Klinik manzarasi. Nevrosteniyaning asosiy belgilaridan biri jonga tegadigan darmonsizlikdir. Bu nerv sistemasining ortiqcha qo’zg'aluvchanligi va tezda holdan toyib qolishi bilan ifodalanadi. Bemorlar arzimagan gap yoki boshqa tashqi taasurotlardan g'azablanib, baqirish, sikinish bilan javob beradi-yu, lekin darrov tinchlanib qoladi. Bilib o’tgan voqealardan afsuslanib kechirim so’raydi, ba'zan yig'lashga tushadi. Kayfiyati buziladi, tushkunlikka tushadi, atrofdagilarga qiziqishi yo’qoladi. Odam tez charchab qolishi tufayli mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Bemorlar xotirasi yomonligidan nolishadi. Uyqusi yuzaki bo'lib qoladi, turli vahimuh. Qo’rqinchli tushlar ko’ra boshlaydi.
Uyqudan lanj bo'lib turadi. Boshini bir "xalta" уuk qisib turhandek bo'lib seziladigan bosh og’rig’i yurak sohasini sanchib turishi, og’rishi, quloq shang’illashi, bosh aylanishi ko'z oldining qorong’ilashishidan nolishadi. Ularda fikrlash, o’zlashtirish, eslash qobiliyatlar susayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |