Mavzu: Aruzning asosiy birliklari. Bo'g'in va hijo tushunchalari, ularning mushtarak va farqli jihatlari


Download 19.04 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1291795
Bog'liq
Aruzning asosiy birliklari. Bo\'g\'in va hijo tushunchalari, ularning mushtarak va farqli jihatlari


Mavzu: Aruzning asosiy birliklari. Bo'g'in va hijo tushunchalari, ularning mushtarak va farqli jihatlari

Reja:
1.Aruzning asosiy birliklari
2.Bo'g'in va hijo tushunchalari, ularning mushtarak va farqli jihatlari
Aruz (arab.- arz qilmoq) — sheʼ-riy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼr tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan oʻzbek sheʼriyatiga arablardan oʻtgan. Navoiyning „Mezon ul-avzon“ asarida koʻrsatilishicha A. vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma maʼnoda „ustun“ de-gani. A. nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning „Kitob al-aruz“i („Aruz kitobi“)da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda A.ning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, „Devonu lugʻotit turk“da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. A. avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, yaʼni choʻziq unli tovush boʻlgan. Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli — zabar -a, zer, — i, pish — u mav-jud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (-)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushu-nilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Koʻchma maʼnoda, ikki misra sheʼrni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari boʻlgan — arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): -; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmu’ (yigʻiq vatad): (samar): V -; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) — 655V;
Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil bo‘lgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (cho‘ziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: "faulun"da vatadi majmudan so‘ng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor.Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi ko‘rsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday o‘zgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (ma-failun) dan (failun) qoladi, uning o‘rnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyi-ladi. A.nazariyasida rukn va zihofdan so‘ng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil bo‘luvchi bahrlar (bunday baxrlar yet-tita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mu-tadorik Failunning takrorlanishidan hosil bo‘ladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir):
Bo’g’in va hijo tushunchalari
Hijolar aruz vaznida bo‘g‘inga teng kelmaydi. Undosh bilan tugagan yopik bo‘g‘inlar hamda cho‘ziq talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo‘lgan yoxud u bilan tugallanuvchi ochiq bo’g’inlar cho’ziq hijo hisoblanadi. Cho’ziq hijo (–) belgisi bilan ko’rsatiladi. Qisqa talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo’lgan yoki u bilan tugallanuvchi bo’g’inlar qisqa hijolar hisoblanib, ular (v) belgisi bilan ko’rsatiladi.
Tarkibida cho‘ziq unlisi bo’lgan, shuningdek, qo’sh undosh bilan tugallanuvchi bog’inlar 1,5 cho’ziq bo’g’in (o‘ta cho‘ziq hijo) hisoblanadi. Bunday bog’inlar misra o’rtasida kelsa va undoshdan oldin tursa (- v ) belgisi bilan, misra oxirida kelsa, (~) belgisi bilan ifodalanadi.
Qisqa yoki cho’ziq hijolar ma’lum tartibda birikib kelib juzvlarni yuzaga keltiradi.
Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling