Mavzu: Ashel davri. Reja


O'rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi


Download 1.11 Mb.
bet19/22
Sana10.11.2021
Hajmi1.11 Mb.
#172728
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Mavzu Ashel davri

O'rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi.

  • O'rta Osiyo hududi ibtidoiy kishilar tomonidan qachon egallanganligi to’g’risidagi ayrim ilmiy farazlar doirasida fikr yuritish mumkin bo'lgan yodgorliklar o'rganilgan. Ma'lumki, O'rta Osiyoning paleolit davri yodgorliklarini o'rganish ishlari A.P.Okladnikovning o'tgan asrning 30-yillarida olib borgan qidiruv ishlari natijasida Teshiktosh g’or-makonining o'rganilishidan boshlanib, hozirga qadar ko'plab yodgorliklar aniqlangan.
  • Hozirga qadar O'rta Osiyo hududidan ashel davriga oid yigirmaga yaqin aniqlangan ochiq turdagi joy makonlar va g’or-makonlardan iborat arxeologik yodgorliklar mintaqaning pastekistliklarida, tog’ oldi va tog’li hududlarida joylashgan. Yodgorliklarning aksariyatida stratigrafik qazishmalar amalga oshirilgan, ayrimlarining sirtidan topilgan mazkur davrga oid tosh qurollari bilan mashhur. Ashel davri arxeologik yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. Xususan, o'tgan asrning 40-yillarida A.P.Okladnikov Turkmaniston Yangaja II, 60-70-yillarida M.R.Qosimov Toshkent vohasi (Ko'lbuloq), U.I.Islomov Farg’ona vodiysi (Selung’ur), V.A.Ranov Janubiy Tojikiston (Qoratov I va Lohutiy I va Guldara) H.A.Altpisbayev Janubiy Qozog’iston (Bo'riqazigan, Tanirqazigan) va yaqin yillarda A.P.Drevyanko rahbarligidagi sibirlik arxeologlar guruhi (Janish va Dostig’) hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari sababli O'rta Osiyoning ashel davri bo'yicha muhim yangi ma'lumotlar to'plangan.

  • Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling