Hujjatlarni saqlash muddatini aniqlash va yo‘q qilish. Agentlikni manfaatlari uchun hujjatlarni foydaliligini davom ettirish uchun qaror qabul qilish uchun yozuvchilarni yurituvchi menejer ma’lumotdan kelgusida foydalanish zaruriyatini hisobga olgan xolda hujjatlarni saqlanishiga nisbatan qo‘shimcha vaqt belgilaydi. Hujjatlarni boshqarishdagi yana bir muhim vazifa bu me’yoriy talablarni bajarishdir. Audit uchun zarur bo‘lgan xar bir hujjat muayyan davrda reviziya o‘tkazilmaguncha saqlanishi kerak.
Hujjatni saqlash muddati undan foydalanish muddati va hujjatni muhimligi bilan belgilanadi. Yozuvlar ularni yo‘q qilish davri tugamaguncha arxivga topshirilmaydi. Yaxshi tizimga solingan boshqaruvda hujjatlarni saqlash davri hujjatni yaratish davrida qabul qilingan qaror bilan xal qilinadi. Qaror hujjatni dolzarbligini yo‘qotishi natijasiga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilishi ham mumkin.
Hujjatlarni saqlanish vaqtini aniqlash va ularni yo‘q qilish murakkab jarayon bo‘lib, u to‘g‘rida aniq bir formulyar yo‘q.
Ular to‘g‘risidagi qaror qabul qilish orqali qo‘yida ko‘rsatilgan asosiy faktorlarni xal qilish orqali amalga oshiriladi:
Yuridik va moliyaviy talablar.
Qonunchilik hujjatlarni yo‘q qilish siyosatida asosiy faktor hisoblanadi.
Talab qilish muddati turli vaziyatlarda turlicha ishlashi mumkin. Quyidagi misollarni ko‘rib chiqamiz:
-fuqarolik davosini berish vaqtidagi cheklanish jinoiy ish ochishdagi vaqtiy cheklanishdagidek bo‘lishi mumkin emas. Xar bir aloxida xolatda turli xarakatlar uchun turlicha vaqt chegaralari bo‘lishi mumkin.
-bir qator jinoyatlar uchun vaqt cheklovi jinoyat amalga oshirilgan sanadan emas balki jinoyat birinchi marta aniqlangan kundan boshlanishi mumkin;
-turlicha vaqt cheklanishlari yozuvchi shakliga bog‘liq xolda qo‘llanishi mumkin. Masalan shartnomani buzilganlik uchun xarajatlar uchun vaqt cheklovi muxrli shartnomada tilxat orqali ttuzilgan shartnomadan ko‘p bo‘lishi mumkin. Ayrim xarakatlarda, balog‘ato yoshiga etmaganlarda bola yuridik javobgarlik yoshiga etmaguncha vaqt cheklovi ishlamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |