Qofiya radif she’riy san’atlar qofiya va radif


Download 47.75 Kb.
bet1/8
Sana17.08.2023
Hajmi47.75 Kb.
#1667787
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qofiya va radif-fayllar.org


Qofiya va radif

QOFIYA
RADIF
SHE’RIY SAN’ATLAR


QOFIYA VA RADIF
1. Qofiya she’rning asosiy unsurlaridan biri sanaladi. U she’riy asarlar musiqiyligini, jozibasini ta’minlaydi. Qofiya matnda yarq etib ko‘zga tashlanadi, eshitilishida ham boshqa so‘zlardan ajralib turadi. Shuning uchun shoirlar asarlarida asosiy fikrni tashuvchi so‘zlarni qofiyada beradilar.

2. Qofiya bo‘lishi uchun ikki va undan ortiq ohangdosh so‘zlar uyg‘unligi bo‘lishi kerak. Ular qofiyadosh so‘zlar deyiladi.

3. Ohangdoshlikni bu so‘zlardagi raviy deb ataluvchi unli yoki undosh bo‘lgan tirgak tovush hosil qiladi. Qofiyadosh so‘zlarda raviy qat’iy bir o‘rinda keladi. Masalan, «Anor» chistonidagi «nishon», «makon», «qon» qofiyadosh so‘zlarida «n» undoshi raviy hisoblanadi. Ularda qofiya raviy bilan tugagan:

Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishoN,


Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makoN.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarig‘a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qoN.
4. «Yong‘oq» chistonining birinchi baytidagi «boshida», «qoshida» qofiyadosh so‘zlarida «sh» tovushi raviydir. Chunki qofiyadosh so‘zlarning o‘zagi «sh» bilan tugagan. Lekin bu chistonda qofiya raviydan keyin ham davom etmoqda:

Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boSHida,


Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoSHida.
Barcha qushlarning so‘ngoki ichida,
Ul na qushdurkim, so‘ngoki toSHida.
5. Raviy bilan tugallangan qofiyalarni muqayyad deb, raviydan keyin harflar kelgan qofiyalarni mutlaq qofiya deb atash qabul qilingan.

6. Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ammo ijod amaliyotida ba’zan bu talabdan chetga chiqishlar ham kuzatiladi. Uvaysiyning «Kun va tun» chistonida ham shu holatni ko‘ramiz. «Ko‘rmagan» - «sig‘magan» qofiyasidagi raviy («n» tovushi) o‘zakda emas, qo‘shimchaning tarkibida joylashgan:

Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagaN,
Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil sig‘magaN.
7. Eslab qolish kerakki, «lola - piyola», «banda - xanda» kabi qofiyalarda «a» unlisi emas, balki «l» hamda «d» undoshlari raviy hisoblanadi. Chunki qisqa unlilar (a,e,i) raviy bo'lolmaydi, ya'ni arab yozuvida ifodalanmaydi. Shuning uchun qisqa unlilar oldidagi bir xil undoshlar tirgak tovush (raviy) deb qaraladi.

8. So‘zdagi cho‘ziq unlilargina (o, o', u) raviy bo‘la oladi. Masalan, shoiraning «Uvaysiyman» radifli g‘azalida «mubtalo», «oshno», «muddao», «mosivo» so‘zlaridagi «o» unlisi raviydir:

Mehnat-u alamlarga mubtalO Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshnO Uvaysiyman.
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumib ko‘zni muddaO Uvaysiyman.
9. Qofiyadan keyin takrorlanadigan so‘z yoki so‘zlar birligi radif deyiladi. Yuqorida siz o‘rgangan:

Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,


Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim, - bayti bilan boshlanuvchi she’rida «jononimni», «davronimni» kabi so‘zlar qofiyadosh bo‘lsa(mutlaq qofiya), ulardan keyin takrorlanuvchi «sog‘indim» radifdir.
10. Radif bir necha so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin. Uvaysiyning:

Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi,


Vujudin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi, - baytida «afg‘on», «so‘zon» qofiyasidan (muqayyad qofiya) keyingi uch so‘zdan iborat.
Manba: 7-sinf (2017)
🔰Tashbeh
Tashbeh adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham bo‘ladi.

Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi.

Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘хshatishdir. Masalan,
«Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulag o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishi mumkin:
1. O‘хshamish – tasvirda fi kr qaratilgan narsa yoki tushuncha-(yuz).
2. O‘хshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha-(gul).
3. Asos – nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi-(go‘zallikda).
4. Vosita – o‘хshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar, kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi, o‘хshab, nechukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha asos ishtirok etmaydi.

Sanga binafsha kibi qaddi nigun,


Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.
Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hiloldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga «yuzi oy» ishlatiladi:

Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,


Хilqat alarg‘au sanga – tiyra хok, –
baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin.
Asos va vositaning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘хshamish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati mutlaq tashbih (aniq o‘хshatish) deyiladi.

Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmishning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘zlarining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o‘хshatish) deb ataladi.

Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil, –
baytida to‘rtta kinoya tashbih bor:
✅bo‘ri – bo‘ridek talovchilar,
✅gala – gala singari хalq,
✅suv – suvdek (zarur) adolat,
✅bog‘– bog‘ga o‘хshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir.



Download 47.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling