Mavzu asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar reja
Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to‘g‘risidagi talablarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi boshqa talablar bilan o‘zaro bog‘lanishi
Download 37.32 Kb.
|
асоссиз бойлик...
2. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to‘g‘risidagi talablarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi boshqa talablar bilan o‘zaro bog‘lanishi
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bobning qoidalari, shuningdek: haqiqiy bo‘lmagan bitim bo‘yicha bajarilgan narsani qaytarish to‘g‘risidagi; mulkdor tomonidan mol-mulkni birovning qonunga xilof tarzdagi egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi; majburiyatidagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati bilan qaytarish to‘g‘risidagi; zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-harakatlari tufayli etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Ushbu sharhlanayotgan moddada asossiz boyish majburiyatlari to‘g‘risidagi normalarni fuqarolik huquqlarini ximoya qilish to‘g‘risidagi boshqa talablarga nisbatan qo‘llash xususiyatlar belgilangan va demak u FKning 1023-moddasi 2-qismiga aniqlik kiritadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa, FKning 58-bobi qoidalari quyidagi talablarga xam qo‘llaniladi: xaqiqiy bo‘lmagan bitim bo‘yicha bajarilgan narsani qaytarish to‘g‘risidagi talablarga (masalan, bitim tuzilgan va ijro etilgan, biroq FKning 115–126-moddalarida belgilangan asoslar bo‘yicha xaqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa. Bunda tegishli istesnolar xisobga olinishi shart, masalan, FKning 123-moddasi 2-qismiga ko‘ra bitim xaqiqiy emas deb topilgach u bo‘yicha olingan mol-mulk davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan); mulkdor tomonidan mol-mulkni boshqaning qonunga xilof tarzdagi egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi talablarga (FKning 228–230-moddalari); majburiyatdagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati bilan qaytarish to‘g‘risidagi talablarga; zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-harakatlari tufayli etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablarga (bunda nazarda tutilayotgan asos zarar etkazish oqibatida huquqbuzar boyigan va ushbu g‘ayriqonuniy olingan daromadlarni qaytarishi lozim bo‘lgan holatlar bilan bog‘liq). YUqorida ko‘rsatilganidek, ushbu norma faqat bir xil mazmunda emas, unda pisanda xam mavjud: qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan boshqacha qoida anglatilmasagina ko‘rsatilgan talablarga FKning 58-bobi qoidalari qo‘llaniladi. Masalan, bitim FKning 116 yoki 123-moddasiga asosan xaqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa, bitimning ikkala ishtirokchisi xam g‘ayriqonuniy maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lsa, bitim bo‘yicha olingan narsalarni qaytarishga nisbatan FKning 58-bobi qoidalari qo‘llanmaydi. YOki boshqa xolat-mushukcha uning qonuniy egasidan uni o‘ldirmoqchi yoki qiynamoqchi bo‘lganda boshqa shaxstomonidan olib qo‘yilgan, (mushukchani ximoya qilish maqsadida). Bunday xolatda munosabat mohiyatining o‘zi mol-mulkni qonuniy egasiga qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaydi. YUqoridagi talablar bilan bog‘liq huquqlarni ximoya qilishning maxsus fuqarolik huquqiy vositalari, ximoya vositalari mavjud va ular FKning o‘zida xam, maxsus boshqa qonunlarda xam mustaxkamlab qo‘yilgan va kundalik xayotda keng qo‘llaniladi. Biroq shunga qaramay qonunda yana bir fuqarolik-huquqiy ximoya tizimi nazarda tutilmoqda. SHu munosabat bilan an’anaviy va noan’anaviy ximoya usullari nisbati to‘g‘risida masala vujudga keladi. Agarda huquqni qo‘llash amaliyotidagi real voqelikdan kelib chiqsak, o‘z o‘zidan ayonki xaqiqiy emas topilgan bitim bo‘yicha olingan mol-mulklarni qaytarish xaqidagi talablar FKning 9-bobi 2-paragrafi normalari asosida amalga oshiriladi. Mulkdorni o‘z mol-mulkini o‘zganing g‘ayriqonuniy egaligidan qaytarib olish xaqidagi talabi vindikatsiya da’vosi bo‘yicha (FKning 19-bobi) qanoatlantiriladi. YUqorida ko‘rsatilgan masala bo‘yicha mutaxassis olimlar ta’kidlashlaricha agarda mulkiy huquqni ximoya qilishga boshqa asoslarni - qonunni, bitimni, zarar etkazish bo‘yicha majburiyatlarni qo‘llab da’vo bildirish orqali erishilmasa, u asossiz boyish bo‘yicha majburiyat asosida qayta tiklash mumkin. SHunday qilib, asossiz boyish xaqidagi normalarni qo‘llash subsidar xarakterga ega. Ba’zan FKning 58-bobi normalari fuqarolik huquqlarini yana to‘laqonliroq himoya qilishga imkon beradi. Masalan, vindikatsiya da’vosi yoki bitimni xaqiqiy emasligi sababli qaytarilishi lozim bo‘lgan mol-mulk shikastlangan, mol-mulkni boshqa sub’ektda saqlanishi oqibatida uning foydali xususiyatlari yomonlashgan yoxud qiymati kamaygan bo‘lsa, yuqoridagi himoya usullari ushbu talofotlar, yo‘qotishlarni o‘rnini qoplashni talab qilish huquqini bermaydi. Bunday vaziyatda FKning 58-bobi, ayniqsa, 1024-modda normalarini qo‘llash mulkdorga ushbu talofotlarni, ziyonlarni qoplanishini talab qilish imkonini beradi.
Download 37.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling