Mavzu: Asosiy tushuncha va atamalar Kon


Download 163.42 Kb.
bet5/8
Sana05.11.2023
Hajmi163.42 Kb.
#1749132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu

Geologic ajratma - qidiruv, qo'shma qidiruv va qazib olish shartnomasiga ilova bo'lib, u uning ajralmas qismi, yer qa'ridan foydalanuvchi joylashgan yer qa'ri uchastkasini sxematik va tavsifiy ravishda belgilaydi.
ZAKOL – portlatish ishlari jarayonida tog‘ jinslari massasida chiqib ketish yuzalariga yaqin joyda hosil bo‘ladigan yoriq.
G’ovakdorlik tog’ jinsidagi eng kichik yopiq bo’shliqlar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Suvdorligi – tog’ jinsining suvni saqlab qolish xususiyati va konni qazib olishda (skvajinalarni burg’ilash, transheyalar o’tish va hokazo) u jinsdan chiqarib tashlanadi. Skvajinalarni zaryadlash uchun portlovchi moddalarni tanlashda jinslarning suv miqdori e’tiborga olinishi kerak.
Tog’ jinsining zichligi deb uning tabiiy holatidagi massasining birlik hajmiga nisbatiga aytiladi. Portlovchi moddalarning solishtirma sarfi tog’ jinslarining zichligiga, ayniqsa, uloqtirish uchun portlashlarni amalga oshirishda bog’liq.
Ko’pchish - bu tog’ jinslarining massivdagi yoki ustunlardagi hajmga qaraganda maydalangan holatda ko’proq hajmni egallash xususiyati. Ko’pchigan jinslar hajmining uning dastlabki asl hajmiga nisbati ko’pchish koeffitsienti deb ataladi. Ko’pchishning eng katta koeffitsienti qattiq, yopishqoq va abraziv jinslarda bo’ladi.
Qiya kon lahimlariga--- shurf, shaxta stvollari (vertikal o‘qi qiya bo‘lsa), shuningdek, uklon, ko‘tarilma, bremsberg, gezenk, pech, prosek va hokazolar kiradi.
Uklon yer ostidan qazib o‘tilgan qiya lahim bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilmani ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Ko‘pincha toza havoni yuqori gorizontallardan pastki qavatlarga uzatib beradi. 

Ko‘tarilma (восстаюший) yer osti vertikal yoki qiya kon lahimining foydali qazilmaning yotqizig‘i bo‘yicha ko‘tarilib va shamolattish, odamlar yurishi, foydali qazilmani tushirish uchun xizmat qiladi.
Bremsberg yer yuzi bilan tutashmagan, va foydali qazilmaning yotqizig‘i tushib borishi bo‘yicha pastdagi gorizontga tashish uchun konveyr bilan jihozlangan yer osti kon lahimidir.
Gezenk vertikal lahim bo‘lib, u yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilmani tushurish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, shamollatish, odamlar tushib-chiqishi uchun xizmat qiladi.

Download 163.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling