Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili


II BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA TO’LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLARNING IFODALANISHI


Download 110.38 Kb.
bet13/22
Sana30.04.2023
Hajmi110.38 Kb.
#1417053
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M (1)

II BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA TO’LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLARNING IFODALANISHI

    1. O‘zbek tilida to’ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar


Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchini yoki qo’llanil-magan to’ldiruvchining mazmunini izohlab, aniqlab keluvchi gaplar to’ldiruvchi ergash gap deyiladi. Masalan, Shuni aytib o’tayki, kema butun mas'uliyatni o’z ustiga olgan kema darg’asining buyrugi bilangina to’lqinlarni yorib dengizlar osha oladi ("K.D".) gapida ergash gap (keyingi gap) bosh gapdagi (birinchi gap) olmosh (shuni) bilan ifodalan-gan mavhum bo’lakning – to’ldiruvchining mazmunini izohlab to’ldirib kelgan: Shuni, ya'ni kema butun mas'uliyatni o’z ustiga olgan kema darg’asining buyrug’i bilangina to’lqinlarni yorib, dengizlar osha olishini aytib utay.
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplarda nisbiy so’zlarning qo’llanilishida o’ziga xoslik bor.
Bosh gap birinchi o’rinda kelganda, uning tarkibida shuni, shu narsani, bir narsani, shunga, shu narsaga kabi olmoshlar qo’llaniladi va bu to’ldiruvchi vazifasidagi bo’laklar keyingi gap (ergash gap) tomonidan izohlanadi: bu olmoshlar ergash komponentda biror shaklda takrorlanib qo’llanmaydi: Shuni bilamanki, mashinaga ajratilgan kattakon bir kartaga Arslonbek akam muylov qilib odam qo’ydirib yubordilar (A.Q.) gapining bosh komponentida "shuni" bo’lagining mosi keyingi gapda bo’lmaydi.
Ergash komponent birinchi o’rinda kelganda, ergash gap tarkibida kimni, nimani, kimga, nimaga, nima, nimaini, kim bilan, nima bilan bosh gap tarkibida uni, shuni, o’shani, hammasini, barchasini, barini, o’sha bilan, shu bilan, u bilan kabi nisbiy so’zlar bir-biriga muvofiq-lashib keladi.
To’ldiruvchi ergash gaplarni ana shu izohlanishi kerak bo’lgan nisbiy so’zlarning (ob'yektning) xususiyatiga ko’ra ikkiga ajratish mumkin: a) bosh

gapdagi vositasiz to’ldiruvchini izohlaydigan ergash gap, b) bosh gapdagi vositali to’ldiruvchini izohlaydigan ergash gap.


Vositasiz to’ldiruvchini izohlanayotgan qo’shma gaplarda bosh gapning kesimi o’timli fe'llar orqali ifodalanadi: Oygul siz shuni yaxshi bilingki, sizning juda ko’p samimiy do’stlaringiz bor. (Sh.R.) Ona biladiki, endi har nahor, Butun Vatan bo’ylab to’lishar bahor. (H.O.)
Vositali to’ldiruvchisi izohlanayotgan qo’shma gaplarda o’timsiz fe'llar bosh gapning kesimi bo’lib keladi. Shunga erishmog’imiz kerakki, moddiy va ma'naviy boyliklardan hamma teng bahramand bo’lsin (gazeta).
Ko’p hollarda ergash gap tomonidan izohlanishi kerak bo’lgan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchi qo’llanmaydi – "tushib qoladi". Biroq qo’llanilmagan bu ob'yekt, uning vositalimi, vositasiz to’ldiruvchimi ekanligi, boshqaruvchi bo’lak – kesimdan anglashib turadi. Ergash gaplar mana shu ifodalanmagan – ellipsiyaga uchragan bo’lakning vazifasini ham aniqlab keladi – o’rnini qoplaydi (kompen-satsiya qiladi). Masalan, Bilib qo’yki, seni vatan kutadi (G’.G’.) gapining kesimi o’timli fe'l, qo’llanilmagan bo’lak (shuni, shu narsani) vositasiz to’ldiruvchi. Ishonchim komilki, rejalaringizni yuqoridagilar ham ma'qullashadi (A.Q.): bosh gapning kesimi o’timsiz fe'l, qo’llanilmagan bo’lak (shunga, shu narsaga) vositali to’ldiruvchi.
Bosh gapdagi izohlanishi kerak bo’lgan to’ldiruvchilar quyidagicha shakllanadi:




  1. Download 110.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling