlar bir qator muhim funksiyalarni bajaradi, jumladan meyozda gomologlarning juftlashish, interfaza yadrosining strukturali shakllanishida va regulyator funksiyalarning bajarilishida ishtirok etishi mumkin.
Yadrodagi qolgan xromatin massalari o’zining funksional holatiga binoan kompaktlashuvini o’zgartirib turadi. Ular euxromatinlarga mansubdir. Biroq passiv euxromatin qismlarida kondensirlangan holatlar ham uchraydi. Ularni fakultativ geteroxromatinlar deyiladi. Fakultativ geteroxromatinga misol qilib, odam kariotipidagi X-xromosomani olish mumkin. Erkak hujayralardagi X-xromosoma dekonsirlanadi, u aktiv diffuziyalanadi. Ayol organizmidagi X-xromosoma ikkita, uning biri aktiv diffuz holatida, ikkinchisi esa aktiv emas passiv vaqtinchlik kondensirlangan. Differnsiallashgan hujayralarda 10% gacha genlar aktiv holatda, qolgan genlar passiv bo’lib, kondensirlangan xromatin, geteroxromatin holatida bo’ladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling