Hujayra yadrosi


Prokariotlarning yadro kompotentlari


Download 0.51 Mb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1469733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Hujayra yadrosi

Prokariotlarning yadro kompotentlari

Prokariotlarning asosiy xususiyatlari yadroning to’liq shakllanmaganligidir. Biroq prokariotlarda eukariotlar yadrosining analogi sifatida nukleotid yoki nukleoplazma mavjud bo’ladi. Prokariotlar nukleotidi ham DNK dan tashkil topgani uchun yadro struktura deb hisoblash mumkin. Prokariotlarning nukleotid yoki nukleoplazmasini maxsus bo’yash usullari bilan bo’yab, oddiy yorug’lik mikroskoplarida ham kuzatish mumkin.


Ultrayupqa kesmalarlarda tayyorlangan preparatlarda nukteotidlar zonasi, fibrilla ko’rinishida bo’lib, qalinligi 2-7 nm bo’ladi.


Rasm.

Ushbu nukleotid yoki nukleoplazmalar zonasi bir-biridan alohida erkin holatda mavjud bo’lib, atrofini, ribosomalar granulalari va membrana bilan chegaralangan yorqin ko’rinishga ega bo’lgan sitoplazma qoplab turadi. Bakteriyalar nukleotidlarining tarkibi va strukturasi nisbatan ko’proq o’rganilgan. Shunga muvofiq nukleotidlarning 80% DNK dan, qolgan 20% har xil oqsil va RNK ga to’g’ri keladi.


Prokariotlarda DNK soni eukariotlarga nisbatan ancha kam. Masalan, E. coli DNK si 2000 tagacha, odam hujayrasi yadrosidagi DNK juda katta hisobda gen kodlanadi.
Radioavtografiya tahlili asosida yorug’lik mikroskoplari yordamida o’rganilganda DNK strukturasi halqasimon bo’lib ko’rinadi.
Radioavtografiya metodi yordamida E. coli bakteriyalarining halqasimon nukleotidlarining replikasiyasi bir boshlang’ich nuqtadan qaysimon shaklda ikkita replikasiya hosil bo’lishi bilan boshlanishi kuzatilgan. Ushbu gigant DNK molekulalarining replikasiya birligi- replikon deb ataladi.
Bakteriyalarda replikasiya jarayoni juda qisqa davom etadi., o’rtacha 20-40 minutgacha davom etishi mumkin. (21-rasm). Bakteriya xromosomalari yoki nukleotidlarining faoliyati doimo maxsus membrana oqsillari orqali plazmatik membrana bilan bog’langan bo’ladi. Bakteriya hujayrasining bo’linish davrida nukleoplagmalarda o’ziga xos o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Bakteriyalarning halqasimon DNK molekulalarining oqsillardan tozalab (deproteinizasiya) o’rganilganda, bakteriya nukleotidlari markaziy zich qismdan o’ta spirallashgan, ko’p sonli DNK iplari shakllanib boradi. (23-rasm). Bunday nukleotidlarni qayta RNK aza va oqsilli fermentlarga tushirilganda, DNK molekulalarining o’ta spirallashishi va nukleotidlarning dekompaktizasiyasi kuzatiladi. Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki nukletidlarning kompaklashivu RNK va ba’zi oqsillar bilan bog’liq.
Prokariot hujayralarining bo’linishi va hujayra sikli eukariotlarnikidan keskin farq qiladi.
Hujayra sikli- bu hujayralarning bo’linishdan bo’linishgacha bo’lgan davri. Qayd qilinganidek, hujayraning bo’linishi DNK molekulasining ikki xissa ko’payishi, duplikasiyasidan keyin boshlanadi.
Bakteriyalarda hujayra tanasining bo’linish jarayoni, sitotomiya ko’pincha DNK sintezining tugashi bilan bog’liq emas, chunki DNK replikasiyasining ikkinchi yoki hatto uchinchi bosqichi hujayra bo’linishi boshlanishidan oldin boshlanishi mumkin. Tez o’sib borayotgan kulturalarda bu uzluksiz DNK sintezi natijasida har bir bo’lingan hujayra xromosomaga ega bo’ladi, u keyingi ko’payishning oraliq bosqichida, ya’ni har bir qiz hujayra bo’linishdan so’ng darhol qisman replikatsiya qilingan genomni o’z ichiga oladi.
Bakteriya hujayralarining bo’linish davrida nukletid tarkibidagi DNK larda kondensatsiya amalga oshadi. Hujayraning uzunasiga o’sish jarayonida nukleotidlardagi DNK sintezidan keyin kattalashadi va keyinchalik maxsus mexanizm yordamida bo’linadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling