Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet6/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Nazorat savollari:
1. Turning tarqalishidagi mexanik to’siq.
A-tog’ tizmasi B-suv kengliklari C-cho’llar
D-barcha javoblar to’g’ri
2. Jordanon tushunchasini fanga kim kiritgan?
A-Darvin B-Jordan C-Defriz D-Linney
3. Kosmopolit termininini fanga kim kiritgan?
A-Darvin B-Jordan C-Defriz D-Dekandol
4. Kosmopolit taksonlar ...........areallarni shakllantiradi.
5. Paleo-.........., en-..........., demos-...........
3-savol bo’yicha dars maqsadi: Areallar tiplari to’g’risida tushuncha hosil qilish.


Identiv-o’quv maqsadlari:
2.1.Areallar tiplari to’g’risida tushuncha hosil qiladi.


3-savol bayoni
Har qanday tur(turkum, oila) yoki o’simliklar jamoasi areallari o’z yoshiga, tuzilishiga va rivojlanish xarakteriga ega. Har xil turlarning biologik xususiyatlari turlicha bo’lgani kabi, ular areallarining rivojlanish tempi ham turlichadir. Areallar maydonining kengayishi tur vakillarining ko’payishiga, ularni o’rab turgan muhitga bo’lgan munosabatiga, yangi yashash joyiga o’tishiga bog’liqdir.
Ko’pchilik yopiqurug’lilar turlari yuqori bo’r va paleogen davrlarida ya’ni 80-120 mln yil avval shakllangan. Demak, tur va boshqa yuksak taksonlar areallari sezilarli o’zgarishlarga(iqlim va yashash muhiti kabi o’zgarishlar) duch kelgan.
Areal doirasida tur hech qachon butun maydonga tarqala olmaydi. Ularning vakillari faqat o’zining ekologik xususiyatlari bilan tabiatiga xos bo’lgan sharoitlarda uchraydi. Shu bilan bog’liq holda tur topografiyasi tushunchasi vujudga keldi. Ya’ni turlarning areal doirasida ekologik sharoit bilan bog’liq holda joylashishi, uchrovchanlik chastotasi va hakozo.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib, areallarni 2 tipga ajratish mumkin: uzluksiz va uzilgan, boshqacha aytganda uzuq-uzuq yoki diz’yunktiv(diz’yunktsiya-lotincha-ajralib qolish, uzilib qolish).
Uzluksiz areal ma’lum bir yaxlit maydonda yoki orasi uncha uzoq bo’lmagan ikki joyda uchraydigan o’simliklar areali hisoblanadi. Masalan, qayindoshlar oilasining vakillari butun Evropa va Shimoliy Amerikada uchraydi. Uzluksiz arealning shakli dumaloq, uzunchoq va lentasimon bo’lishi mumkin.
Uzilgan areal deb o’simlik arealining quruqlikning bir necha qismida uzilib-uzilib uchrashiga aytiladi. Uzilgan arealning pantropik, transatlantik, bipolyar-uzilgan, arkto-alp diz’yunktsiya kabi ko’rinishlari mavjud.
Uzilgan arealga misol qilib aldrovanda(Aldrovanda vesiculosa) o’simligining arealini keltirish mumkin. Bu o’simlik Frantsiyaning janubida, Belorusiyada, Rossiyaning Voronej va Kursk viloyatlarida, Yaponiyada va Avstraliyada uchraydi.



Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling