Mavzu: aqsh davlati pensiya tizimi. Reja


Download 53.07 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi53.07 Kb.
#1199957
  1   2
Bog'liq
AQSh davlati pensiya tizimi


Mavzu: AQSh davlati pensiya tizimi.
Reja:

  1. AQSh pensiya tizimi tuzilishi.

  2. AQSHdagi investitsiya jarayonida Pensiya fondining hal qiluvchi roli.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) pensiya ta’minoti tizimi ideal bo‘lmasada, dunyodagi eng mukammal tizimlardan biri hisoblanadi. Pensiya miqdorlari esa Yevropa mamlakatlarining o‘rtacha pensiya miqdoridan yuqori. “HelpAge” reytingida AQSh sakkizinchi o‘rinni egallaydi. AQSh pensiya tizimi taqsimlovchi va jamg‘ariluvchi tamoyillar asosida ishlovchi davlat va xususiy pensiya tizimlaridan iborat Shuning evaziga amerikaliklar o‘zlarini bir emas uchta, ya’ni davlat, xususiy korporativ va shaxsiy individual pensiyalarbilan ta’minlashi mumkin.


AQSh pensiya tizimi tuzilishi1

Davlat pensiya tizimi

Xususiy pensiya tizimi



Jamg’ariluvchi

Taqsimlovchi


Shaxsiy individual pensiya

Ish joyi bo’yicha korporativ pensiya ta’minoti

Davlat amaldorlari va harbiylar uchun davlat pensiya

Umumiy federal dastur bo’yicha majburiy davlat pensiya

Davlat pensiya fondiga to‘lovlar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:


- Ishchining yillik daromadi 65400$ gacha bo‘lsa – 7,65 foiz. Bu soliq ikki qismdan iborat: 6,20 foiz - qariyalar, bevalar, yetimlar va nogironlarni pensiya bilan ta’minlash uchun majburiy sug‘urta - “Retirement, survivors and disability insurance”; 1,45 foiz - qariyalarni tibbiy ta’minlash uchun soliq - “Hospital Insurance”.

  • 65400$ dan ortiq miqdordagi yillik daromaddan faqat “Hospital insurance” solig‘i (1,45%) undiriladi. Albatta bunday katta daromadli shaxslar soni uncha ko‘p emas.

  • Ish beruvchilar ham davlatga ishchilar bilan teng miqdorda ya’ni 7,65% soliq to‘laydi; shunday qilib, to‘langan ish haqining har 100$ iga Umumiy federal dasturga 15 $ ga yaqin soliq kelib tushadi.

  • Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan, ya’ni ish beruvchiga ega bo‘lmagan shaxslar pensiya solig‘ining ikkala qismini , ya’ni jami 15,3 foizni to‘laydi.

Davlat pensiya tizimida pensionerlar hozirda ishlayotgan va muayyan pensiya fondlariga badallar to‘layotgan ishchilar hisobiga ta’minlanadi. AQSHning “Umumiy federal dastur” (Social Security) deb nomlangan va iqtisodiyotning xususiy sektorida band bo‘lganlarning deyarli barchasini qamrab olgan yirik davlat pensiya tizimi qayta taqsimlash tamoyili asosida qurilgan. Dastur 1935-yilgi “Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra amal qiladi va mamlakatda minimal pensiya ta’minotini kafolatlaydi.
Jamg‘arish tamoyili asosida ishlovchi davlat pensiya ta’minoti mamlakat hukumatining amaldorlari va harbiy xizmatchilarni qamrab oladi.
Korporativ pensiya olish huquqi hodimning kompaniyadagi ish staji 5-10 yil bo‘lganida paydo bo‘ladi. Jamg‘arishga asoslangan pensiya dasturlarining ikki turi mavjud:
1. Belgilangan to‘lovlar bo‘yicha (“defined benefit plan”);
2. Belgilangan badallar bo‘yicha (“defined contribution plan”).
Belgilangan to‘lovlar dasturi bo‘yicha jamg‘armalar - ish beruvchilarning ajratmalari orqali moliyalashtiriladi, ishlovchilar bu fondlarga badallar to‘lamaydi.
Belgilangan badallar dasturi bo‘yicha jamg‘armalar esa ish beruvchilar va ishchilar tomonidan teng miqdordagi ajratmalar o‘tkazish orqali shakllantiriladi. Har bir amerikalik tijorat va omonat banklarida o‘zining shaxsiy pensiya hisob raqami (IRA-individual retirement account)ni ochish huquqiga ega. Shaxsiy pensiya hisob raqamlariga o‘tkaziladigan yillik badallarning yuqori chegarasi 2000$ miqdorida belgilangan. Hisob raqamdagi mablag‘larni 64,5 yoshga etgunga qadar yechish mumkin emas, 79,5 yoshdan keyin esa hisob majburiy tartibda yopiladi. Pensiya olish huquqi 65,5 yoshda paydo bo‘lib, talab qilinuvchi minimal ish staji 10 yilni tashkil etadi. AQShda o‘rtacha davlat pensiyasi miqdori oyiga 1100$-1200$ ni tashkil etadi.
Bugunga kelib, o‘rtacha umr ko‘rish yoshining uzayishi natijasida, AQSh hukumati pensiya yoshini bosqichma bosqich 67 yoshga ko‘tarish ishlarini boshladi.
Ushbu tizim 1935-yilda joriy qilingan bo'lib, uning xarajatlarini qoplash manbaimilliy sug'urta fondi hisoblanadi. Mazkur fond mamlakat federal budjeti tarkibiga kiradi.Yoshga doir pensiyasi 65 yoshdan boshlab to'lana boshlaydi. Pensiya tayinlash uchun 40 kvartal yoki 10 yilga teng bo'lgan, sug'urta badallari to'langan minimal staj talab qilinadi. Pensiya miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha bo'lgan davrdagi o'rtacha daromad miqdoridan hisoblab chiqiladi. Bunda eng kam daromad olingan 5 yil chegirib tashlanadi.2 AQSH da Federal hukumat xizmatchilari 65.400 dollargacha bo'lgan miqdordagi yillik daromadga ega bo'lgan shahslar 7,65 foizdan iborat stavka bo'yicha «Pensiya solig'i»ni to'laydilar. Bu soliq ikki qismda iborat: 6.20%-pensiya solig'i bo'lib, qariyalar, bevalar, yetimlar va nogironlarni pensiya bilan ta'minlash uchun majburiy sug'urta badali sifatida undiriladi. Qolgan 1,45% qismi qariyalarni tibbiy ta'minlash uchun soliq sifatida undiriladi.
AQSh Kongressi a'zolari Kongress pensiya tizimi doirasida, Kongressda besh yil ishlaganidan keyin eng ko'p maoshli ketma-ket kelgan uch yil uchun o'rtacha yillik maoshning 8,5% miqdorida pensiya olishlari mumkin. Staj 20 yil bo'lsa, kongressmen 50 yoshida pensiyaga chiqishi va yuqorida ko'rsatilgan maoshning 34% miqdorida pensiya olishi, agar staj 25 yil bo'lgan taqdirda istalgan yoshda pensiyaga chiqishi mumkin. Bu holda pensiya maoshning 39% ni tashkil etadi. Xususiy sektor xodimlarining ijtimoiy sug'urta tizimi bo'yicha pensiya ta'minoti kongressmenlar va federal xizmatchilarning ijtimoiy sug'urta tizimi bo'yicha pensiya ta'minoti bilan bir xil shartlarda amalga oshiriladi. Xususiy tarmoqlardagi ishlovchilarning ish staji 5 yil bo'lsa, xodim 65 yoshda, ish staji 10 yil bo'lsa, 55 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin. 65 yoshgacha pensiyaga chiqilgan taqdirda, pensiyaga chiqish va 65 yoshga to'lish oralig'idagi davrning har bir yili uchun pensiya 4 % ga kamayib boradi. Pensiyani hisoblash uchun asos sifatida eng ko'p maoshli ketma-ket kelgan besh yilda olingan o'rtacha yillik maoshdan foydalaniladi3.
AQSHdagi investitsiya jarayonida Pensiya fondining hal qiluvchi roli mavjud. Yigirmanchi asrning boshlarida, dastavval yirik korporatsiyalar va firmalar tomonidan tashkil qilingan ilk xayriya fondlari paydo bo`ldi. Mazkur xayriya fondlari va loyihalar quyidagi shakllarda qo`llab-quvvatlandi: subventsiyalar, grantlar, subsidiyalar ajratish, byudjet kreditini berish, byudjetdan moliyalashtirish. Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida moliyaviy tizimni ijtimoiy va iqtisodiy fondlar majmuisiz tavsiflab bo`lmaydi, ularning aksariyati ijtimoiy sohaning ustuvor yo`nalishlarda muhim o`rin tutadi. Keyingi yillarda AQSH da ijtimoiy dasturlarning amalga oshirish uchun turli darajada boshqariladigan ko`p sonli ijtimoiy fondlar faoliyat ko`rsatadi. Bulardan uchta eng yirik fondlarni ko`rsatish mumkin. «Qarilikni, nogironlikni va boquvchini yo`qotganda sug`urtalash fondi», «Davlat xizmatchilarini sug`urtalash fondi», «Muxtojlarga yordam fondi» mavjud. Fan-texnikani yanada taraqqiy etishi natijasida, sanoatda ilmiy tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlovchi va shu yo`nalishdagi turli tadqiqotlarni amalga oshiruvchi davlat ilmiy markazlarini ta‘minlashga yo`naltirilgan ilmiy tadqiqot jamg`armalari tashkil qilish zaruriyati tug`ildi. SHunga ko`ra ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda turli ilmiy, jamg`armalar tashkil qilingan bo`lib, ular federal byudjet tushumlari, sanoat korxonalari foydalaridan ajratmalar, shu bilan birga universitet va kollejlardan tushadigan badallar hisobidan shakllanadi. Bu jamg`arma fundamental tadqiqotlar bo`yicha turli dasturlar, ilmiy darajaga erishganlik uchun mukofotlar, ilmiy markazlar qurish, kadrlar tayyorlash, tajriba o`tkazuvchi kompaniyalar faoliyati va unda olingan natijalarni sanoat va qishloq xo`jaligida qo`llash va boshqa shu kabi sohalarni moliyalashtirishni ko’zda tutadi.
Nafaqa to‘lovini olish uchun unga avval hissa qo‘shish zarur. Bu hissa daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlar orqali qo‘shiladi. Ishlab topilgan daromad asosida kredit (kredit-imtiyozlarga kvalifikatsiya qilish uchun o‘lchov birligi) yig‘iladi. 2017 yilda ishlab topilgan har 1300 $ bir kreditga teng kelgan (bu raqam har yili o‘zgaradi). Har yili jami 4 (to‘rt) kredit hissangizga qo‘shilishi mumkin. Bu kreditlar ishlashni to‘xtatsangiz ham yoki ish almashtirsangiz ham tizimda saqlanib qolinadi.4
Minimal ijtimoiy imtiyozlarga erishish uchun kamida 40 kreditga ega bo‘lish zarur. Misol uchun, amerikalik fuqaro 40 yoshda bo’lsa va AQShda 7 yildan beri istiqomat qilasa Ushbu 7 yilning ilk 2 yilida amerikalik fuqaro daromad deklaratsiyasini topshirmagan bo’lsa va soliq to‘lovlarini amalga oshirmagan bo’lsa qolgan 5 yil davomida esa har yili eng kamida 5200 $daromad ko‘rsatib uning soliq to‘lovlarini amalga oshirgan. Bu holatda u yana 5 yil shunday ishlab bersa uning hisobidagi kreditlar 40ga etadi va u nafaqa yoshiga etganida AQShdan nafaqa olishi mumkin bo‘ladi.5
Nafaqaga chiqishning eng erta yoshi 62 yoshdan bo‘lsada «to‘liq nafaqa yoshi» 67 hisoblanadi. Agar xodim 62 yoshdan nafaqaga chiqishga qaror qilsa, 67 yoshdan chiqqanda olishi kerak bo‘lgan so’mmaning 70 foizi miqdorida nafaqa oladi. Masalan, 67 yoshdan nafaqaga chiqsa nafaqa to‘lovi 1000 $ bo‘lsa, 62 yoshdan nafaqaga chiqqanda uning to‘lovingiz $700 tashkil etadi.6
«To‘liq nafaqa yoshi» bilan 70 yoshga etish oralig‘idagi har bir yil uchun nafaqa to‘lovi yiliga bir necha foizdan oshadi. Demak 70 yoshga etgach nafaqa olinishi boshlansa, maksimal erishish mumkin nafaqa summasini olish mumkin. 70 yoshdan boshlab nafaqa summasini olmaslik uni yana o‘sishi yoki ko‘payishiga olib kelmaydi.
62 yoshga to‘lgach, ishlab turgan holda nafaqa olish mumkin, lekin bu holatda SSA o‘zining maxsus formulasini qo‘llab, nafaqa summasini kamaytirib to‘laydi.
Agar shaxs vafot etishidan oldin 40 kredit yiqqan bo‘lsa, uning ba’zi oila a’zolari unga tegishli bo‘lgan imtiyozlardan cheklangan darajada foydalanishlari mumkin.
18 yoshga to‘lmagan farzandlar nafaqaning 75 foizi miqdorida, turmush o‘rtog‘i esa 60 yoshga to‘lgach 71. 5 foiz, «to‘liq nafaqa yoshi»ga etgach esa butun 100 foiz nafaqasiga egalik qilishi mumkin.
SSA nafaqa yoshiga etganlar bilan birga quyidagilarni ham himoya qiladi:

  • nafaqa yoshiga etmay mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganlarni;

  • 22 yoshga etmasdan nogiron bo‘lib qolgan kishilarni.

Umuman olganda, ha. Nafaqa va ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish uchun etarli darajada ishlagan va to‘lovlarni vaqtida amalga oshirib yurgan kishi nafaqaga chiqishi bilan vafot etgan taqdirda, bu kishi uchun belgilangan nafaqa to‘lovlarini uning turmush o‘rtog‘i va farzandlari tomonidan olinishi mumkin.
SSAdan oladigan nafaqa boshqa qancha daromadlari borligiga qarab soliqqa tortilishi mumkin. Agar nafaqaing yarmi va qolgan barcha daromadlari jami yiliga $25000dan kam bo‘lsa soliqqa tortilmaydi.
Odatda SSA imtiyozlaringiz haqida ma’lumotni har yili jo‘natadi. Pensioner SSA saytida  SSA-7004 ( Request for Social Security Statement ) formasini to‘ldirish orqali ham bu ma’lumotlarni talab qilishi mumkin bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan 40 kredit yig‘ish talabi, pensionerning 65 yoshga to‘lishi bilan Medicare imtiyozlariga ega bo‘lishi uchun ham ishlatiladi.
2018 yilda 44 dan yoshroq bo‘lganlarni biroz havotirga soladigan holat mavjud. AQSh hukumatining ta’kidlashicha SSA imtiyoz va nafaqalarni hozirgi tartib va miqdorda to‘lashi uchun 2035 yilgacha moliyaviy resurslar etadi. Undan keyin SSA imtiyozlari miqdori kamaytirilishi ehtimoli judayam katta. 2010 yildan beri SSAga kirib kelayotgan tushumlardan ko‘ra to‘lanayotga nafaqa va imtiyozlar miqdori ko‘proq bo‘lib kelmoqda.
Siz agar nafaqa yoshiga yaqinlashayotgan bo‘lsangiz va sizga berilishi mumkin bo‘lgan nafaqa va boshqa ijtimoiy imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot bilmoqchi bo‘lsangiz, mahalliy ijtimoiy himoya oficiga murojjaat qilishingiz mumkin. Quyidagi link orqali mahalliy ofisni topishlari mumkin https://secure.ssa.gov/ICON/main.jsp


Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling