Mavzu: Asosiy yo’lovchi oqimlarining tavsiflari va aholining harakatlanuvchanligi


Download 1.28 Mb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1560838
1   2
Bog'liq
Asosiy yo’lovchi oqimlarining tavsiflari va aholining harakatlanuvchanligi.

Murakkab sifat ularning iste’mol qiymatining barcha asosiy natural xususiyatlari (ko‘rsatkichlari) – xavfsizlik, ko‘chish tezligi (vaqti), yo‘lda va vokzallarda servis darajasi va hokazolar bilan tavsiflanadi.
Yo‘lovchilarni tashishning integral sifati faqatgina ularning iste’mol qiymatining yuqorida sanab o‘tilgan natural ko‘rsatkichlari bilan emas, balki ularni amalga oshirishga ketadigan xarajatlar (ekspluatatsion, kapital yoki keltirilgan) ko‘rsatkichlari bilan ham tavsiflanadi.
Yo‘lovchilarni tashishlarning sifatini miqdoriy baholash uchun uning tavsiflari jamlanmasini to‘rtta tagko‘plikka bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi, ularning har biri o‘zida yo‘lovchilarni tashish sifatining alohida toifalarini, aynan esa – xavfsizlik (inson salomatligi uchun zararsiz bo‘lgan tashishlar) yoki yo‘l-transport hodisalarining sonini; transport vositalarining vaqtda harakatlanishining (chastota, ritmlilik, muntazamlilik, harakatning aniqligi, shuningdek harakatning tashqi shart-sharoitlarga bog‘liqligi) tashkil qilinish darajasini; kutishni hisobga olish bilan qatnashga ketadigan vaqt sarfi yoki yo‘lovchilarning ko‘chish tezligini; transportdan foydalanishning qulayligi – yo‘lovchilarga vokzallar va yo‘llarda taqdim qilinadigan qulayliklar jamlanmasi, ya’ni shinamlikni taqdim qiladi.
Yo‘lovchilarni tashishning sifatini oshirish masalalarini hal qilish tashishlar sifatining alohida toifalari doirasida xususiy baholashlarni sintezlash va so‘ngra ularni umumiy sifat ko‘rsatkichiga keltirishni talab qiladi. Yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatining xususiy ko‘rsatkichlari rasmiy statistika ma’lumotlari, hisob-kitoblar va yo‘lovchi oqimlarini tadqiq qilish natijalarini sintezlash asosida olinadi. Yo‘lovchilar oqimini tadqiq qilishda vokzallarda ham, yo‘lda ham xizmat ko‘rsatish sifati yo‘lovchilarning o‘zlarining ishtirokida baholanishi muhim bo‘ladi. Yo‘lovchilar tomonidan xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha kiritiladigan takliflarga yo‘lovchilarning tashishlar sifatiga qo‘yadigan talablari sifatida qarash mumkin.
Xususiy ko‘rsatkichlarni bilgan holda, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatining integral ko‘rsatkichini olish mumkin:

bunda amaldagi sifat darajasi vektori va sifat standarti vektori uzunliklarining modu bo‘yicha nisbatiga teng bo‘lgan koeffitsient; — o‘zida vektorlar o‘rtasidagi burchak kosinusini taqdim qiladigan va amaldagi hamda standart sifat darajalarining o‘zaro bog‘lanishini hisobga oladigan koeffitsient.
koeffitsientning qiymati noldan birgacha bo‘lgan oraliqda bo‘lishi lozim.
Xizmat ko‘rsatish sifati yo‘lovchilarning vokzallar va yo‘llarda xizmat ko‘rsatilishiga, poezdlarning o‘z vaqtida jo‘namasligi va etib kelmasligiga, shuningdek taklif qilinayotgan poezdning toifasi, vagonning tipi, joy, poezdning jo‘nash sanasi real talabga mos kelmasligiga da’volarining borligi bilan tavsiflanadi. Masalan, temir yo‘l transportida uzoqqa qatnaydigan yo‘lovchilarni tadqiq qilishda da’volarning 100 dan ziyod turi aniqlangan, bunda ular quyidagicha taqsimlangan: vagonlarning texnik va sanitariya holati bo‘yicha da’volar — 44,7%; yo‘lda ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha da’volar — 29,7%; qatnashning shinamligi bo‘yicha — 24%; yo‘lda chiptalarni komposterlashni tashkil qilish bo‘yicha — 1%; boshqa sabablarga ko‘ra — 0,6%. Boshlang‘ich stansiyalarda xizmat ko‘rsatish sifatiga nisbatan da’volar orasida kutish zallarida joylarning etishmasligi va vokzal xodimlarining yo‘lovchilarning ehtiyojlariga etarlicha e’tibor qaratmasligi etakchi o‘rinni egallaydi.
Umuman boshlang‘ich stansiyalarda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘lovchilarning da’volari quyidagicha taqsimlangan, %:

Axborot xizmati ishining qoniqarsizligi 7,93


Onalar va bolalar xonasining yo‘qligi 2,76
Mansabdor shaxslarning qo‘polligi 7,39
Kutish zalida joylarning etishmasligi 23,38
Saqlash kameralarida joylarning yo‘qligi yoki etishmasligi 13,17
YUk tashuvchilar (nosilshiklar) ishining qoniqarsizligi 5,94
Ovqatlanishni tashkil qilishning qoniqarsizligi 21,28
Ko‘rsatiladigan xizmatlarning etarli emasligi 13,65
Boshqalar 4,50
Yo‘lovchilarning xazmat ko‘rsatishga nisbatan da’volari xizmat ko‘rsatish darajasini baholash va uni yaxshilash bo‘yicha birinchi galdagi vazifalarni aniqlash imkonini beradi.
Yo‘lovchi transporti mahsulotining iste’mol xususiyatlarining muhim ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: tezlik, qatnashning shinamligi va qulayligi, yo‘l chiptalarini rasmiylashtirishning tezkorligi, harakatning chastotasi va muntazamligi, yo‘lda almashib o‘tirishlarning bo‘lmasligi va hokazolar. Yo‘lovchi ularga tayanish bilan u yoki bu transport turini, bog‘lanish turini, yo‘lga chiqish vaqti va hokazolarni tanlaydi.
Temir yo‘l transportida yo‘lovchi oqimlarini tanlanma tadqiq qilish yo‘lovchilar uchun yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatishning sifat tavsiflarining qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan, %:
Tezlik 16,72
SHinamlik 23,26
Poezdlarning jo‘nash chastotasi 5,55
Poezdlarning o‘z vaqtida jo‘nashi va kelishi 17,68
CHiptani rasmiylashtirishga ketadigan vaqt sarfi 21,66
Vokzallar va yo‘lda ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi 11,54
CHiptaning narxi 3,59
Bu ma’lumotlarda temir yo‘llarda yo‘lovchilar uchun tadqiq qilish paytida qatnashning shinamligi va chipta sotib olishga ketadigan vaqt birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan, qolgan omillarga yo‘lovchilar kamroq ahamiyat qaratgan.
Uzoq masofali bog‘lanishlarda yo‘lovchilarni tashish sifatini oshirishning aniq yo‘nalishi tezyurar firma poezdlari, shinam shaharlararo avtobuslar, fuqaro aviatsiyasida yangi tipdagi avialaynerlar sonini oshirish hisoblanadi. Ularni avvalambor yuqori harakatlanish tezligi, oshirilgan shinamlik va qatnashlarning xavfsizligi ajratib turadi.
Bog‘lanishda harakatlanish tezligi sifat ko‘rsatkichi sifatida yo‘lovchilar uchun juda ahamiyatli bo‘ladi. O‘zbekiston temir yo‘llarida yo‘lovchi poezdlarining texnik va uchastkalardagi harakatlanish tezligi keyingi yillarda sezilarli darajada o‘zgarmagan (3.5 jadval), va bu bugungi kunga kelib temir yo‘l transportining raqobatbardoshliligiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
SHahar sharoitlarida harakatlanishning texnik tezligi unchalik katta emas (o‘rtacha 25—30 km/soat), shahar tashqarisidagi avtomagistrallarda esa — 60—70 km.
Eng yuqori tezliklar havo transportiga tegishli (600 — 1000 km/soat).
Yo‘lovchilarni yuqori tezliklar bilan tashishga oshirilgan sifatga ega bo‘lgan transport mahsuloti sifatida qarash lozim. Yo‘lovchi transportida tezliklarni oshirish katta iqtisodiy samara beradi, chunki harakatlanuvchi tarkibning aylanishini tezlashtiradi, tashish qobiliyatini oshiradi, natijada harakatlanuvchi tarkibga kapital qo‘yilmalarni tejashga erishiladi va yo‘lovchilarni tashishning tannarxi pasayadi. YUqori tezlikli transport liniyalari sayyohlikning rivojlanishini tezlashtirish, hududlarda va boshqa mamlakatlar bilan ish yuzasidan va madaniy bog‘lanishlarni kengaytirishning qudratli vositasiga aylanadi. YUqori tezlikli temir yo‘l transporti ommaviy tashishlar uchun kamroq solishtirma energiya xarajatlari bilan yuqori tashish qobiliyati bilan ajralib turadi, aholining foydali jamoatchilik vaqtini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
3.5 jadval.

Yil

Yo‘lovchi poezdining o‘rtacha harakatlanish tezligi, km/soat

texnik

uchastkada

1980

52,5

44,4

1985

52,6

44,6

1990

54,7

46,9

1991

55,8

47,1

1992

54,7

46,4

1993

52,7

45,5

1994

52,2

45,1

Kelajakda yo‘lovchilarni yuqori tezlik bilan tashishlarni rivojlantirish g‘ildirak o‘rniga magnit yostig‘ida yuradigan yuqori tezlikli magistrallar tizimlarining ijtimoiy-iqtisodiy samarador sferalarini aniqlashni, shuningdek bu muqobil tizimlarni dastlab katta va barqaror yo‘lovchi oqimlariga ega bo‘lgan kichik masofalarda amalga oshirishni talab qiladi. Hisob-kitoblarg ko‘ra, elektromagnit yostig‘ini qo‘llash "g‘ildirak—rels" tizimi bilan solishtirganda, yiliga 20 mlndan kam bo‘lmagan yo‘lovchi oqimida samarali bo‘ladi, bunda keyinchalik yo‘lovchi oqimi o‘sishi bilan samara ham oshib boradi.
YUqori tezlikli temir yo‘l harakati dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida rivojlanishga ega bo‘lmoqda. Masalan, Fransiyada an’anaviy “g‘ildira-rels” asosida umummilliy yuqori tezlikli bog‘lanishlar tarmog‘i yaratilgan. Bu tizim havo transporti bilan muvaffaqiyatli raqobat qilmoqda. Tezlik bo‘yicha jahon rekordi unga tegishli, u 515,3 km/soatga teng. SHunday yo‘llar YAponiya, Germaniya, Ispanii, SHvetsiya va boshqa mamlakatlarda ham qurilgan.
Fransiyaning yuqori tezlikli yo‘lovchi bog‘lanishlarini tashkil qilish bo‘yicha ijobiy tajribasi Evropa Iqtisodiyot Kengashining parlamenti tomonidan XX asrning oxirigacha SHarqiy va G‘arbiy Evropa mamlakatlari, SHveysariya va Avstriyaning poytaxtlarini, shuningdek bu mamlakatlardagi ba’zi bir yirik sanoat markazlarini bog‘laydigan yuqori tezlikli xalqaro bog‘lanishlar tarmog‘ini yaratish to‘g‘risida 1989 yil Bryusselda qabul qilgan qarorining asosiga qo‘yilgan. Bu tarmoqqa Mosk­va—Minsk—Brest—Varshava—Berlin, Moskva—S-Peterburg—Xelsinki liniyalari va boshqa liniyalar bo‘yicha O‘zbekiston ham kiritilishi mumkin. Moskva—Kiev— Lvov—CHop, Moskva—Xarkov—Rostov—Sochi, Moskva—Eka­terinburg va boshqa yo‘nalishlarda yuqori tezlikli magistrallarni qurish loyihalari ishlab chiqilgan. Kelajakda MDH mamlakatlarida yuqori tezlikli poligonning umumiy uzunligi taxminan 10 ming km ni tashkil qilishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoda 4 ming km atrofida yuqori tezlikli liniyalar ekspluatatsiya qilinmoqda, 2000 yilga kelib esa ularning uzunligi 9-10 ming km ga etadi. Maksimal barqaror tezlik 300 km/soatni tashkil qiladi.
YUqori tezlikli magistrallar transportning boshqa turlariga qaraganda o‘zining samaraliligi, ishonchliligi, harakatlanish xavfsizligining yuqori darajasi, ekologik planda afzalliklarini ko‘rsatgan.

Transport insonning eng muhim ehtiyojlaridan biri – ko‘chishga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantiradi. Biroq, amalda birorta transport turi ham (aftidan, avtomobil transportidan tashqari, uyam har doim emas) “eshikdan-eshikkacha” yoki “uydan-uygacha” ko‘chishning to‘liq siklini mustaqil ravishda ta’minlay olmaydi. Bunday ko‘chish faqatgina transport majmuasining alohida qismlarining aniq o‘zaro harakatlarida mumkin bo‘ladi. Bunday majmuaning ishini O‘zbekistonning yagona transport tizimi safatida tashkil qilish bir paytning o‘zida ham murakkab vazifa, ham mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan ehtiyoj bo‘lib hisoblanadi, bunday tashkil qilish insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining integratsion tendensiyalariga, ilmiy-texnik rivojlanishni yutuqlari va O‘zbekiston ning strategik manfaatlariga mos keladi. Bunda O‘zbekiston transport tizimining yagonaligi uning tutash davlatlar va hududlir, ayniqsa ularning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi ko‘p yillar davomida yagona majmuada kechgan MDH mamlakatlarining bog‘lanish yo‘llaridan ajratib qo‘yilishi lozimligini bildirmaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. ziyo.net интернет сайти.
2. Pedagogik texnologiyalar.

  1. «Ўзбекистон Республикасида кадрларни тайёрлаш миллий дастури», Т. 1997 йил.

  2. К. Абдуллаева «Янги педагогик технологиялар» - «Бошл. таълим», № 4, 1999 йил, 8-9 бетлар.

5. www.arxiv.uz

1Трихунков М Ф Бозор шароитларида транспорт ишлаб чиқариши. Сифат ва самарадорлик М Транспорт, 1993 8-бет

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling