Mavzu: Ashel davri. Reja


Download 1.11 Mb.
bet2/22
Sana10.11.2021
Hajmi1.11 Mb.
#172728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Ashel davri

Ashel davri. Bu bosqichda yer yuzida ikkita muzlik oralig’i va ikki muzliklar hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi (gyuns-mindel, mindel, mindel-riss va riss). Olduvay davrining oxirlarida Еvrosiyoga, ya'ni Sharqiy O'rta yer dengizi hududlarigacha tarqalgan ibtidoiy kishilar guruhining shimoliy-g’arbga tomon tarqala borishi Kichik Osiyodan Dardanell va Bosfor bug’ozlari orqali Bolqon yarim oroliga o'tib Еvropaning sharqiy va janubiy hududlari bo'ylab tarqala boshlaydi.

Afrikaning shimoli-g’arbiy qismi bo'ylab siljigan boshqa bir to'lqini ilk ashel davridan Dardanel bug’ozi orqali Priney yarim oroliga o'tib, Еvropaning janubiy hududlarini egallaydi va shimoliga tomon kengayib boradi. Bu davrda Еvropa, ayniqsa uning janubiy hududlarida issiq iqlim sharoiti hukron bo'lib, unga xos villafrank faunasiga xos issiq iqlim sharoitiga mos hayvonot dunyosi keng tarqalgan. Ilk ashel davriga oid arxeologik yodgorliklar Ispaniya, Portugaliya, Fransiya kabi davlatlarning hududlarida ko'plab uchraydi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling