Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili Mundarija


Download 69.63 Kb.
bet22/38
Sana05.01.2022
Hajmi69.63 Kb.
#216996
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
Mundarija

Salima kelgach, kinoga boramiz.

Bu ergash gapda payt mazmuni ham, shart mazmuni ham bor. Ammo bu ergash gap grammatik qurilishiga va asosiy mazmuni payt bo‘lishiga ko‘ra, payt ergash gap sanaladi.

O‘zbek tilida ergash gapli qo‘shma gaplar o‘n besh turdan ortiq. Bular orasida to’ldiruvchi regash gapli qo‘shma gaplar o‘z xususiyatiga ega.

To’ldiruvchi ergash gap bosh gap tarkibidagi ot yoki olmosh orqali ifodalangan biror bo‘lakning belgi – xususiyatini izohlab keladi.33

To’ldiruvchi ergash gap anglatgan mazmuni va vazifasiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. To’ldiruvchi – izoh ergash gaplarda ma’lum predmetlarning belgi xususiyati to‘g‘risida fikr yuritiladi, to’ldiruvchi ergash gap ma’lum predmetning belgi-xususiyati to‘g‘risida izoh beradi va shu yo‘l bilan gapning mazmunini to‘ldiradi. To’ldiruvchi – izoh ergash gap har vaqt bosh gapdan so‘ng keladi. Bu xil ergash gaplar bosh gapga analitik usul bilan bog‘lanadi. To’ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan -ki bog`lovchisi orqali bog‘lanadi. Bundan tashqari, bosh gap tarkibida shunday, bir olmoshlari va unga mos holda ergash gap tarkibida bunday, bu, bu xil, yoki u, uning, undan olmoshlari bo‘lib, ergash gap bu olmoshlar orqali aniqlanmish – otning ma’nosini izohlaydi, to‘ldiradi. Bosh gapdagi olmoshlar to’ldiruvchi vazifasida, ergash gapdagi olmoshlar esa turli vazifada keladi: Bu shunday ajib daryoki, uning zo‘r ko‘zgusi oydir.(H.O.) Men shunday bir ish qildimki, meni o‘lganimcha meni rohatdan mahrum qiladi.(M. Ibr.)34

Bosh gap tarkibida bir, shu, o‘sha olmoshining qo‘llanishi kam uchraydi:

Bir vaqtlar kelarki bu g‘ayratli qizning asarlari hozirda, o‘zi savdo qilayotgan birinchi magazin rastalaridan joy olar. Axir ular shu qarorga keldilarki, bolalarni buvimga topshiradigan bo‘ldi. (S.A.)

bu o‘sha daradirki, Sheroboddan Delov Bolohisorigacha mang‘it qo‘shini bosib turganda, Hisorli xalq qahramoni Muhammad Aminning yolg‘iz o‘zi Sarijo‘yda muhofaza qilib turardi.(S.A.)

Ergash gap tarkibidagi olmoshlar tushirilishi mumkin. Bu holda qismlarda mustaqillik kuchli bo‘ladi:

ya‘ni shunday davr ediki, ovqatim ham uyqum ham kitob… bir kun uni uyga taklif etdim.(S.A.)

Baytbarak” shunday o‘yinki, - dedi bola, - men bir bayt o‘qiyman, sen javobda avvalgi harfi men o‘qigan baytning oxirgi harfi bilan bir bo‘lgan bir baty o‘qiysan. (S.A.)

Bosh gap tarkibidagi olmosh ko‘pincha otga, ba‘zan sifatga bog‘lanadi. Otga bog‘langanda, predmetning belgisi, sifatga bog‘langanda, shu sifatning belgi darajasi ifodalanadi:




Download 69.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling