Mavzu: arxeografiya. Arxiv hujjatlarini nashrga


Hujjatlarni e’lon qilishga tayyorlash


Download 269.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi269.12 Kb.
#1476861
1   2   3   4
Bog'liq
12 ma\'ruza

Hujjatlarni e’lon qilishga tayyorlash. Arxiv hujjatlarini e‟lon qilish uchun 
ularni tanlab olingandan keyin kompyuter yoki mashinkada ularning nusxasi 


tayyorlanadi. Uni chop etishga tayyorlash jarayonida arxiv hujjatida mavjud 
bo„lgan imlo xatolari to„g„rilanadi, qisqartirib yozilgan so„zlar kvadrat qavs ichida 
to„la yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunini o„zgarmasligidir. 
Hujjatlarda rezolyusiya va har xil belgilar bo„lsa, ular tushirib qoldirilmaydi
hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi. 
Hujjatning oxirida imzo bo„ladi. Imzoni o„qib, uning egasi ism-sharifini 
aniqlab yozib qo„yish lozim. Mabodo uni o„qishning iloji bo„lmasa «imzo» so„zi 
yozilib, imzoning ismi-sharifini o„qib bo„lmaganligi haqida izoh berib o„tiladi. 
Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish. Hujjatga sarlavha 
yoziladi va hujjatning arxiv shifri, manzili ko„rsatiladi. Hujjat sarlavhasida uning 
sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga qarata yoki kimga nisbatan yozilgani (adresati), 
mazmuni ko„rsatiladi. 
Hujjatning oxirida “legenda”, ya‟ni nazorat-ma‟lumotnoma yoziladi. Bu 
qismda arxivning nomi, shifri, ya‟ni fond nomi, tartib raqami, ro„yxat raqami, 
yig„majild tartib raqami, yig„majild varaqlari, shuningdek hujjatning asl nusxa
ko„chirma ekanligi ko„rsatiladi. Hujjatning “legenda”si quyidagicha ko„rinishga 
ega bo„ladi: O„zR MDA, 837-fond, 2-ro„yxat, 24-yig„majild, 10-12- varaqlar. Asl 
nusxa. 
Hujjatlarni to‘plam ichida joylashtirish. Hujjatlar to„plam ichida davriylik, 
mavzular bo„yicha yoki boshqa belgilar asosida joylashtiriladi. Odatda to„plam 
mavzularga bo„lingan bo„ladi. Hujjatlar mavzular ichida davriylik tartibida 
joylashtiriladi. 

Download 269.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling