Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili


Ism turkumiga ot, sifat, son, olmosh, ravish, masdar (harakat nomi) va sifatdosh kabi mustaqil ma’noni anglatgan so‘zlar kiradi. Fe’l


Download 110.38 Kb.
bet5/22
Sana30.04.2023
Hajmi110.38 Kb.
#1417053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M (1)

Ism turkumiga ot, sifat, son, olmosh, ravish, masdar (harakat nomi) va sifatdosh kabi mustaqil ma’noni anglatgan so‘zlar kiradi.

  • Fe’l mustaqil mazmunga ega bo‘lib, biron-bir ish harakatning sodir bo‘lishiga yoki holatiga ishora qiladigan so‘zlarga fe’l deyiladi. Fe’llarda ish-harakat o‘tgan, hozirgi yoki kelasi zamondan birida sodir bo‘ladi. Fe’l turkumiga uning barcha mayllari, boblari, darajalari, bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shakllari kiradi.

  • Yordamchi so‘zlar. Mustaqil mazmunga ega bo‘lmagan, ammo ism yoki fe’l guruhidagi so‘zlarga ta’sir qiladigan va ularning ma’nosini aniqlashtirib keladigan so‘zlardir. Ularga aniqlik artikli, old ko‘makchi, yuklama, bog‘lovchi, undalmalar kiradi.5

    Bir yoki bir necha so‘zdan esa, jumla – gap tuziladi.
    Arab nahvshunoslari ega va kesimdan iborat bo‘lgan, mazmunan to‘liq gaplarni الكالkalom,الجملة jumla yoki اﻹﺴﻨﺎﺪي المركب predikativ birikma deb nomlaydilar.
    Jumla yoki predikativ birikma kalom kabi to‘liq va tugal ma’noni ifodalaydi.
    Ba’zan esa kalom to‘liq ma’noni ifodamasligi ham mumkin. Masalan:
    مهمﺎ تفﻌﻞ مﻥ ﺧﻴر ﺃو ﺷر.

    Yomonlik va yaxshilikdan nimaiki qilsang.


    Bunday gaplar esa arab nahvshunoslari talqinida jumla deb nomlanadi. Agar jumla to‘liq ifodalansa, ya’ni “ .تالقﻪ ﺷر ﺃو ﺧﻴر مﻥ تفﻌﻞ مهمﺎ ” - “yomonlik va yaxshilikdan nimaiki qilsang unga yo‘liqasan” tarzida ifodalansa, bu gap yana kalom deb nomlanadi.6
    Arab tili grammatikasida sintaktika masalalariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, arab tilshunoslari bu masalaga o‘ziga xos bir tarzda yondoshganlarini ko‘rishimiz mumkin.
    Ularning fikrlariga ko‘ra jumla tarkibidagi so‘zlar ikki holatda bo‘lishi mumkin:

    1. Ba`zi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi unlilar gapdagi vazifasiga ko‘ra

    o‘zgaradi. Bunday so‘zlarni arablar ب
    َر مﻌ
    (turlanuvchi so‘zlar) deb nomlashadi. Ular



    5 Hasanov M. Abzalova M. Arab tili darslari. -T.: Movarounnahr, 2006. – B.40.
    مصطﻓﻰ الﻐالﻳﻳﻦ. جﺎمع الﺩﺭﻭﺲ الﻌرﺑﻳة. -القﺎهﺭﺓ: ﺪاﺭ الﻐﺪ الجﺪﻳﺪ، .2007 ﺺ579. 6

    to‘rt xil holatda bo‘ladi: الرﻓع (dammali holat), الﻨصب (fathali holat), الجر (kasrali holat) الجزﻡ (sukunli holat). Ismlarda bularning uch turi uchraydi.( الﻨصب ,الجر ,الرﻓع

    Download 110.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling