Mavzu: Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari
Bo‘g‘in, turoq, vazn, qofiya, raviy, radif kabi
Download 73.68 Kb.
|
Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari (bo‘g‘in, turoq, vazn, qofiya, raviy, radif kabi)
Bo‘g‘in, turoq, vazn, qofiya, raviy, radif kabi
Tez o’qish degan tushuncha ham mavjud. O’qituvchi uchun esa bunday zarurat yo’q. U har bir matn mazmuni, uning tuzulishi, o’qilishi ohangi ustida bosh qotiradi. Shuning uchun ham bu yerda matnni o’qish deganda, eng avvalo, matn mazmunini ongli ravishda o’zlashtirish nazarda tutiladi. Og’zaki nutqda odamlar bir daqiqada o’rtacha 80-130 ta so’zni talaffuz qilishadi. Siz televizor yoki radoidagi suxandonlar nutqiga e’tibor bersangiz, ularning bir daqiqa davomida talaffuz qilgan so’zlarning ham 80-150 ta ekanligiga guvoh bo’lasiz. Tezroq aytilgan holatlardagina bu ko’rsatkich 160-190 taga yetish mumkin. Ammo bu raqamlarning ortishi bilan ifodali o’qish orasida hech qanday bog’lanish yo’q. O’quvchining o’qish sur’ati qanchalik tez bo’lsa, matn mazmunini anglashi tushunishning shunchalik pasayishi ochiq seziladi. Ifodali o’qish, birinchi galda, tabiiy o’qishdir. Ifodali o’qish – o’zi anglagan, tushungan, bilgan narsalarni boshqalarga ham to’la yetkazish imkonining namoyon bo’lish jarayonidir. Ovozning ko’tarilishi yoki tushushi bilan tovushlarning baland-pastligi hamda kuchi ham o’zgaradi. Tovush sur’atining tezligi yoki sustligi bilan esa jumlaning mantiqiy ohangdorligi yuzaga keladi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, tinish belgilar bekorga qo’yilmas ekan. O’qishning mazmuni ana shu tinish belgilarga aloqador bo’ladi. Ifodali o’qish o’quvchilar uchun kitob bilan oshnolikning birinchi qadamidir. Bunda: o’qituvchining ifodali o’qishi har doim o’rnak va namuna maktabi bo’ladi.O’qituvchining ifodali o’qishi bolalar qalbiga kitobga bo’lgan muhabbatini soladi, ularni badiiy adabiyotning sehrli olamiga jonli qiziqish bilan kirib borishlar uchun haqiqiy yo’lni ochib beradi. Ifodali o’qish tufayli badiiy matndagi haqiqiy, asl-poetik ma’no tezroq ilg’anadi, idrok etiladi. Unda ko’zda tutilgan asosiy poetik hodisalar mohiyati teranroq tushuniladi. Ifodali o’qish badiiy matn bilan bog’liq bo’lgan dastlabki tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. U badiiy asar qahramonlariga, unda tilga olingan hodisalarga nisbatan ilk munosabat va kayfiyatlarni paydo qiladi. Ana shu holatning o’zi esa badiiy asarni tushunishning dastlabki, nihoyatda muhim qadami bo’ladi. U badiiy asarni tahlil qilishning birinchi bosqichi hisoblanadi. O’qituvchining ifodali o’qishi badiiy asarning tahlil qilishning birinchi bosqichi hisoblanadi. O’qituvchining ifodali o’qishi badiiy asarning tahlili bilan bog’liq.Ifodali o’qishda mantiqiy urg’ularga katta e’tibor beriladi. O’qish kerak bo’lgan joylarda ayrim ifodalar abzaslarni qayta o’qish, o’qish tempini matndagi mazmun, ohang talabiga ko’ra sekinlashtirish yoki kuchaytirish, tovushni pasaytirish yoki ko’tarish, ayrim holatlarda esa pauza-to’xtamlarga urg’u berish talab etiladi. Ifodali o’qishning birinchi, eng asosiy talabi nutq texnikasini egallash bilan bog’liq. Bu so’zni to’g’ri o’qish va uqish, uni to’g’ri talaffuz qilish. So’zning to’g’ri o’qilishi va talaffuz qilinishi bilan birga ovozning kuchi, uning balandligi dag’al yoki mayinligi tovushning o’zgaruvchanlik imkoniyatlari ham katta rol o’ynaydi. Adabiyot darslaridagi ifodali o’qish o’quvchilarning ona tili darslari jarayonida egallab borayotgan ko’nikma va malakalar muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda adabiyot darslarida badiiy matn bilan bog’liq holda egallab borilayotgan ifodali o’qishga oid ko’nikma va malakalarning takomili faqat ona tiliga emas, balki boshqa fanlarga ham daxldor bo’lgan matnlarning o’qilishi va tushunilishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ifodali o’qish jarayonida ayrim hollarda tabiiylikdan chekinib, sun’iy tovush bilan o’qish ko’zga tashlanadi. Bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Tabiiylikga yondashish lozim. Ifodali o’qish asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha janrdagi asarlar bir xilda o’qilavermaydi shuning uchun barcha ham ifodali o’qish qobiliyatiga ega emas. Tinglovchiga asarning g’oyaviy mazmunini, muallifning hayoti haqidagi fikr – mulohazalarni qahramonlarning ichki hissiyotlarini yetkazish ifodali o’qish oldiga qo’ygan asosiy maqsad. Shu maqsadda har bir o’quvchi ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlarini mukammal o’rganishi kerak. Uni puxta o’zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo’lib, o’z fikrini tinglovchiga to’g’ri va izchil yetkaza oladi. Har qanday asarni ifodali o’qish uning janr xususiyatlari va tuzulishiga ko’ra belgilanadi. O’qituvchi asarni ifodali o’qishga kirishishdan oldin uning mazmuni, ohangi, obrazlar, tizimini va badiiy xususiyatlarini chuqur o’rganishi lozim. Masalan: she’riy asarlarni ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlari o’qiladigan asarlarning janri, ritmi, qofiyalanish tartibi va band qurulishiga bog’liq. O’rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodali o’qish san’atiga bo’lgan e’tibor alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbek pedagogikasi tajribalari, ifodali o’qishni quyi sinflardan boshlab matn mashq qilishi va uni kengaytirishi asta-sekin takomillashtirib borishini taqozo etadi. Ifodali o’qish san’ati bolalarning badiiy didini shakllantiribgina qolmay, ularning ma’naviy chiniqishida xotirasining mustahkamlanishida kam yetakchi o’rin egallaydi. Umuman olganda, badiiy asarlardagi matnni o’rganish, avvalo , uni to’g’ri tushunish ifodali o’qish bilan boshlanadi. Badiiy asar yoki matnni to’g’ri o’qish darslarining asosini tashkil qiladi. O’quvchilar badiiy asarlar yoki ulardan olingan parchalarni to’g’ri ifodali o’qisalar, ularning ko’z oldilaridan alohida yangi manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo’ladi. Buning uchun ham o’qituvchidan adabiy asarning badiiy xususiyatini aks ettirib emotsional zavq beradigan qilib o’qish talab qilinadi. Agarda o’qituvchi matnni yuqoridagi talabga mos holda o’qiy olsa, unda asarning badiiy ta’sir kuchini yozuvchiga uning asarini asarining maqsad va ruhiy holatini, tasvirlanayotgan hayot manzarasini tinglovchining ko’zida to’g’ri gavdalantira oladi. Shunga ko’ra o’quvchi ham xuddi o’z o’qituvchisi singari o’qishga harakat qiladi, unga taqlidan o’qiy boshlaydi. Matnni to’g’ri o’qishning asosiy yo’llaridan biri avval matn bilan tanishib chiqish zaruratini paydo qiladi. O’quvchi matnni o’qib chiqib, notanish so’zni aniqlab olib, so’ngra, matnni ovoz chiqarib o’qisa, qo’yilgan maqsadga tezroq erishiladi. Ifodali o’qish bilan ijodiy fikrlash bir-biriga juda yaqin turadi. Biror badiiy asarni yoki undan olingan parchani ifodali o’qigan vaqtda o’quvchi yoki talaba iloji boricha muallifning fikriga yaqinlashtirib so’zlab berishga yozuvchining nutq uslubini ochib berishga harakat qiladi. U tinglovchilarning asar mazmunini yaxshiroq tushunishlariga undan ta’sirlanishlariga erishish uchun ifodali o’qish vositalaridan biri bo’lgan intonatsiyadan, mimika va imo-ishoralardan foydalansa maqsadga muvofiq hisoblanadi. Asarlarni ifodali o’qish ijrochidan puxta tayyorgarlik va aktyorlik mahoratini ham talab qiladi. Ifodali o’qish san’atidagi talaffuz kundalik hayotdagi oddiy so’zlashuv talaffuzidan ohangdorligi, ta’sirchanligi ovoz tovlanishlari va adabiy til qoidalariga qat’iy rioya qilinishi bilan ajralib turadi. Ifodali o’qishda ijrochi nutqidagi tovushlar beqaror, ovoz tez o’zgaruvchan bo’ladi. Ijrochi ovozidagi ohangdorlik va so’zlarning chiroyli talaffuz qilinishi kishining ruhiy holatiga ta’sir qilib, yaxshi kayfiyat uyg‘otadi. Nafas olish, tovush hosil qilish va uning talaffuzi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan hodisalardir. Bularning har biri miyaning, oliy asab sistemasining faoliyati bilan boshqariladi.Ifodali o’qish bevosita inson tafakkuri bilan bog’liq hodisa. Badiiy asarni tushunish, his qilish va ifodali o’qish o’rtasida bevosita aloqadorlik bor. Shuning uchun ham ifodali o’qish jarayonida badiiy asarning har bir unsuriga, har bir detaliga, uning syujet va kompozitsiyasidan boshlab tasvir vositalariga, ifoda tarziga, uslubi va tiliga ham e’tibor berish kerak. Albatta, bularning barchasi o’quvchilarning yosh xususiyati, ularning psixo-fziologik imkoniyatlari, umumiy badiiy –estetik didlari yanada takomillashib boradi.Natijada o’quvchilar qo’yilgan savollarga to’g’ri javob berishga, o’zlari o’qigan asarni mazmuni to’la, to’g’ri, izchil, eng mazmuni ixcham va ikkinchi darajali qahramonlarni ajratishga, ularning asosiy, yetakchi xususiyatlari tavsirlab berishga, har bir adabiy qahramon holati va xatti-harakatlariga baho berishga unchalik murakkab bo’lmagan sabab- oqibat munosabatlarini ilg’ashga odatlanib borishadi. O’qishga oid ko’nikma va malakalar: Adabiy talaffuz me’yorlariga muvofiq holda ongli, to’g’ri va ravon ifodali o’qish asosalarini egallash va yanada takomillashib borish; Berilgan topshiriqlar asosida badiiy matnlarni mustaqil ravishda “ichida” o’qiy olish va uning asosiy mazmunini tushunish, his etish; Badiiy asarlarning janr xususiyatlari va uslubiy o’ziga xosliklarini anglagan holda ifodali o’qiy olish; Qahramonlarning holati, ruhiy ahvoli, boshqalar bilan munosabatidagi o’rniga ko’ra o’qish ohangida ularni ifodalashga harakat qila bilish; Rollarga bo’lib o’qishni uddalash ; Badiiy asarda aks etgan hodisalar, adabiy qahramonlar, ularning xatti-harakatlari o’rtasidagi mantiqiy va mazmuniy aloqadorlikni belgilay olish; Asar matnini tegishli qismlarga ajrata olish; Asar yoki uning ayrim qismlariga xos bo’lgan asosiy fikrni (o’qituvchi yordamida) ajrata olish; Badiiy asarda unda aks etgan ma’naviy haqiqatlar yuzasidan (o’qituvchi yordamida) tahlil eta bilish; Qahramonlardagi yozuvchi ko’zda tutgan, tasvirlagan u yoki bu ma’naviy –axloqiy xususiyatlarini tasdiq yoki inkor etish uchun asardan tegishli misol, namunalarini tanlash va tavsiflay olish. Yuqoridagi ko’nikma va malakalarga rioya qilinsa, ko’zlangan maqsadga erishish ancha samarali kechadi. O’quvchi badiiy asarni o’qib, uni idrok etishga doir bilim, ko’nikma va malakalarni egallab borar ekan, adabiy rivojlanadi, o’zidagi so’zli-badiiy obrazlar bilan fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Ma’lumki, badiiy obrazni dastlabki idrok etish chog’ida muayyan aqliy harakatlar sirasi yuzaga keladi. Ana shu bajariladigan aqliy harakatlar o’quvchining matnda tasvirlangan obraz yoki manzarani o’z tasavvurida gavdalantirishi va ruhshunoslar aytganlaridek muhrlab saqlab qolishga intilishi kiradi. Lekin parcha birinchi marta o’qilgandan keyin kishi ko’z o’ngiga keladigan tasvirga monand obraz (manzara) hali to’liq anglanib yetmagan bo’ladi. Vaholanki, adabiy san’atni o’rganish uchun asos qilib olinuvchi tushuncha badiiy obrazdir. Download 73.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling