Mavzu: Arablarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi xalq qozgaloni
Download 19.5 Kb.
|
Mustaqil ish-3 3
Mustaqil ish Mavzu: Arablarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi xalq qozgaloni Reja: 1. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi 2. O’rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar 3. O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi. VII asr o’rtalariga kelib xalifalik e’tibori O’rta Osiyo erlarini bosib olishga qaratiladi. 651 yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so’ngra Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu erlarni arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kidlab o’tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshlari qo’shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu erlarning boyliklarini talab, ma’lum o’ljalarni qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko’zda tutilgan asosiy maqsad- bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko’rish edi. Masalan, arab lashkarboshlari Ziyod ibn Abu So’fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning o’g’li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o’tib Poykand, Romiton erlarini egallashi, so’ngra Buxoro hukmdorini engib, o’z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo’lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo’shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni engib, katta boylik va ko’p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O’rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704 yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini engib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og’ir janglar bilan fath etiladi. 710 yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Shu orada Xorazm shohi Chag’on o’z ukasi Nurzod boshchiligidako’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711 yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. Foydalanilgan Adabiyotlar:Q.Usmonov.O'zbekiston tarix 84-85 betlar Download 19.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling