7-T-S-20-GURUH TALABASI
Mamatov Jamshid
- Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholosi hozirgi indeetslar va eskimoslarning bundan 20-25 ming yilcha oldin Osiyodan kelgan avlod-ajdodlari bo'lgan. Kolumb Amcrikani ochgandan keyin ko'p o'tmay, qit'a muntazam tarzda mustamiakaga aylantirila boshlandi va mustamlakalarni egallash uchun Yevropa davlatlari o'rtasida kurash qizib ketdi.
- XVII asrning boshida Ispaniya Shimoliy Amerikada Florida, Texas, Kaliforniya, Meksikani, bulardan ham oldinroq (Portugaliya egallab olgan Braziliyadan tashqari) bulun
Shimoliy Amerikaning mustamlakaga aylantirilishi
- Markaziy ba Janubiy Amerikani bosib otdi. Fransuzlar Kanadada (1604 yildan boshlab), Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) o'rnashib oldilar. Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya mustamlakasiga asos soldilar.
- Shimoliy Araerikaga XVI asr oxirlarida kelgan inglizlar uzoq tura olmadilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan ya:ni Birginiya deb atalgan mustamlaka (qirolicha Elizaveta sharafiga sbunday deb nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. "May guli" kemasida kelgan mustamlakachi puritanlar 1620 yilda "Nyu-Plimutga, 1622 yilda Nyu-Gempsher, 1628 yilda Massachusets, 1634-1637 yillarda Konnektikut, 1636-1643 yillarda Rod-Aylend va Nyu-Gevenga asos soldiiar. Ular 1664 yilda Massachusetsga qo'shib olindi. Bu mustamlakalar Yangi Angliya deb ataldi. Mustamlakachilar ichki boshqaruv ishlarida mustaqillikni saqlagan holda Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari degan nom ostida ittifoq tuzdilar. Markaziy rayonda Nyu-Jersi, Pensilvaniya, janubda Merilend. Shimoliy Karolona va Janubiy Karolina va Jorjiya degan mustamlakalar tashkil topdi.
- 1760 yilda Sharqda Atlantika okeanining qirg'og'i bo'ylaridan to Farbda Appalachi tog'larigacha bolgan territoriyadagi 13 ta ingliz mustamlakalarida indecslar (bindular)dan tashqari, 1,6 millionga yaqin aholi yashar edi. Oq tanli aholi asosan inglizlar, irlandlar, shotlandlar, nemislar, gollandlar va boshqalardan iborat edi. Aholining soni tez o'sib, 1775 yilda 2,6 million kishiga etdi.
- Amerikada ingliz mustamlakalarini xo'jaligiga ko'ra 3 ta guruhga ajratish mumkin edi. Yangi Angliya, deb atalgan Shimoliy mustamlakalarda asosan fermer va ijara qishliq xo'jaligi, qisman hunarmandchilik va manufaktura sanoati taraqqiy etdi. Shimoliy mustamlakalarning markazi Boston shahri edi.
- O'rta mustamlakalar rayoni g'alla xo'jaligiga moslashtirilgan bo" lib, unda yirik kapitalistik fermerlar mavjud edi. Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-York rayonlarida g'allachilik fermalari bilan birga sanoat korxonalari va savdo rivoj topdi.
- Janubiy mustamlakalar, asosan, tamaki plantasiyalari ko'pchilik bo'lgan quldorchilik. xo'jaliklaridan iborat edi.
- XVIII asrning 70 - yillarida paxta ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega emas edi. Paxta yetishtirish va uni mashina bilan ishlov berishga e'tibor 90 - yillarda boshlandi. 1793 yilda paxta tozalash mashinasi Hay Uayten tomonidan ixtiro qilingandan so'ng, quldorlik plantasiyalarida keng ravishda paxta ekila boshlandi
- XV11I asrning so'nggi choragida ko'pchilik mustamlakalar Angliya qirolining boshqaruvi ostida edi. Konnektikut va Rod Aylend mustamlakalari qirol tomonidan tasdiqlanuvchi saylangan gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. Pensilvaniya, Delaver va Merilend alohida kishilarga tegishli edi. Barcha mustamlakalarda maslahat organiga ega bo'lgan saylangan vakillarning palatalari mavjud edi. Mustamlakalarda din katta rol o'ynar edi. Amerikada ko'plab diniy sektalar mavjud bo'lib, ularning ichida puritanlik cherkovi ustun mavqeiga ega edi.
- Inqilob arafasida mustamlakalarda 8 la kollej (oliy maktablar) mavjud bo'lib, ularning asosiy maqsadi puhoniylarni tayyorlash edi. XVIII asrning oxirlarida dunyoviy bilimga ega bo'lgan malumotli kishilar Amerikada ko'pchitikni tashkil qila boshladi. Shunday kishilardan biri Benjamin Franklin (1706-1790) edi. Franklin Amerika jamiyatining hayotida katta tashabbuskorlik faoliyatini ko'rsatdi. u tipografiya, jamoat kutubxonasi, kasalxona va akademiyaga asos soldi. Mustamlakalarning ajralib chiqishi uchun kurashining muhim sabablaridan biri mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi savdo va sanoat sohasidagi raqobat edi.
- Mustamlakalarda XVIII asr boshidanoq sanoat tez taraqqiy topdi. Mustamlakachi dehqonlar bir vaqtning o'zida temirchi-chilangar va to'quvchi edilar. Shishasozlik, charmgarlik, kemasozlik, temirchilik kabi yirik manufakturalar XVIII asr o'rtalaridan boshlab keng taraqqiy etdi.
- XVIII asr ingliz hukumatining hujjatlarida mustamlakalarda manufakturalar qurishni taqiqlovchi ko'plab hujjatlarni topish mumkin. Mustamlakalarda savdo cheklab qo'yildi yoki umuman taqiqlandi. Navigasion aktlar mustamlakalarni Angliyadan tashqari har qanday davlat bilan savdo va sanoatini bo'g'ib qo'yishga qaratilgan edi.
- Metropoliyaning g'arbiy hududlarga aholining ko'chib kelishmi taqiqlash siyosati janubiy quldor plantatorlarning manfaatiga jiddiy salbiv ta'sir ko'rsatdi. Chunki virtqich plantatsion xo'jalikka yangi-yangi unumdor hududlar zarur edi. 1763 yilgi aktdan keyin Birginiya aholosi Amerika mustamlakalaridagi xalqlarni ingliz qiroli o'zining fuqarolari deb sanashga haqli emasligi to'g'risidagi shiorlar bilan chiqdi.
- 1765 yil ingliz hukumati "Gerb solig'i to'g'risida" qonun e'lon qildi. Mustamlakadagi barcha savdo va sanoat korxonalarida bu soliq joriy qilindi. Hisob-kitoblar. shartnomalar, tilxatlar, ro'znomaning har bir soni, universitet diplomlari va boshqa barcha hujjatlar gerb solig'iga tortildi. Ingliz pariamenti bu soliqni mustamlakalarning aholisidan so'ramasdan mustamlakalarda joriy qildi. Bunga javoban mustamlakalarda namoyishlar bo'lib, unda Angliyaga qarshi norozilik chiqishlari yangradi. Shu yili Nyu-York shahrida mustamlakalarning vakillari ishtirokida kongress chaqirildi. Kongress mustamlakalar faqat ularning roziligi bilangina soliqlarga tortilishini talab qilib chiqdi va ingliz tovarlariga boykot e'lon qildi.
Boykot natijasida metropoliyaning mustamlakalar bilan savdosiga katta zarar o’di. London savdogarlari umumpalatasiga savdoning qisqarib ketganligidan zarar ko'rayolganligini ma'lum qiluvchi va gerb sofig'ini bekor qilishni so'rovchi talabnomalar taqdim etildi. Parlament gerb solig'i to'g'risidagi aktni 1766 yilda bekor qilishga majbur bo'ldi. 1767 yil iyunida parlament Taunsend, deb nomlanuvchi aktni e'lin qildi. Taunsend 1767 yildan boshlab Brilaniya moliyasini boshqardi. Uning nomi bilan ataluvchi aktga ko'ra, Amerika mustamlakalarni soliq to'lashga majbur qilish maqsadida Amerikaga keltirilgan ingliz choylari katta miqdordagi boj solog'idan ozod qilinib, uncha katta bo'lmagan soliqqa tortildi. Ingliz pariamenti Amerika xalqi narxi arzonlashtirilgan choyni tez xarid qiladi, deb o'ylagan edi. Ammo Amerika vatanparvarlari bunday tuzoqqa tushmadilar. Ingliz choylariga boykot e'lon qilindi, mustamlakalarda vaqtincha choy iste'mol qilish to'xtatildi. Boston savdogarlari mahalliy fuqarolar orqali kemalardagi ingliz choylarini suvga tashlatishga muvaffaq bo'ldilar. Bu tarixda "Boston choyxo'rligi" deb ataladi.
1774 yil Ogayo va Missisipi shtatlari orasidagi hududlarni Kvebek provinsiyasiga berish tog'risidagi mashhur akt e'lon qilindi. Bu akt vakillik organiga ega bo'lmagan, katolik dini hukmron bo'lgan ushbu mustamlaka Kvebek hududining kengaytirilishini anglatar edi. Bu akt Birginiya, Massachusetc va Konnektikut mustamlakalarining ular hududini shimoliy-sharqqa tomon kcngaytirish to'g'risidagi talablariga zid kelmoqda edi.
Massachusets va Virginiya mustamlakalarining tashabbusi bilan mustamlakalarni birlashtirish maqsadida 1774 yil 5 sentyabrida Filadelfiyada kongress chaqirildi. Bu 1-kontinental kongressda ingliz hukumati bilan qonuniy usullarda munosabatda bo'lish tarafdorlari - loyyalistlar ko'pchilikni tashkil qildi
- 1775 yil 19 aprelida ingliz generafi Geyj Konkorddagi zambaraklar, porox, musbket o'qlari va un zahiralarini egallash maqsadida Bostondan 1700 kishidan iborat harbiy korpusni jo'natdi. Boshqa mustamlakalardan kelgan aholi Boston shahrida lager lashkil qilib, uni "Ozodlik lageri" deb atadilar. Tezda Bostinda amerikaliklarning 20 ming kishilik qo'shini tashkil topdi. 1775 yil 17 iyunda Boston yaqinida mustamlakalarning qo'shini Angliyaning Bostondagi harbiy garnizonini mag'lubiyatga uchratdi. Shundan so'ng boshqa rayonlarda ham harbiy harakatlar boshlanib ketdi.
- 1775 yil may oyida Filadelfiyada kongress chaqirildi va u ikkinchi kontinental kongress deb nom oldi. 15 iyunda Yangi Angliya dcputatlarining taklifi bilan kongress poikovnik Jorj Vashingtonni oliy bosh qo'mondon qilib sayladi. Vashington jangovar qo'shin tashkil qiHshga kirishdi. 1776 yil mart oyida Vashington qo'shini Bostonni egalladi. Jon Adamsning aytishicha, urush davrida Amerika aholisining uchdan biri mustaqillik tarafdori. biri qarshi, uchinchisi betaraf bo'lgan Amerikada bu davrda qurol ko'tarishga qurbi etadigan 2 million 200 ming kishilik oq tanli aholi bo'lgan. Ammo Vashington qo'shinining soni 22 ming kishidan oshmagan. Bu vaqtda 50 mingdan ziyod amerikalik ingliz qo'shinlari tarkibida xizmat qilgan. Hammasi bo'lib Shimoliy Amerikaga Angliyadan 90 ming kishilik qo'shin yuborilib, ularning 30 minggi yollangan nemis qo'shinidan iborat bo' Igan.
Do'stlaringiz bilan baham: |