Qofiya radif she’riy san’atlar qofiya va radif


Download 47.75 Kb.
bet2/8
Sana17.08.2023
Hajmi47.75 Kb.
#1667787
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qofiya va radif-fayllar.org

Tashbeh (o‘xshatish)
Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o‘xshatish deb yuritiladi. U shunday san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.

Adiblar tashbehdan o‘z g‘oyalari, fikr va istaklarini badiiy ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi.

Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular o‘xshatilgan narsa (mushabbah) o‘xshagan narsa (mushabbahbihi), o‘xshatish sababi (vajhi shaboh) hamda o‘xshatish vositasi (holati tashbeh)dan iborat.

O‘xshatishlarning fazilati shundaki, ular ko‘zda tutilgan har qanday fikrning aniqlashishida, shu obrazni to‘liq tasavvur etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.


O‘xshatishlarning yana bir xususiyatini ta’kidlash zarur. Bu ma’lum bir o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘llanishidir. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko‘z va, umuman, yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga nisbatan qo‘llanadi. Bo‘ri obrazini esa lashkarboshiga, yov-dushmanga, mard erga, o‘limga ham nisbatan qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Lekin ularning hammasida ham bo‘ri o‘xshatishi aynan bir xil ma’noda kelmaydi.

Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning go‘zal namunasi yaratilgan:

Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.
Ko‘rinib turganidek, go‘zal yor (sanam) pariga o‘xshatilmoqda. Xalq tasavvurida pari suv yoqasida (daryo qirg‘og‘ida, ariq bo‘yida) bo‘ladi. Shoir ana shu xalqona tasavvurdan ham ustalik bilan foydalanmoqda.
Manba: 10-sinf/ 2017


Tanosub
Tanosub san’ati baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan;

«Ka’ba» esa haj, farz, Tangri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanib, yaхlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.


Anda bir shoh hokim-u voliy,

Mulki ma’mur-u himmati oliy.


Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk va ma’mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli bo‘lganidan tanosub hosil bo‘ladi.
Manba: 7-sinf/ 2017
👑Tanosib

Aslida, ko‘plab badiiy san’atlar so‘zlarning she’riyatdagi ma’naviy aloqadorligiga tayanadi. Shoirning mantiqan bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi tanosib deyiladi.


Masalan, bir baytda «gul» so‘zi ishtirok etsa, u o‘z-o‘zidan «tikan», «guliston», «shabnam», «bulbul» kabi so‘zlarning bo‘lishini taqozo etadi.

Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay?

Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk.
Lutfiy bu o‘rinda yanoq(yuz qismi), ko‘z, dahan (og‘iz) kabi kishi tanasi qismlarini, shuningdek, olma, bodom, pista singari meva nomlarini bir baytga jamlagan. Ayni paytda olmadek yanoq, bodomdek ko‘z, pistadek dahan tasvirlari bayt mazmuniga ta’sirchanlik ham berib turibdi.
Atoyining quyidagi misralarida ham tanosib mavjud:

Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,


Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda.
Bu yerda soch, ko‘ngil, oyog‘, bosh so‘zlari o‘rtasida mutanosiblik bor.
Quyidagi baytda esa Atoyi cherik (askar), mulk (mamlakat), oldi (bosib oldi), ittifoq (ikki mamlakatning o‘zaro kelishishi) kabi so‘zlarning ma’no yaqinligidan foydalangan:

Zulfung cheriki jamol mulkin


Oldi ko‘zung ittifoqi birla,
ya’ni sening zulfing cherigi (sochlaring askarlari – qo‘shini) ko‘zing bilan ittifoq tuzib jamol mulkin egallab oldi.
Manba: 10-sinf/ 2017



Download 47.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling