Mavzu: Arxivlash dasturlari Reja
Download 163.82 Kb.
|
Arxivlash dasturlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxivatorlar
- WinZip arxivatori xarakteristikasi.
Mavzu:Arxivlash dasturlari Reja: 1. Arxiv tushunchasi. Fayllarning arxivli nusxasini yaratish. 2. Arxivga olish dasturlari. 3.Arxivator dasturlarning asosiy turlari. --WIN RAR dasturi --WIN ZIP dasturi Fayllarni arxivlash zaruriyati, arxivlashlar va arxivlashdan chiqarish. Kompyuterda ishlaganda shunday holatlar yuzaga keladiki, qattiq diskdan hech qanday faylni o’chirmagan holda, joy bo’shatish talab qilinadi, yoki disketa hajmidan kattaroq hajmga ega bo’lgan fayllarni disketaga yozish zarurati tug’iladi. Bunday holatlarda arxivator-dasturlar bizga yordam beradi. Arxivatorlar- bu shunday dasturlarki, ular yordamida bir yoki bir necha fayllarni yagona fayl – arxivga kichraytirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Fayl-arxiv - hajmi, uning tartibiga kiradigan fayllar hajmdan kichik bo’ladi. Arxivning ixchamlanish darajasi fayl tiliga bog’liq, masalan, Word matn muxaririning barcha versiyalarining matinli fayllari, grafikaviy formatga ega bo’lgan fayllar va dasturlar fayllariga nisbatan yaxshiroq arxivlanadi. Arxivator-dasturi belgilangan fayllar nusxasini arxivlab, siqilgan holda arxivga joylashtiriladi. Endi arxiv nushasini disketaga yozish mumkin, yoki qattiq diskda joy bo’shatish maqsadida falylarning asl nusxasini o’chirib tashlash mumkin. Arxiv arxivlashtirilgan fayllarni ochish jarayoni ham oddiy. Arxivator- dasturi yordamida arxiv tarkibiga kiruvchi fayllar ro’yhatini ko’rish mumkin. Kerak bo’lgan fayllarni ochish xaqida ham ularni belgilangan holda komanda berish mumkin. Bu holda ochilgan fayllarning nusxasi arxivlashgan holda arxivda qolaveradi va ular maxsus komanda berilgan holdagina o’chirilishi mumkin WinZip arxivatori xarakteristikasi. WinZip Windows muhitida ishlatiladigan ommabop arxivatorlardan biri. WinZip dasturi .zip, tipidagi arxivlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari ushbu arxivatorni boshqa arxivatorlar yordamida arxivlangan fayllar bilan ishlashga ham moslashtirish mumkin. WinZip dasturini ishga tushirish: vazifalar panelidan «Пуск» tugmasi bosiladi va Windows Bosh menyusi ochiladi; “Программы” bandidan WinZip tanlanadi; ekranda WinZip oynasi ochiladi. Win Zip oynasi quyidagilardan iborat: Oyna nomi va menyu. Menyu oyna nomi ostida joylashgan satrida WinZip dasturi buyruqlari joylashgan. Menyu ostida uskunalar paneli joylashgan. Bu panelda tez-tez bajariladigan buyruqlarni ifodalaydigan 8 ta yirik tugmalar joylashgan. Таблица атрибутов файлов- bu arxivlashtirilgan fayllar xaqida turli axborotlar joylashgan bir necha ustunlardan iborat bo’lgan jadval: Name - fayl nomi va bu faylni ochish mumkin bo’lgan dastur piktogrammasi; Modified-faylning oxirgi marotaba o’zgartirish ish muddati; Size- faylning arxivlashtirilgunga qadar bo’lgan baytlardagi xajmi; Ratio- arxivlangan faylning birlamchi holatiga nisbatan foizi; Packed- arxiv fayl kattaligi; Path- arxiv faylning asl nusxasi joylashgan katalogga yo’l. Oynaning pastki qismida «Стрoки состояния» holat satri joylashgan. WinZip arxivatori turli ko`rsatkichlarni sozlash uchun katta imkoniyatlarga ega. Masalan: arxivlashda faylni ixchamlashning turli xil darajalarini o`rnatish mumkin. Arxivning mumkin qadar kichik hajmda bo`lishi talab etilsa, fayllarni yuqori darajada ixchamlash o`rnatiladi. Ammo bunda fayllarni arxivga qo`shish vaqti davomiyligi ortadi. Shuning uchun arxivga juda katta miqdordagi fayllarni tеz joylashtirish lozim bo`lsa, ixchamlashning past darajasini o`rnatish o`rinlidir. Bunda fayllar tеzroq ixchamlanadi. Download 163.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling