Mavzu: Arab yozuvi, musulmon kitobatchiligi an’analari, qo`lyozma matnlar


Download 17.8 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi17.8 Kb.
#1401284
Bog'liq
2 amaliyy


Mavzu:Arab yozuvi, musulmon kitobatchiligi an’analari, qo`lyozma matnlar va ularning umumiy belgilari, xat turlari, qog`oz turlari, yozuv turlari, husnixat, yozuv-bezaklar, sanalashtirish.

Reja:


1. Islom madaniyatida kitobat san’ati. Qo`lyozmalarni kitob holiga keltirish jarayoni.
2.Qoǵozrez (qoǵoz tayyorlovchi), xattot (ko`chiruvchi), lavvoh (sarlavha va jadvallarni ziynatlovchi), rassom (qo`lyozmaga miniatyuralar ishlovchi) va sahhof (muqovasoz) xizmatlari.
3.Kitobning tuzilishi: basmala, hamd, unvon, matn. Ichki unvonlar, hoshiya, poygir, kolofon. Qo`lyozma kitobning nodirlik xususiyatlari. Qo`lyozma sanasini aniqlash mezonlari. Qoǵoz turlari.3.Husnixat. Nasta`liq va nasx. Kolofon. Unvon. Poygir

Kitobat sanʼati (arab, kataba -yozish, yozmoq soʻzidan) — qoʻlyozma kitoblarni yaratish va ziynatlash. Markaziy Osiyoda (jumladan, Oʻrta Osiyoda) qoʻlyozma kitoblarni bezash juda qadimdan maxdpliy madaniyat taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq holda shakllangan. Eng qad. kitoblardan "Avesto" qoʻlyozmalari; sugʻd tilida yaratilgan "Vessantaraka jataka" asari (uning varaqlari turli mamlakatlar — Rossiya, Fransiya, Angliyada saqlanadi); sopol yuzasidagi bitiklar, charm oʻramlari, metall buyumlardagi yozuvlar, qogʻoz varaq taxlamalari (taxtachalar orasiga olib tizimchalar bilan bogʻlangan turi) va boshqa Oʻrta asrlarda umum musulmon yoki arab tilidagi qoʻlyozma anʼanalariga asoslangan Kitobat sanʼati toʻliq shakllandi va yuksak taraqqiyot darajasiga erishdi. Kitobat sanʼati hunarmandlar — qogʻozrez, xattot, lavvoh, moʻzahhib, musavvir, sahhof (muqovasoz) va boshqalardan iborat GURUH (jamoa) tomonidan bajariladigan jarayon boʻlib, Oʻrta va Yaqin Sharq islom tasarrufidagi davlatlarda bir xil usulda amalga oshirilgan. Qoʻlyozma kitob uchun yaxshi, sifatli qogoz tanlangan, xattot matnni qogʻozga yozishda maxsus qogʻozkarton (mistar) ustiga ip tortib uning izini matn yoziladigan qogʻozga tushirib olgandan soʻng xat yozilgan. Matnni joylashtirilishi xattotning mahoratiga bogʻliq boʻlgan. Bitilgan matnni lavvoh hoshiya qogʻozga yelimlagan. Ustidan jadvalkash ayni yopishtirilgan joydan turli ranglarda chiziqlar tortib, matnni jadvalga olgan. Soʻngra moʻzahhib suyultirilgan oltin va boshqa turli ranglar yordamida qoʻlyozmani ziynatlagan va "shams", "lavha", "sarlavha", "zarvaraq" "xotima" naqshlar bilan bezagan. Boʻsh qoldirilgan joylarga musavvir rasm (miniatyura) ishlagan. Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam bilan rasmning asosiy tarhini, shakllar chizigʻini, zaminni, detallarni chizib, soʻng turli rangda (oltin, kumush ishlatgan holda) boʻyagan. Muqovachi qoʻlyozmani karton yoki charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, boʻyoqlar, oltin bilan boʻyalgan) muqovaga biriktirgan, muqova qopqogʻi yogʻochdan baʼzan kumushdan quyib tayyorlangan hamda bosma, oʻyma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar bilan bezatilgan. Oʻrta asrlar (8—12-asrlar)da mutafakkirlar, olimlar asarlari, asosan, arab tilida (Xorazmiyning "Kitobi surat al-arz" — "Yer tasviri kitobi", 1036; Beruniyning "Osor ulboqiya" — "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", 14-asr va boshqalar), keyinchalik (10—19-asrlar) fors tilida bitilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar davri (1370 — 1506)dan boshlab turkiy — oʻzbek tilida kitoblar yaratilishiga alohida eʼtibor berilgan. Saroy kutubxonalari va nufoʻzli shaxslar uchun tayyorlangan qoʻlyozmalar Kitobat sanʼatining yuksak namunasi darajasida yaratilgan. Mumtoz Sharq adabiyoti namoyandalari (Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Bedil, Alisher Navoiy va boshqalar) asarlari, bukj allomalar (Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va boshqalar)ning ilmiy asarlari qoʻlyozmalari shu usulda tayyorlangan Kitobat sanʼatining nodir durdonalaridir. Ularning aksariyati Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Jumladan, shoira Nodira buyurtmasiga binoan xatgot Muhammad Yusuf Dabir tomonidan 19-asrda Qoʻqonda koʻchirilgan Alisher Navoiyning sheʼrlar toʻplami — "Devoni Alisher Navoiy" qoʻlyozma kitobi ishlangan bezaklariga koʻra, dunyoda Kitobat sanʼatida yagona nusxadir. Unda musavvir va xattot Navoiy asarlari insoniyatga Kuyoshdek nur sochib turishini ramziy tasvirlagan naqshlar mavjud. Kitobat sanʼati 20-asrgacha davom etgan. 20-asr 70—80-yillarida bir guruh olimlar (jumladan, A. Madraimov, Sh. Salimov, 111. Muhammadjonov va boshqalar) saʼy-harakatlari, ijodiy izlanishlari natijasida anʼanaviy qoʻlyozma kitob yaratish sanʼati — Kitobat sanʼati qayta tiklandi. Sh. Muhammadjonov K.sda samarali ijod qilmokda: "Navoiy lirikasi", "Kalila va Dimna", "Devonu lugʻotit turk", "Ipak yoʻli hikoyalari" va boshqa kitoblarni Kitobat sanʼati usulida nafis bezaklar, tasvirlar bilan bezatib tayyorladi. Elmira Ismoilova, Abdumajid Madraimov

Arab yozuvi – yozuv turi. G‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida qo‘llaniladi. O‘ngdan chapga tomon yoziladi va o‘qiladi. Arabistonda mil. 4-asrgacha amalda bo‘lgan oromiy yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Hozirgi Arab alifbosida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. Arab alifbosining oddingi shakli kufiy yozuv deb atalgan. Furot daryosi yoqasida joylashgan Kufa shahri olimlarining bitiklari bunga asos bo‘lgan.

Xat san’ati haqidagi barcha risolalarda xabar qilinishicha, xatti ma’qaliy va kufiy xati asosida arab yozuvining san’atkorona yaratilgan olti xil asosiy xat uslubi shakllandi. Ular:

  1. Suls xati – asosan ilmiy asarlar va xat yo`l-yo`riqlarida qo`llanilgan.


  2. Nasx – qissa va xabarlarda.


  3. Muhaqqaq – qasida va she’rlar yozishda.


  4. Rayhoniy – bu yozuv ham qissa va xabarlar yozishda foydalanilgan.


  5. Tavqe’ – buyruq va farmonlarda.


  6. Riqo’ – maktublarda ishlatiladi.



Musulmon kitobatchiligi an’analari. Kitobat sanʼati (arab, kataba – yozish, yozmoq soʻzidan) — qoʻlyozma kitoblarni yaratish va ziynatlash. Markaziy Osiyoda (jumladan, Oʻrta Osiyoda) qoʻlyozma kitoblarni bezash juda qadimdan mahalliy madaniyat taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq holda shakllangan. Oʻrta asrlarda umum musulmon yoki arab tilidagi qoʻlyozma anʼanalariga asoslangan kitobat sanʼati toʻliq shakllandi va yuksak taraqqiyot darajasiga erishdi. Kitobat sanʼati hunarmandlar — qogʻozrez, xattot, lavvoh, muzahhib, musavvir, sahhof (muqovasoz) va boshqalardan iborat guruh (jamoa) tomonidan bajariladigan jarayon boʻlib, Oʻrta va Yaqin Sharq islom tasarrufidagi davlatlarda bir xil usulda amalga oshirilgan. Qoʻlyozma kitob uchun yaxshi, sifatli qogoz tanlangan, xattot matnni qogʻozga yozishda maxsus qogʻozkarton (mistar) ustiga ip tortib uning izini matn yoziladigan qogʻozga tushirib olgandan soʻng xat yozilgan. Matnni joylashtirilishi xattotning mahoratiga bogʻliq boʻlgan. Bitilgan matnni lavvoh hoshiya qogʻozga yelimlagan. Ustidan jadvalkash ayni yopishtirilgan joydan turli ranglarda chiziqlar tortib, matnni jadvalga olgan. Soʻngra muzahhib suyultirilgan oltin va boshqa turli ranglar yordamida qoʻlyozmani ziynatlagan va "shams", "lavha", "sarlavha", "zarvaraq" "xotima" naqshlar bilan bezagan. Boʻsh qoldirilgan joylarga musavvir rasm (miniatyura) ishlagan. Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam bilan rasmning asosiy tarhini, shakllar chizigʻini, zaminni, detallarni chizib, soʻng turli rangda (oltin, kumush ishlatgan holda) boʻyagan. Muqovachi qoʻlyozmani karton yoki charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, boʻyoqlar, oltin bilan boʻyalgan) muqovaga biriktirgan, muqova qopqogʻi yogʻochdan baʼzan kumushdan quyib tayyorlangan hamda bosma, oʻyma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar bilan bezatilgan.


Qog‘oz vodorod bog‘lanish bilan birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat yupqa materialdir. Yog‘och, paxta yoki qog‘ozni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi.

Xalqaro tasnifga koʻra, qog`oz quyidagilarga boʻlinadi:


  1. Matbuot qog`ozi (bosmaxona, ofset, illyustratsiya, kartografiya, boʻrlangan qog`oz) — juda silliqligi, oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi singdirishi bilan ajraladi. Gazeta qog`ozi bilan gul (oboy) qog`oz ham shu sinfga oid.


  2. Yozuv qog`ozi (yozuv, pochta, konvert, kartochka qog`ozi) — yelim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi bilan ajraladi.


  3. Chizmachilik-rasmchilik qog`ozi (rasm, chizmachilik, chizmachilik kalkasi qog`ozi) — yelimni yaxshi oladi.


  4. Elektroizolyatsion qog`oz (kondensator, kabel, telefon, izolyatsion-oʻrov qog`oz) — mexanik mustahkamligi, dielektriklik xossasi yaxshiligi bilan ajraladi.


  5. Papiros qog`oz (mundshtuk, papiros, sigaret, chekma qog`oz) — bu sinf qog`ozning kompozitsiyasi, xossasi va tayyorlanish texnologiyasi turlicha.


  6. Shimuvchi qog`oz (filtr, bosma, singdiruvchi qog`oz) — fibra, pergament, sanitariya-gigiyena mahsulotlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.


  7. Apparat qog`oz (telegraf lentasi, Krid lentasi, perfokarta qog`oz) — mexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi.


  8. Yorugʻlik sezgir qog`oz — mexanik mustahkamligi, yaxshi yelim olishi bilan ajraladi, fotografiyada ishlatiladi.


  9. Koʻchirish qog`ozi (kopirovka va koʻchirish qog`ozi) — maxsus ishlov berib tayyorlanadi.


  10. Oʻrov qog`oz — oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini oʻrash uchun ishlatiladi.


  11. Sanoat-texnika qog`ozi (patron, jilvir, diffuzor tovush yozib olish, ip oʻrashda ishlatiladigan va h.k.) — paxta tolasi, asbest, sunʼiy tolalardan oddiy usulda ishlab chiqariladi.





Sanalashtirish – matnning sanasi bo`lmagan taqdirda matnshunos nusxalardagi tafovutlar, birlamchi matn varianti haqida xulosa chiqarishga qiynaladi. Qo`lyozma asarni yoki uning nusxasini sanalashtirish nusxaning tavsifiy belgilari, qog`ozi yoki hoshiyalardagi qaydlar vositasida taxminan belgilanishi mumkin.
Download 17.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling