Mavzu: Arpaning yetishtirish texnologiyasi. Reja


Gulnoz - ikki qatorli pivabop arpa, duvarak. Tur xili nutans. Bahorda ekilganda sug’oriladigan yerlarda 30-35 s/ga hosil beradi. Unumli arpa


Download 20.25 Kb.
bet2/2
Sana04.11.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1746524
1   2
Bog'liq
mustaqil ish

Gulnoz - ikki qatorli pivabop arpa, duvarak. Tur xili nutans. Bahorda ekilganda sug’oriladigan yerlarda 30-35 s/ga hosil beradi.
Unumli arpa pivabop, ikki qatorli, duvarak. Lalmikorlikda 20-25 s/ga donhosili beradi.
Baqori arpani Vodka navi qam Davlat reyestriga kiritilgan.
Bahori arpa yetishtirish. O’zbekistonda bahori arpa sug’oriladigan va
lalmikor maydonlarda yetishtiriladi. Sug’oriladigan yerlarda toza va qoplama ekin sifatida o’stiriladi. Bahori arpa uchun sug’oriladigan yerlarda eng yaxshi o’tmishdoshlarga g’o’za, qator oralari ishlanadigan ekinlar, dukkakli don, sabzavotekinlari, kartoshka, qand lavlagi kiradi.
Lalmikorlikda bahori arpa uchun toza, band shudgor, no’xat, maxsar yaxshi o’tmishdoshlardir.Bahori arpa tuproq muhiti rN –5,5 kam bo’lmagan, unumdor, mexanik tarkibi qumoq tuproqlarda yaxshi o’sadi.
O’zbekistonda bahori arpaning Unumli arpa, duvarak arpani Temur navlari keng tarqalgan. Temur navi sug’oriladigan yerlarda ekiladi.
Tuproqni ishlash. Sug’oriladigan yerlarda bahori arpa ekiladigan dalalar 25 –27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Lalmikorlikda kuzgi shudgor 20 –22 sm chuqurlikda o’tkaziladi. Shamol eroziyasiga uchragan maydonlarda tuproq ploskorezlar bilan ishlansa yaxshi natija beradi.Ekishdan oldin otvalli pluglar bilan haydalgan dalalar yer yetilishi bilan BZTS–1,0, BZS –1,0 tishli boronalarida bir yoki ikki izli qilib ko’ndalangiga yoki diagonaliga borona qilinadi. Sizot suvlar yaqin dalalarda 10 –12 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. Kultivatorlardan KPZ –9,7, KPSh –8, KShU –12 va KPS –4 qo’llaniladi.
Tuproqda nam ko’p bo’lsa, og’ir g’ildirakli traktorlardan foydalanishdan voz kechish kerak. Tuproq zichlanishini oldini olish uchun bir necha ish jarayonlarini bir yo’la o’tkazish kerak. Ishlovlar tuproq asosiy ishlanishiga ko’ndalang yoki unga burchak asosida o’tkaziladi



Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling