Mavzu: aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar bilan tashkil etiladigan o'quv-tarbiyaviy ishlarning psixologik asoslari


Download 82.94 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi82.94 Kb.
#1611099
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalar psixologiyasi

Diqqatni tekshirishda psixolog avval bolada diqqatning buzilishi mavjudligini aniqlashi lozim. So'ngra bu buzilishlarning namoyon bo'lish darajasini, ularning faoliyat buzilishlaridagi rolini, kelib chiqishi va asbabini aniqlashi kerak.
Diqqat buzilishlarining namoyon bo'lish darajasini aniqlashda ularning faoliyat jarayoni va natijasiga qanchalik ta'sir etganligiga diqqatni qaratish lozim.
Ko'pincha, diqqatning qo'pol bo'lmagan buzilishlari ishning natijalarida aks etmasada, shunga qaramay ularning mavjudligi ko'pgina klinik holatlarning tashxis belgisi sifatida ahamiyatga ega bo'ladi.
Diqqatning qo'pol buzilishlarida kuzatilganda, ular boladagi qiyinchilikning asosiy sababi ekanligini yoki ular xarakterning ko'rinishlariga kirishini aniqlash zarur. Diqqatidagi kamchiliklar boshqa psixik funktsiyalari faoliyatiga, ayniqsa xotira faoliyatiga ta'sirini bilish lozim (xotiradagi ayrim kamchiliklar diqqatni buzilishiga olib keladi.)
Xotirani tekshirish
TPPK sharoitida xotirani maxsus tekshirish ma'lum bir ko'rsatkichlar asosida olib boriladi. Bunda tekshirish uchun uzoq; vaqt hamda uni o'tkazish uchun maxsus sharoit zarurligidir.
Diqqatning qo'pol buzilishlarida xotirani tekshirish ko'pincha noto'g'ri hisoblanadi, chunki uning natijalari xotiraning buzilishlarini emas, balki eslab qolish vaqtida diqqatdagi kamchiliklardan dalolat beradi. Xotirani maxsus tekshirishda modal-xos bo'lmagan buzilishlardan shikoyat, anamnezda miya jarohatlari, tutqanoq tutilishi va amneziya holatlarining mavjudligi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatkich bo'ladi.
Xotirani tekshirishda faqatgina uning buzilishlarini emas, balki ularning xarakter va kelib chiqish sabablarini aniqlash zarur. Xotira buzilishlari xarakteriga ko'ra: modal-xos bo'lmagan (barcha turlarini umumiy pasayishi) va modal-xos bo'lgan (ko'ruv, eshituv, verbal, motor kabi alohida turlarining buzilishi) bo'lishi mumkin.
Xotira tavsifi mnestik faoliyat sifatida o'zida eslab qolish (surati, hajmi), esda saqlash (sifatli, muddatli), qayta eslash (to'liq, aniq, ketma-ket), esdan chiqarish (qisman, chuqur, vaziyatli) kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Nutqni tekshirish
Bola nutqining holati psixolog hamda logoped bilan birgalikda tekshiriladi. Logoped nuttsning barcha tomonlarini o'rganadi, psixolog esa nutqning asosiy funktsiyalari bo'lgan (ayniqsa nutq buzilishlarida) kommunikativ, boshqarish, bilish funktsiyalarini bajarishiga diqkatini saratadi. Bolaning rivojlanishiga nutq kamchiliklarining darajasi va xarakterini qanday ta'sir etganligini aniqlash muhim.
Nutq kamchiliklari aniqlanganda bolaning boshqalar bilan muloqotiga, bilish faoliyatiga qanchalik ta'sir etganligiga diqqatni qaratish lozim.
Idrokni tekshirish
Idrokni aniqlash tekshirilayotgan bolaning holatiga bog'lik, bo'ladi. TPPKda asosan ko'rish va eshitish, zaruriyat tug'ilganda taktid idrok tekshiriladi.
Eshituv idroki avval eshitishi pasaygan yoki shunga taxmin qilinayotgan bolalarda tekshiriladi. Eshituv xolati vrach-surdolog va surdopedagog tomonidan aniqlaydi. Psixolog ushbu ma'lumotlardan foydalanib bola rivojlanishiga ularning u yoki bu darajada ta'sirini o'rganadi. Surdolog tekshiruvidan o'tmagan va nutqida kamchiligi bor bolani psixolog o'rganayotganda, TPPKdagi boshqa mutaxassislar bilan birgalikda bu bolada eshituvini pasayganligini taxmin qilib, uni surdologik tekshiruvga yuborishi kerak. Eshituv funktsiyalari to'liq saqlangan, nutqida kamchiligi bor bolalarda ko'pincha nutqni eshitish idroki, ya'ni unga qaratib so'zlangan nutqni tushunish buzilganligi kuzati ladi. Bunda psixolog logoped bilan birgalikda bola nima uchun tushunmayotganligi tekshiriladi.
Ko'ruv idrokini tekshirishda bolani ko'ruv agneziyasi mavjudligiga e'tibor berish zarur (predmetli, fazoviy, rang, harf va hokazo). Ko'rishning pasayishi bilan bog'liqligi taxmin qilinsa, uni ko'ruv o'tkirligini tekshirishga yuboriladi. Ko'ruv funktsiyalari saqlangan bo'lib, turli agnoziyalar kuzatilsa, sababini aniklash zarur. Uning sababi aqliy nuqson, po'stloqning lokal buzilishlari hamda po'stloq tonusining o'zgarishlari bo'lishi mumkin.
Tafakkurni tekshirish
Tafakkurni tekshirish xususiyati bolaning yoshiga bog'liq bo'ladi. Ilk yoshda ko'rgazmali-harakatli tafakkurning holati maktabgacha yoshda, maktab yoshida ko'rgazmali-obrazli va so'z-mantiqiy tafakkur tekshiriladi.
Bolaning aqliy faoliyatini taxlil kilishda uning- motivatsion, operatsion, dinamik hamda tanqidiy fikrlash tomonlarini ko'rib chiqish kerak.
O'zini-o'zi baxolashini tekshirish
O'zni-o'zi baholash 7 va undan katta yoshli bolalarda tekshiriladi. Ko'pincha o'ziga baho berish 7 yoshli bolalarga mos Dembo-Rubinshteyn uslubiyati yordamida olib boriladi. Ushbu metodika natijalarini baholashda biroz o'ziga yuqori baho berishda ma'lum normal hisoblanishini inobatga olish zarur. O'ziga- o'zi baho berish suhbat tarzida o'tkaziladi.
Oiladagi ichki munosabatlarni tekshirish
Oilaviy ichki munosabatlarni tekshirishda avvalambor ota-ona - bola munosabati, ayniqsa ona bilan munosabatiga e'tibor berish zarur.
Bola va ota-ona munosabatlari turli tarzda buzilgan bo'lishi mumkin. Bu buzilishlarga bolani haddan tashqari avaylab-asrash, bolaga umuman e'tibor bermaslik, o'zidan h.issiy itarish, bola bilan qo'pol, yomon munosabatda bo'lish kabilarni kiritish mumkin. Bolaning oiladagi boshqa bolalar bilan o'zaro munosa- batiga e'tibor berish, ayniqsa oilada undan kichik bolalar tug'ilgan bo'lgan bo'lsa. Bundan tashqari bola tarbiyasida ishtirok etadigan boshqa oila a'zolari (buvi, buva va boshqa qarindoshlar) bilan munosabati. Oiladagi ichki munosabatlarning buzilishi bola rivojlanishiga turlicha ta'sir etishi mumkin.

Download 82.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling