Qofiya radif she’riy san’atlar qofiya va radif
Download 47.75 Kb.
|
Qofiya va radif-fayllar.org
Tajnis/Takrir
Kunduz avqotim (vaqtlarim) sening hajringda nolon kechadur(tundur/o‘tadur), Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur(tundur/o‘tadur). Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari, Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur(tundur/o‘tadur). Ulki, jondin kechadur(tundur/voz kechmoq), sham'i visolingni ko'rub. Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur(tundur/gunohini kechmoq). Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi, Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur. Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar Kim, mahali nola-yu faryod-u afg'on kechadur. Darhaqiqat, she'r yuksak san'atkorlik bilan yozilgan. Shoir so'zlarning ma'no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan. Masalan, g'azalda radif bo'lib kelayotgan "kechadur" ko'p o'rinlarda ikki ma'noda kelyapti. Uchinchi-to'rtinchi baytlarda bular yoniga "voz kechmoq", "gunohini kechmoq" ma'nolari ham qo'shilyapti. Bir so'z bilan aytganda, butun she'rni birgina so'z — "kechadur" har maqomga solib o'ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko'z tashlaylik. She'rning har bir misrasi bir necha xil ma'no ifodalaydi. Jumladan, matladagi ilk misraning birinchi ma'nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o'ta (kecha)di. Ikkinchi ma'nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli nolalarga to'la qora tun (kecha)dir. Birinchi misrada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo'lsa, keyingi misrada tun (kecha)dagi to'lg'onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma'nosi: Bu kecha zulfing kabi holimni parishon qilgan kecha (tun)dir. Ot so'z turkumiga mansub "kecha" so'zi misraning boshi va oxirida ega va ot kesim munosabatida takror qo'llanyapti. Shu misraning ikkinchi ma'nosi: kechasi mening holim zulfing kabi parishonlikda o'ta (kecha)di. Misra boshidagi "kecha" - ot so'z turkumi, misra oxiridagi so'z esa - fe'l, ega va fe'l kesim munosabatida. Misrani boshqacharoq, ya'ni kechasi holim zulfing kabi parishonlikda o'tadi ma'nosida talqin qilsak, bu so'zlar orqali hol va fe'l kesim munosabati yuzaga keladi. Bu yerda zulf so'zi o'ziga salmoqli badiiy yukni olmoqda: qora zulf kabi kecha qorong'u, yoyilgan zulf kabi oshiq holi parishon. Radif bo'lib kelayotgan "kechadur" so'zlari orqali yuzaga keltirilyotgan badiiy san'atlarga e'tibor bering: bu so'z ifodalayotgan ikkala misradagi birinchi ma'nolar ham, ikkinchi ma'nolar ham o'zaro shakldosh bo'lib, tajnis san'atini yuzaga keltirmoqda. Aynan bir so'zni ifodalagan birinchi va ikkinchi ma'nolarda esa (kecha(tun) (kecha)tundur-ega-ot kesim holida) takrir san'ati hosil qilingan. Manba: 9-sinf/ 2019
Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi. Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.
Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och. Birinchi misradagi «och» – «ko‘rsatmoq» ma’nosini beradi. Keyingisida esa u «tashna» o‘rnida kelyapti. Shakldosh so‘zlardagi ma’no tovlanishlari baytga o‘zgacha ruh berib turibdi. Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. U tuyuqdir. Tuyuqning to‘rt misrasidan uchtasida tajnis qo‘llanadi: Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar, Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila. (Lutfiy) Bu tuyuqning birinchi misrasida ko‘z yoshining tuproq bilan aralashish (qotilmoq) haqida so‘z bormoqda. Keyingi misrada esa javrning ko‘pligidan tilga kelmaslik, ya’ni gapirolmaslik, o‘zini yo‘qotish holati qayd etilgan. Bu yerda tajnisni hosil qilish uchun ikkita so‘zdan: «haqqo so‘zining «qo» bo‘g‘ini hamda «tila» so‘zining yondosh turgan holatidagi shaklidan foydalanilgan. Oxirgi misrada esa go‘yo qotil – odamni qatl etgan kishi to‘g‘risidagi fikr bor. Demak, bu o‘rinda tajnislar yanada boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Birinchi va oxirgi misralarda «qotila» yozuv shakliga ko‘ra ham bir xil. Ammo ikkinchi misrada u «haqqo» so‘zining oxirgi bo‘g‘ini bilan «tila» so‘zining qo‘shilishidan so‘ng oldingi shaklga uyg‘unlashmoqda. Ko‘rinib turganidek, bunday hollarda so‘zning talaffuz xususiyatlari asosiy o‘rin tutadi. Manba: 10-sinf/ 2017
Download 47.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling