Mavzu: Arxivator dasturlari bilan ishlash


Download 47.49 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi47.49 Kb.
#185978
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilobar Alijonova

Xulosa .

Shunday qilib , biz ARJ arxivatori haqida asosiy tushunchalarga ega bo'ldik. Arxivator dasturlariga qanchalik ehtiyojimiz borligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi . Ular kompyuter olamining keng iste'molida bo'lgan muhum dasturlardan biridir .

Biz DOS operatsion tizimi ostada ishlaydigan adxivatorlardan biri bilan tanishib chiqdik . Hozirgi kunda WINDOWS operatsion tizimi ostada ishlaydigan WinZip , WinRAR , WinZip Self - Extractor va shu kabi boshqa adxivatorlar turlari yaratilgan.. Lekin insoniyat hamisha yangilikka , qulaylikka intilib yashashini hisobga olsak , demak , bundan buyon ham bulardan qulayroq , yana ham keng imkoniyatga ega bo'lgan yangi - yangi adxivator dasturlari yaratilmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi . Zero XXI asr kompyuter asri bo'lgani bejiz emas.

Disk ( qattiq disk, yumshoq disk, kompakt va h . k . ) dagi barcha ma’lumotlar fayllarda saqlanadi. Fayl diskdagi nomlangan soha bo'lib, o'zida ma'lumotlarni saqlaydi. Fayl nomi ikki qisimdan iborat bo'lib, birinchi qismi ismi, ikkinchi qismi kengaytmasi deyiladi va ular bir - biridan nuqta bilan ajratiladi. Faylga nom berishda biz quyidagi belgilardan foydalanishimiz mumkin:



  1. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 - raqamlardan;

  2. A, B, C, . . . . , Z - lotin harflaridan;

  3. ! , # , @ , $ , ( , ) , - , - , - mahsus belgilardan.

Ushbu < > . , : ; << >> \ / * ? belgilar fayl nomida ishtirok etishi mumkin emas.

Arxivlash dasturlari eng ko'p ishlatiladigan tartibi arxivdagi fayllar ( kataloglar ) mundarijasini ko'rish hisoblanadi. Arxiv fayl ichida joylashgan fayllar haqida ma'lumotlarni olishimiz uchun buyruqlar parametri ko'rsatilishi lozim. Buyruq bajarilishi natiasida ekranda arxivdagi fayllar ro'yxati chiqadi. Ro'yxat katta bo'lsa, biror fayl ichiga yozish mumkin. ARJ 1 * * . txt - joriy katalogining ARJ turdagi barcha arxiv fayllarda txt kengaytmali fayllar haqida ma'lumotlar chiqadi. Fayllar ro'yxatini ma'lum bir joyda to'xtatish uchun klaviaturadan Ctrl + S tugmalari birgalikda bosiladi.

Arxivlangan faylni ekranda turlicha akslantirish mumkin. PKUNZIP arxiv mundarijasini turlarga ajratilgan xolda chiqarish imkonini beradi.

Ko'p xollarda mundarija alifbo tartibida foydalanuvchiga uzatiladi. Buning uchun mundarija ko'rsatilishi lozim.

Arxivlash dasturlari vazifasi takrorlanadigan shunday bo'laklarni topib ularning o'riga boshqa biror ma'lumotni yozish hamda ularning ketma- ketligini aniq ko'rsatishdan iboratdir. Bundan ko'rinadiki , turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha o'ladi. Masalan matn yozligan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni taxrirlovchi fayllar 4 hamda 5 martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalangan fayllar esa juda kam 1 % ga yaqin arxivlash dasturlari fayllari hajmini 1, 2 barobar qisqartirishga yordam beradi.

Arxivlash yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir nechta faylni siqilgan holatidagi ko'rinishi bo'lib , undan kerakli xollarda fayllarni dastlabki ko'rinishida chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko'rsayuvchi mundarijasiga ega bo'ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma'lumot beruvchi mundarijasida fayl nomlari ko'rsatiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sattorov A. , Rahmatov M. Y . , Husainov Sh. Microsoft Word 7.0 . O'quv qo'llanma . JIDU , 2000.

  2. Sattorov A. , Power Point. O'quv qo'llanma . JIDU , 2000.

  3. Sattorov A. , Qurmanbayev B. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari << O'qtuvchi >> , Toshkent ,1996.

  4. Rahmonqulova . S. I.. IBM PC Shaxsiy kompyuterida ishlash . Toshtent , << Sharq >>, 1998.

  5. Sattorov. A Informatika va axborot texnologiyasi << O'qtuvchi >> , Toshkent , 2009.

Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling