Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet7/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Nazorat savollari
1.Areal tiplari necha xil va ular qaysilar?
A. 3 xil Uzaytirilgan, uzilgan, endem C. 2 xil Uzilmagan va endem
B. 2 xil Uzilgan va Uzliksiz D. 4 xil Uzilgan,uzilmagan
kosmopolit, endem
2. Qaysi o’simlik areali uzilgan arealga misol bo’ladi ?
A. Nepentus C. Aldrovanda
B. Qayin D.Qarag’ay
3. Pantropik,transatlantic, bipolyar uzilgan,arto-alp, dizyunksiya bular ……………… areal hisoblanadi.
4. Yevropa va Shimoliy Amerika qaysi arealga kiradi?
A.Uzliksiz C. Uzliksiz va uzilgan
B. Uzilgan D. To’g’ri javob B
5. Dizyunksiya lotincha…………… degani.


4-savol bo’yicha dars maqsadi: Reliktlar va relikt areallar to’g’risida tushuncha hosil qilish.
Indentiv- o’quv maqsadi:
Relikt va relikt areallari haqida umumiy ma’lumot oladi.


4 savol bayoni
Biogeograflar reliktlar(reliktum-lotincha-qoldiq) deb tuzilishi ularni o’rab turgan muhitning hozirgi zamon sharoitiga mos kelmaydigan organizmlarni aytishadi. Bunday organizmlar o’tgan geologik davrlar florasi va faunasining qoldiqlari deb taxmin qilinadi. Ular hayotiga xos bo’lmagan yashash muhitida saqlanib qolgan. Avvalo, bunda iqlim muhim ahamiyatga ega.
Reliktlar areali uzilgan bo’lishi mumkin. Geologik o’tmishda takson keng tarqalishga ega bo’lgan, hozirgi davrda esa Er sharining turli joylarida ular orolcha holida uchraydi. Reliktlarga ko’pincha to’liq qirilib ketish xavfi solib turadi. Reliktlarga bo’lgan inson e’tibori va g’amxo’rligi nafaqat ularning umrini uzaytiradi, balki ularning biologiyasiga xos yangi yashash muhitini topishga ko’maklashadi. Misol uchun o’simliklarning ikkita «tirik qazilma»larini eslaylik. Bular ginkgo(Ginkgo biloba) va metasekvoyya(Metasequoja glyptostroboides) lardir. Paleobotaniklar ma’lumotlariga ko’ra ginkgo mezozoy erasida(180 mln yil avval) shimoliy polyus atrofida tsirkumpolyar holda tarqalgan. Hozir esa ginkgoning kichik orolchalari Sharqiy Osiyo mamlakatlarida(Yaponiya, Xitoy) inson g’amxo’rligi ostida saqlanib qolgan. Hozir ginkgo ko’plab davlatlarning botanika bog’larida o’stiriladi. Vashington shahri ko’chalarini asosan ginkgo bezab turadi. Bu «tirik qazilma» qimmatbaho manzarali daraxt hisoblanadi.
Uzoq vaqlargacha metasekvoyya qazilma tur hisoblangan. Kutilmaganda 1944 yil Xitoy botaniklari mazkur «qazilma»ni «tirik» holda Xitoyning Sichuan va Xubey provintsiyalaridan(700-1350 m balandlikdan) topishadi. Hozirda bu tirik qazilmani dunyoning ko’plab mamlakatlari botanika bog’larida uchratish mumkin. Jumladan Ukraina, Kavkazorti va Boltiqbo’yi davlatlarida ham uchraydi.
Nafaqat alohida turlar balki butun assotsiatsiyalar ham relikt bo’lishi mumkin. Masalan Talishning neogen o’rmonlarida qator relikt turlar uchraydi.
Odatda «paleoendemlar» va «reliktlar» mos keladi. Masalan shunday turlar borki(sariq akatsiya, bo’r qarag’ayi), ba’zi botaniklar reliktlar, boshqalari esa paleoendemlar deyishadi. Reliktlarning palehendemlardan farqi, ular kengroq tarqalgan bo’lishi mumkin.
Relikt mazmuni shundaki, u maydonda reduktsiyaga uchrashi, yaqin tirik avlodlarining yo’qligi bilan xarakterlanadi. Reliktlarni o’rganish dunyo florasi kelib chiqishi va tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Yoshiga ko’ra reliktlar bir necha xil bo’ladi: mezozoy reliktlari, uchlamchi davr reliktlari, muzlik davri reliktlari va muzlikdan keyingi davr reliktlari. Tabiiyki flora tarixiga nisbatan qadimiy reliktlar nur sochib turadi.



Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling