Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili


Download 110.38 Kb.
bet1/22
Sana30.04.2023
Hajmi110.38 Kb.
#1417053
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M (1)


Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili

Mundarija


KIRISH 2
I BOB.ARAB TILLARIDA GAP VA ULARNING TURLARI 3

    1. Arab tilidagi to‘ldiruvchi ergash gap 3

    2. Arab tilida sodda va murakkab jumlalar 6

II BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA TO’LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLARNING IFODALANISHI 19

    1. O‘zbek tilida to’ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar 19

    2. Arab tilida to’ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar arab tilshunoslari talqinida 31

XULOSA 36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 38
ILOVA 39

KIRISH


Dunyodagi grammatikasi mukammal ishlab chiqilgan tillardan biri arab tili hisoblanadi. Arab tili grammatikasi o‘nlab asrlar davomida arab millatiga mansub bo‘lgan va bo‘lmagan millat vakillari tomonidan o‘rganib kelinadi. Har bir millat vakillari arab tili grammatikasini o‘z tiliga taqdim qilishda turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular arab tili grammatikasini tushuntirishda o‘z ona tilida mavjud grammatik qurilmalarning o‘xshash tomonlarni tahlil qilib, o‘z tilida iste’molda bo‘lgan grammatik atamalar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Albatta, ushbu pedogogik uslub arab tilini o‘rganayotganlar uchun arab tili grammatikasi haqida tasavvurlarini kengayishini tezlashtiradi. O‘rganuvchi uchun yangi grammatik atamalarni o‘zlashtirishdan ko‘ra o‘ziga tanish bo‘lgan atamalarni ishlatish yengilroq kechadi.
Biroq, bu uslub har doim va har bir til uchun ham to‘g‘ri kelavermaydi. Misol tariqasida arab tilidan qabul qilingan va ko‘plab o‘zbek va rus tilida yozilgan arab tili grammatikasi kitoblarida keltirilgan “Tamyiyz” ya’ni “cheklov” tushunchasini olaylik. Olimlarimiz bu tushunchani hech qanday o‘zgarishsiz qabul qilishlari o‘zbek va rus tillarida bunday holat uchramasligidan dalolat qiladi. Ushbu tushuncha cheklov deb tarjima qilingan, lekin bu tarjima arab tilidagi asl ma’nosiga qanchalik to‘g‘ri kelishida ba’zi olimlarimiz ixtilof qilishadi. Bizning fikrimizcha bunday holatlarni o‘zbek va rus tilida yozilgan arab tili grammatikasiga oid kitoblarda uchratish qiyin emas. Shunday holatlardan biri bu arab tilidagi “to’ldiruvchi ergash gaplar” dir. O‘zek va rus tilidagi arab grammatikasiga bag‘ishlangan kitoblarda o‘zbek va rus tili grammatikasiga moslashtirib tushuntirganlar. Ya’ni ular ergash gap bosh gap uchun qanday vazifa bajarayotganligiga, u gapni aniqlab, to‘ldirib kelayotgan vazifalariga qarab bo‘lganlar. Arab tilshunoslari ergash gaplarni ularni nimadan tashkil topganligiga qarab, tasniflaganlar.

Download 110.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling