Mavzu: Arduino uno dan foydalanib yorug’lik lampalarini o’chirib yoqish Ishdan maqsad: Arduino uno


Download 15.2 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.2 Kb.
#1576279
Bog'liq
2-laboratoriya




MAVZU: Arduino UNO dan foydalanib yorug’lik lampalarini o’chirib yoqish
Ishdan maqsad: Arduino UNO haqida tushuncha hosil qilish va unda ishlashni o’rganish
Nazariy qism
Qaysi platadan foydalanamiz degan savolga kelsak, biz Arduino Uno platasidan foydalanamiz. Sababi u juda ixcham, qulay va ko'plab funksialarni bajara oladi (biz darslar davomida o'rgatib boradigan). Arduino Uno imkoniyatlariga kelsak: Arduino Uno da Atmega328 mikrokontrolleri o'rnatilgan, unda 14ta raqamli (0-13) va 6ta analog (A0-A5) portlari mavjud, 3ta GND (ya'ni zemlya), 1ta 5V, 3.3V, AREF (ya'ni Analog portlardagi kuchlanishni boshqarish uchun), Vin (ya'ni tashqi kuchlanish manbai orqali arduinoga kuchlanish berish imkoniyatini beruvchi), IOREF (ya'ni kerakli kuchlanishga sozlab beruvchi), Reset (ya'ni Arduinoni qayta yuklash uchun), portlari mavjud. Yana bitta fizik tugma bo'lib, u Arduinoni qayta yuklash uchun ishlatiladi. Unga 2ta elektr tok manbaini ulash uchun port mavjud bo'lib, 1tasi USB orqali 5V li tok manbaidan elektr energiyasini olsa, ikkinchisi 220V (bu o'rtacha olganda) li o'zgaruvchan tok manbaidan elektr energiyasini oladi. Arduino ishlash kuchlanishi 5V bo'lib, unga kiruvchi kuchlanish 6-20V gachadir (tavsiya etilgan 7-12V gacha).

Amaliy qism
Dastavval biz kompyuterdan VVB-Studio dasturini ishga tushiramiz
Dasturni ishga tushirganimizdan so’ng bizda pastdagi rasmdagidek oyna hosil bo’ladi va biz u oynadan o’zimizga yangi proyekt ochamiz

2.2-rasm. VVB-Studio dasturida yangi proyekt ochilish holati

Yangi proyekt ochganimizdan so’ng biz dasturning ishchi oynasiga o’zimizga kerakli uskunalarni olamiz

2.3-rasm. VVB-Studio dasturining uskunalar panelidan kerakli qurilmalarni olish holati
Biz kerakli qurilmalarni ishchi oynamizga olganimizdan so’ng ularni bir-biriga ulab olamiz.Ya’ni Arduino UNO, doska, 3 dona resistor va 3dona yorug’lik lampalarini

2.4-rasm.Kerakli qurilmalarni ulanish holati
Qurilmalarni bir-biriga ulab olganimizdan so’ng unga sinf ochib kod yozish jarayonini boshlaymiz

2.5-rasm.Sinf ochish jarayoni
Sinf ochib olganimizdan so’ng biz unga kerakli kodlarni kirgizishni boshlaymiz.
Dastavval chiqish porlarini kirgizib chiqamiz.Undan so’ng har bir yorug’lik lampalari uchun alohida yonish, o’chishi va yonib-o’chish vaqt oraliqlarini kirgizib chiqamiz.Kodlarni shoshilmasdan birin-ketin tartib asosida kirgizib chiqamiz.Agarda kodlarni xato yozsag yoki aksincha tashlab ketsag dasturni kompilatsiya qilganimizda xatoliklar vujudga kelishi mumkin. Yozilgan kodlarni qayta tekshirib to’g’rilash ancha vaqt talab qilishi mumkin.Bu esa bizning kodlarni shoshib yozish oqibatida vujudga kelishi mumkin.Shunung uchun ham kodlarni shoshmasdan yozish maqsadga muofiqdir



2.6-rasm.Kod yozish jarayoni
Kod yozish jarayoni yakuniga yetgach biz dasturni kompilatsiya qilamiz va xatolik bor yoki yo’qligini tekshiramiz

2.7-rasm.Dasturning kompilatsiya qilingan va xatolik yo’q bo’lgan holati

Dasturda xatolik yo’qligini tekshirib ishonch hosil qilganimizdan so’ng dasturni ishga tushiramiz

2.8-rasm.Dasturni ishga tushirish holati
Dasturni ishga tushirgach uning ishlash jarayonini kuzatamiz

2.9-rasm.Dasturni ishlash jarayoni

Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling