Mavzu: Arxiv hujjatlaridan foydalanish


Davlat arxivlariga hujjatlarni saqlash uchun topshirish


Download 336.29 Kb.
bet4/9
Sana20.09.2023
Hajmi336.29 Kb.
#1683045
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek musiqa tarixi slayd

Davlat arxivlariga hujjatlarni saqlash uchun topshirish.
Hujjatlar tashkilotlardan ro`yxat bo‘yicha doimiy saqlash uchun arxiv tashkilotini ekspert tekshiruv komissiyasini vizasi va topshirish hamda qabul qilish aktlari asosida qabul qilinadi.
Davlat arxivlarida manbalarda hujjatlarni arxivga komplektlash uchun hujjatlarni topshirigiga aloxida e’tibor beriladi.
Xar bir tashkilotdan komplektlash manbalari davlat arxivlariga hujjatlarni topshirish xar yili yoki 3 yoki 5 yilda bir marta amalga oshiriladi (bu fond tashkil qiluvchini hujjatlarini xajmiga bog‘liq).
Tabiiyki arxivda 200 ta komplektlash manbai bo‘lsa, tashkilotlardan hujjatlarni qabul qilish grafik asosida amalga oshiriladi.
Davlat arxivini hujjatlar bilan komplektlash bir necha bosqichda bo‘ladi:
Avvalo davlat arxivini ekspert-nazorat komissiyasi arxivga topshiriladigan hujjatlar ro`yxatini tasdiqlaydi (bu ro`yxat nusxasi davlat arxivida saqlanadi). So‘ngra tashkilot arxiviga davlat arxivi xodimi borib hujjatlarni jismoniy, sanitar-gigienik xolatini aniqlaydi va ularni rasmiylashtiriladi. Nixoyat, hujjatlar ro`yxat asosida doimiy saqlash uchun topshiriladi. Agar ro`yxatdagi hujjatlar soni topshiriladigan hujjatlarni ko‘p bo‘lsa, u xolda yangi ro`yxat tuzilib, tashkilot arxivi etishmayotgan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzadi. Hujjatlarni saqlagichga qabul qilish asosiy hujjat bo‘lib, hujjatlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Dalolatnomada hujjatlarni topshiruvchi tashkilot, hujjatlarni topshirish sababi (saqlash muddatini tugashi yoki tashkilotni tugatilishi) va topshiriladigan hujjatlarni aniq soni ko‘rsatiladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib davlat va tashkilot arxivlarini vakillari tomonidan imzo chekiladi.
Ro`yxat 4 ta nusxada tuziladi. Hujjatlar bilan birga ro`yxatni ikki nusxasi ham topshiriladi (davlat arxivi ekspert-tekshiruv komissiyasi ro`yxatni tasdiqlaganidan so‘ng arxivda qoladigan ro`yxatga qo‘shimcha nusxaga). Ro`yxatni bir nusxasi tashkilot arxivida qoladi. Davlat arxiviga topshirilgan ro`yxatni uchala nusxasiga ham hujjatlarni topshirilganlik to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.

Download 336.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling