Mavzu: aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasi


S9 aromatik uglevodorodlar


Download 231.02 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi231.02 Kb.
#1548110
1   2   3
Bog'liq
4-маъруза

2

S9 aromatik uglevodorodlar

3

16

7

Jami

60

55

98

Naftenlar

yuqori

kam

yuqori

Olefinlar

yuqori

yuqori

yuqori

Parafinlar

kam

yuqori

kam

Turli xomashyolar tarkibi, %
Aromatik uglevodorodlar asosida olinadigan mahsulotlar
Aromatik uglevodorodlar qutbli erituvchilardan dietilenglikol, fenolda yaxshi eriydi. Ular qattiq sorbentlarga (aktivlangan ko‘mir, silikagel) yaxshi yutiladi. Ushbu xossalari hisobiga aromatik uglevodorodlarni sanoatda ekstraksiya, ekstraktiv haydash va adsorbsiya yo‘li bilan ajratish mumkin.
Aromatik uglevodorodlar boshqa uglevodorodlar sinfiga nisbatan zaharli hisoblanadi. Qonni zaharlash xususiyatiga ega. Aromatik uglevodorodlarni qo‘llash sohalarining turli tumanligi, ularni organik sintez uchun naqadar muhim mahsulot ekanligidan dalolat beradi
Natijada kokslash mahsulotlari 85-90 0C gacha soviydi va ularni bir qismi kondensatsiyalanadi. SHundan so‘ng koks gazi 30-35 0C gacha 3-sovutgichda sovutiladi, u erda smolaning qo‘shimcha miqdori kondensatsiyalanadi. Sovutgichdan chiqayotgan gaz tarkibidagi smolani ajratish uchun 4-elektrofiltrdan o‘tkaziladi, so‘ngra 5-gaz purkagich orqali keyingi bo‘limga yuboriladi. Kondensat 2-gaz yig‘uvchi trubalar, 3-sovutgich va 4-elektrofilrdan o‘tib 6-separatorga keladi. U erda organik va suv qismlariga bir-biridan ajratiladi. Organik qismi toshko‘mir smolasidan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibi yuqori kaynovchi organik moddalardan iborat, ushbu smola haydash sexiga yuboriladi. Suvli qismning (ammiali suv) bir qismi gaz yig‘ish trubalariga kokslash mahsulotlarini birlamchi sovutish uchun, qolgan qismi esa ammiak va piridinli moddalarni yig‘ish uchun 7-moslamaga yuboriladi. U erga kelgan gazning tarkibida uchuvchan organik birikmalar bo‘ladi (benzol, toluol), ularni yig‘ish uchun 8-sovutgich orqali 9-adsorberga yuboriladi. Adsorber yutish moyi bilan sug‘oriladi. Absorberdan chiquvchi «qaytar» koks gazidan koks pechlarini isitish uchun foydalaniladi. To‘yingan yutilish moyi absorberning pastki qismidan 10-isitish moslamasiga keladi, isigandan so‘ng 11-desorberga yuboriladi. U erda rektifikatsiya jarayoni natijasida engil aromatik birikmalar xaydaladi (xom benzol). Xom benzoldan tozalangan yutilish moyi o‘z issiqligini 10-isitgichga uzatadi; 12-sovutgichda soviydi va yana koks gazidagi benzoldan uglevodorodlarni absorbsiyalash uchun foydalaniladi
Katalitik riforming jarayonida olinadigan katalizatdan aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalaniladi. Sanoatda aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun ekstraksiya usulidan foydalaniladi (3-rasm). Uglevodorod fraksiyasini 1-chi ekstraksiya kolonnasining pastki qismiga yuboriladi, u erda uglevodorod yuqoriga ekstragent tomonga harakat qiladi. Ekstragent kolonnaning yuqori qismidan yuboriladi. Oqimlarni usti va tagida hosil bo‘lgan bo‘shliq separator vazifasini bajaradi. Kolonnaning tepasidan keladigan rafinat o‘zi bilan ekstragentning bir qismini olib keladi, uning rekuperatsiyasi uchun rafinat 2-chi skrubberda suv bilan yuviladi, shundan so‘ng undan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. 1-kolonning pastidagi to‘yingan ekstragent 3-isitgichda issiq regenirlangan ekstragent yordamida isitiladi va 4-kolonnaga yuborildi, u erda aromatik uglevodorodlarni suv bilan ekstraktiv haydash jarayoni sodir bo‘ladi. 5-separatorda suv ajratiladi va uni 4-kolonnaga qaytariladi, aromatik uglevoorodlar aralashmasi esa oxirgi rektifikatsiya jarayoniga jo‘natiladi. Ekstragent sovutilgandan so‘ng 4-chi kolonnaning pastki qismidan ekstraksiya uchun yuboriladi, uning bir qismi esa regeneratsiya (qayta tiklash) uchun 6-chi kolonnaga chiqariladi. U erda ortiqcha suv xaydab olinadi va kondensatsiya mahsulotlaridan tozalanadi. Ushbu usul yordamida ajratilgan aromatik uglevodorodlar miqdori 93-99% tashkil qiladi.

Download 231.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling